Davlat boshqaruv idoralari sektori. Bu sektorga mamlakat aholisiga kollektiv xizmatlar ko'rsatuvchi va davlat nazoratida bo'lgan tashkilotlar kiradi. Bu korxonalar asosan davlat byudjetidan moliya bilan ta'minlanadi.
Bu sektorga kiradigan institutsion birliklarning muhim belgilaridan biri ularning asosiy bajaradigan vazifasi mamlakat aholisiga nobozor xizmatlar ko'rsatish (mudofaa, milisiya, xavfsizlik, sud va prokuratura xizmati, sotsial ta'minot, maorif, meditsina, madaniyat, san'at, axborot vositalari va h.k.) ekanligidir. Ular aholi talabini qondirish maqsadida va mamlakat qonunlarida belgilangan tartibda individual yoki kollektiv (jamoa) iste'moli uchun nobozor tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar. Mamlakatda byudjet mablag'larining yig'ilishini va bu mablag'larni qonunda belgilangan tartibda taqsimlanishini ta'minlaydilar va nazorat qiladilar. Qonunlarda belgilangan siyosiy va iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini amalga oshiradilar. Mamlakatning xavfsizligini, uning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, xalqning farovonligini ta'minlash tadbirlarini ko'radilar. O'zbekiston sharoitida bu sektorga kiruvchi institutsion birliklarni markaziy hukumat idoralari, Qoraqalpog'iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy boshqaruv idoralari va sotsial sug'urta tizimi quyi sektorlariga guruhlash maqsadga muvofiq bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda, davlat boshqaruv idoralari sektoriga kiruvchi tashkilotlar umuman olganda nobozor tovar va xizmatlar ishlab chiqaradilar va ularning asosiy
124
maqsadi daromad yoki foyda olish emas. Nomoliya korxonalari sektoriga kiruvchi korxonalar o'z mahsulotlari va xizmatlarini iqtisodiy ahamiyatga molik narxlarda sotadilar. Davlat boshqaruv sektoriga kiruvchi notijorat tashkilotlari esa o'z mahsulotlari va xizmatlarini odatda, bepul beradilar yoki iqtisodiy ahamiyatga molik bo'lmagan narxlarda sotadilar.
Uy xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi notijorat tashkilotlar sektori. Bu sektorga aholining individual va umum (kollektiv) talabini qondirishda band bo'lgan institutsion birliklar kiradi. Bunday tashkilotlar odatda aholi guruhlari tomonidan ixtiyoriy ravishda tuziladi va aksariyat hollarda o'z a'zolariga xizmat ko'rsatadilar. Bu tashkilotlarning resurslari asosan tashkilot a'zolarining badallari, aholi va boshqa rezident va norezident institutsion birliklar tomonidan to'langan ixtiyoriy to'lovlardan, hamda tashkilotning mulkdan olgan daromadlaridan hosil bo'ladi.
Tarmoqlararo balans tuzish yo'llari.
Bu sektorga kiruvchi institutsion birliklarga partiyalarni, kasaba uyushmalarini va diniy tashkilotlarni, turli xil ilmiy - madaniy jamiyatlarni, insonparvarlik yordami ko'rsatuvchi va atrof muhitni himoya qilish tashkilotlarini misol sifatida keltirish mumkin.
Ularning boshqa sektorlardan asosiy farqi faoliyatlarining notijorat xarakteri, ularning uy xo'jaligi (aholiga)ga xizmat qilishi, davlat boshqaruv idoralari yoki boshqa korxonalar tomonidan nazorat qilinmasligi va faoliyat yuritishi uchun resurslarning ixtiyoriylik tamoyili asosida hosil bo'lishi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |