Namangan muhandislik-qurilish instituti iqtisod kafedrasi milliy hisoblar tizimi



Download 271,55 Kb.
bet50/54
Sana25.02.2022
Hajmi271,55 Kb.
#464031
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Курс иши

To'lov balansi (birinchi davr )

Ko'rsatkichlar

kredit

debet

To'g'ri investitsiyalar

0

0

Portfel investitsiyalar

1000

0




Ikkinchi davr




To'g'ri investitsiyalar

1714




Portfel investitsiyalar




1000


To'g'ri va portfel investitsiyalar pul yoki depozit sifatida qo'yilsa 2-yozuv to'lov balansining moliya schyotidagi mos qatorda yoziladi. Tovar yoki xizmat ko'rinishida bo'lsa, tovarlar va xizmatlar eksporti yoki importi sifatida qayd etiladi. Kapital transfertlar sifatida qo'yilsa, kapital operatsiyalar schyotining kapital transfertlar qatoriga yoziladi.
Boshqa investitsiyalar guruhida savdo kreditlari, qisqa va uzoq muddatga olingan va berilgan pul- kredit operatsiyalari, tovar va xizmat operatsiyalari natijasida ikki tomonning aktiv va majburiyatlarida sodir bo'ladigan o'zgarishlar qayd etiladi. Aktivlar va majburiyatlar bilan bo'ladigan operatsiyalar alohida-alohida qayd etiladi.
Rezerv aktivlari35 guruhida mamlakatning rezerv aktivlarida bo'ladigan o'zgarishlar qayd etiladi. Operatsiyalar rezervga kiruvchi har bir aktiv bo'yicha qayd etiladi.

  1. Tarmoqlararo balans ko'rsatkichlarini baholash usullari.

To'lov balansi odatda milliy valyuta birligida tuziladi. Agar mamlakatda milliy valyuta barqaror bo'lmasa yoki inflyatsiya darajasi katta bo'lsa to'lov balansini barqaror qattiq valyuta birligida tuzish tavsiya etiladi. Ma'lumki, amaliyotda tashqi iqtisodiy operatsiyalar turli xil valyutalarda amalga oshiriladi. SHu sababli, to'lov balansida operatsiyalar qayd etilayotganda, bo'lgan operatsiyalar iloji boricha to'lov


35Rezerv aktivlari tarkibi va u to'g'risidagi to'liq tushunchalar shu bobning 7-bandida keltirilgan.


121




balansi tuzilayotgan valyuta birligiga operatsiyalar bo'lgan vaqtdagi ayirboshlash kurslarida36 o'tkazish tavsiya etiladi. Buning iloji bo'lmagan hollarda o'rtacha ayirboshlash kurslari qo'llaniladi.
To'lov balansida va xalqaro savdo statistikasi qoidalarida tovarlar qiymatini baholashda birmuncha farq bor. To'lov balansida tovarlar FOB37 baholarida qayd etiladi. Xalqaro savdo hisobotlarida tovarlar eksporti FOB baholarida, import - CIF38 baholarida hisobga olinadi. Shu sababli, to'lov balansida tovarlarni qayd etishda o'zgartirishlar kiritiladi. Buning uchun, import qilinayotgan tovarning CIF qiymatidan chet mamlakat bojxona cherasidan tovarni import qilayotgan mamlakat bojxona chegarasigacha bo'lgan transport, ortish-tushirish va sug'urta xarajatlari ayirib tashlanadi va xizmatlar importi sifatida qayd etiladi. Masalan, O'zbekiston Kubadan 1000 tonna shakar import qilgan. Shartnomaga ko'ra Kuba tomoni shakarni O'zbekistonning bojxona chegarasigacha keltirib berishi ko'zda tutilgan. Kuba bojxona portidan yukni O'zbekiston bojxona chegarasigacha yetkazish bo'yicha transport va sug'urta xizmatlarini 80foizini Rossiya, 20 foizini Qozog'iston transport va sug'urta kompaniyalari bajarishi ko'zda tutilgan. Shartnoma qiymati 300000 Amerika dollariga teng. Bu operatsiyani to'lov balansida qayd etish uchun, 1 tonna shakarning Kuba portidagi bahosi va shakarni O'zbekistonning bojxona chegarasiga etib kelguncha bo'lgan transport, ortish-tushirish, sug'urta xarajatlari aniqlanadi. Misol uchun 1 tonna shakarning Kuba portidagi bozor bahosi 220 AQSH dollari bo'lsin. Shu shartga ko'ra import qilinayotgan shakarning qiymati 220ming AQSH dollari, transport-sug'urta xizmatlari 80ming AQSH dollari bo'ladi. Bu operatsiya shu operatsiyada qatnashuvchi mamlakatlar to'lov balanslarida quyidagicha qayd etiladi.
Ayrim mamlakatlarda tashqi savdo statistikasida eksport va import operatsiyalari shartnoma baholarida qayd etiladi. Bunday hollarda, to'lov balansida bu operatsiyalar bozor baholariga o'tkazilib qayd etiladi. Masalan, eksport shartnomasida paxta tolasi har tonnasiga 1250 Amerika dollari hisobida ko'rsatilgan bo'lib, yakuniy hisob-kitob Liverpul' birjasidagi narxda amalga oshirilishi ko'rsatilgan. Tolani import qiluvchi norezident olgan vaqtdagi tolaning narxi Liverpul' birjasida 1300 Amerika dollariga teng bo'lgan. Norezident o'z to'lov balansida bu operatsiyani olgan bahosidagi miqdorda, ya'ni Liverpul' birjasidagi bahoda qayd etadi. Shu sababli, eksport qiluvchi mamlakat ham bu operatsiyani birjadagi qiymatda qayd etishi kerak bo'ladi.
Ayrim hollarda, barter operatsiyalari qiymati shartnomada bozor baholarida ko'rsatilmagan bo'lishi mumkin. Bunday hollarda barter miqdori mos ravishda bozor


36Bozor iqtisodiyotiga o'tish davridamamlakatlarda turli xil valyuta ayirboshlash kurslari mavjud bo'lishi mumkin. SHu sababli, operasiyalarni bir valyuta birligidan ikkinchisiga o'tkazishda muammolar paydo bo'ladi. Bunday hollarda sodir bo'lgan operasiyaning mohiyatini bilgan holda ayirboshlash kurslarini tanlash tavsiya etiladi. Masalan, jismoniy shaxs milliy valyutada eksport qildi. Bu operasiyani AQSH dollaridagi qiymatga o'tkazishda shu birlikning haqiqatda qanday ayirboshlash kursidaAQSH dollariga ega bo'lishiga qarab ayirboshlash kursi tanlanadi.


37FOB - tovar qiymatida tovarni mamlakat bojxona chegarasiga olibborilguncha bo'lgan transport, ortish va tushirish hamda sug'urta xarajatlari qo'shilgan bo'ladi.


38 SIF - tovar qiymatida tovarni mamlakat bojxona chegarasiga olibkelinguncha bo'lgan transport, ortish va tushirish hamda sug'urta xarajatlari qo'shilgan bo'ladi.


122




baholarida39 baholanib to'lov balansida qayd etilishi kerak. Transfertlarning qiymatini aniqlashda ham ayrim muammolar tug'ilishi mumkin. Masalan, bir mamlakat ikkinchi mamlakatga insonparvarlik yordami ko'rsatayotganda yordam qiymati yordam beruvchi tomonidan(bir tomonlama) baholanadi. Bu baho, bozor baholaridan ancha farq qilishi mumkin. Shu sababli, bunday operatsiyalarni baholashda qo'shimcha axborotlardan foydalanish kerak bo'ladi. Masalan, yordam hajmini ifodalovchi natura ko'rsatkichlaridan(qancha tonna, dona, metr va h.k.), ularning berilgan davridagi bozor baholaridan foydalanib operatsiyalar qiymatini aniqlash to'lov balansining aniqliligini oshiradi.
Joriy daromadlar va moliyaviy operatsiyalar qiymati ularning operatsiya o'tkazilgan haqiqiy qiymatlarida baholanadi. Boshqa valyuta birligiga ham operatsiyalarning turiga va mohiyatiga qarab, sodir bo'lgan vaqtdagi ayirboshlash kurslarida o'tkazish tavsiya etiladi.
Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari qiymati zaxira holati aniqlanayotgan kundagi bozor baholaridan va valyuta ayirboshlash kurslaridan kelib chiqqan holda baholanadi.

  1. Tarmoqlararo balans asosiy tenglamasi.

Bu sektorga kiruvchi korxonalar turli xil mulklar asosida tashkil qilingan bo'lishi mumkin. Masalan, davlat nazoratidagi nomoliya korxonalar, nodavlat nomoliya korxonalari, norezidentlar nazoratidagi nomoliya korxonalar, aralash mulk ishtirokida qurilgan nomoliya korxonalar bo'lishi mumkin. Har bir mamlakat o'z ehtiyojidan kelib chiqqan holda quyi sektorlar tarkibini aniqlaydi.

Download 271,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish