Jadval.
MHTda tarmoq tasnifi
XXB tarmoq tasnifi
|
Xalqaro tarmoq tasnifi
|
1. Moddiy ishlab chiqarish
|
Qishloq xo'jaligi, ovchilik va o'rmon xo'jaligi
|
Sanoat
|
Baliqchilik
|
Qishloq xo'jaligi
|
Kon sanoati
|
118
Qurilish
|
Tayyorlov sanoati
|
Transport(yuk transporti)
|
Elektr energiyasi, gaz, suvta'minoti
|
Aloqa
|
Ulgurji va yakka savdo,avtomobil, mototsikl, teleradio apparaturalarni ta'mirlash
|
Savdo,tayyorlov,moddiy texnik
ta'minot
|
Mehmonxonalar, restoranlar
|
Moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari
|
Transport, aloqa, omborxonalar xizmati
|
2. Nomoddiy xizmatlar ko'rsatish
|
Moliya vositachiligi
|
Yakka xizmatlar ko'rsatish
|
Ko'chmas mulk, arenda va boshqa tijorat faoliyati
|
Uy-joy kommunal xizmati
|
Davlat boshqaruvi va mudofaa, majburiy sotsial ta'minot
|
Maishiy xizmatlar
|
Maorif
|
Maorif
|
Meditsina va sotsial xizmatlar
|
Madaniyat va san'at
|
Har xil kommunal, sotsial va maishiy xizmatlar
|
Meditsina
Sotsial ta'minot
|
YOllanmaxizmatchisi bor bo'lgan uy xo'jaliklari
|
Fizkultura
Turizm
|
Xalqaro miqyosdagi tashkilotlar
|
Kollektiv xizmatlar
|
|
Fan va ilmiy xizmatlar
|
|
Moliya, kredit, sug'urta xizmati
|
|
Boshqaruv idoralari
|
|
Boshqa kollektiv xizmatlar
|
|
Bu tasnif asosida tayyorlangan ishlab chiqarish va iste'mol jarayonlari to'g'risidagi hisobotlardan foydalangan holda ishlab chiqaruvchilarning faoliyatlarini iste'mol talabi yuqori bo'lgan faoliyatlar bilan shug'ullanishga yo'naltirish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, bu yo'naltirish asosan iqtisodiy mexanizmlar orqali amalgaoshiriladi. Masalan, mamlakatda u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun soliq stavkalarini boshqa tarmoqlar (faoliyat turlari)ga nisbatan kamaytirish(yoki soliq yo'q bo'lsa subsidiyalar berish) orqali amalgaoshiriladi. Bozorda iste'mol talabidan ko'p ishlab chiqarilayotgan faoliyat turlariga soliq miqdorini oshirish orqali ortiqcha mahsulotlarni ishlab chiqarishni oldini olish mumkin.
Tarmoqlararo balansko'rsatkichlari.
119
To'lov balansini tuzishdan asosan ikki maqsad ko'zlanadi. Birinchidan, har bir mamlakat mamlakatning tashqi dunyo bilan bo'lgan iqtisodiy munosabatlarini natijalarini bilishi mumkin, ikkinchidan, boshqa mamlakatlar to'lov balansidan foydalangan holda dunyo miqyosida tovarlar, xizmatlar, investitsiya va kreditlar bozorida bo'layotgan jarayonlarni bilishga imkon bo'ladi. SHu sababli, hamma mamlakatlarda to'lov balansi yagona andoza asosida tuziladi. Bu andozani ishlab chiqish, takomillashtirish va amaliyotga tatbiq etishda ko'mak berish vazifasini Xalqaro valyuta fondi bajaradi. To'lov balansining qisqartirilgan ko'rinishdagi tarkibi
jadvalda keltirilgan.
To'lov balansi joriy operatsiyalar, kapital va moliyaviy operatsiyalar schyotidan iborat. Joriy operatsiyalar schyotida tovarlar va xizmatlar hamda daromadlar va joriy transfertlar bilan bo'ladigan operatsiyalar alohida-alohida kichik schyotlarda qayd etiladi.
Tovarlar schyotida egalik huquqi mutloq tovarni olayotgan birlik foydasiga o'tayotgan tovarlar, qayta ishlash va tuzatishga mo'ljallangan tovarlar, portda transport tashkilotlari tomonidan sotib olingan tovarlar (benzin, kerosin va h.k.) alohida-alohida qayd etiladi. Bundan tashqari, nomonetar oltin33 bilan bo'lgan operatsiyalar ham alohida qayd etiladi.
Xizmatlar schyotida rezident va norezidentlar o'rtasidagi xizmatlar ayirboshlash operatsiyalari xizmatlarning guruhlari bo'yicha qayd etiladi. Masalan, transport, sayyohlik, sug'urta, qurilish, aloqa va h.k. xizmatlar.
Daromadlar schyotida rezident va norezident birliklarning tashqi dunyo iqtisodiyotida ishtirok etib olgan va bergan daromadlari qayd etiladi. Daromadlar odatda ikki turga bo'linadi: 1) ish haqi bilan bog'liq daromadlar (keyinchalik qisqacha - ish haqi); va 2) investitsiyalardan olingan yoki berilgan daromadlar34.
Ish haqi tarkibiga bevosita ish haqi va unga qo'shimchalar, mukofotlar kiradi.
Schyotning ishlab chiqarilmagan nomoliya aktivlarni sotish yoki sotib olish qismida rezident va norezident birliklar o'rtasida moddiy (er va konlar) va nomoddiy (patent, mualliflik huquqi, savdo belgilari va h.k.) aktivlarni sotish va sotib olish operatsiyalari qayd etiladi. Bu operatsiyalarga misol sifatida elchixona binosini qurish uchun er sotib olish va sotish operatsiyalarini keltirish mumkin.
Moliya schyotida to'g'ri, portfel va boshqa investitsiyalar hamda rezerv aktivlari bilan bo'ladigan operatsiyalar qayd etiladi. Bu schyotda norezidentlar oldida majburiyatlarning oshishi va norezidentlarga bo'lgan talablarning kamayishi kreditda qayd etiladi. Debetda norezidentlarga bo'lgan talabning ko'payishi va norezidentlar oldida majburiyatlarning kamayishiga olib keladigan operatsiyalar qayd etiladi.
To'g'ri investitsiyalarga rezident va norezidentlar o'rtasida institutsion birlikning faoliyatini boshqarishda qatnashish va korxona foydasidan dividendlar
33Tovar sifatida eksport (import) qilinadigan oltin.
34MHTda mulk uchun olingan yoki to'langan daromadlar deb yuritiladi.
120
olish maqsadida asosiy kapitalga qo'yilgan investitsiyalar kiradi. Bu qo'yilmalar natura yoki moliya holida qo'yilishi mumkin. Bu guruhga korxona asosiy kapitalining 10 va undan ortiq foizini tashkil qiladigan investitsiyalar kiradi.
Portfel investitsiyalarga korxona asosiy kapitalining 10 foizidan kam bo'lgan asosiy kapitalga qo'yilgan investitsiyalar kiradi. Portfel investor korxona faoliyatini boshqarishda qatnashishni ko'zlamaydi. Uning asosiy maqsadi qo'ygan investitsiyasi evaziga dividendlar olish bilan kifoyalanadi. Agar portfel investorning ulushi ma'lum muddatdan so'ng korxonaning asosiy kapitalida 10 foizdan oshsa, u to'g'ri investor hisoblanib, to'lov balansida tegishli o'zgartirishlar qilinadi. Masalan, investor birinchi davrda korxonaning 7 foiz aksiyasini 1000 birlikka sotib oldi, so'ng keyingi davrda yana 5 foiz aksiyani 714 birlikka sotib oldi. Bu operatsiyalar to'lov balansida quyidagicha yoziladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |