Namangan davlat universiteti kenjayev erkinjon habibullayevich



Download 254,42 Kb.
bet5/50
Sana23.04.2022
Hajmi254,42 Kb.
#575999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI LOTIN yangi

Qadimgi Xett. Milolddan avvalgi XVII - XII asrlar davomida hukm surgan va Kichik Osiyoni deyarli barcha qismini tasarruf etgan Xett podsholigi qadimgi Sharqdagi xalqaro munosabatlarda yetakchi davlatlardan biriga aylangan.
Xettlar poytaxti bo‘lgan Xattusa shahri arxivlaridan topilgan mixxat bilan yozilgan sopol parchalari ushbu podsholik diplomatiyasi tarixiga oid asosiy manbalar hisoblanadi. Xett podsholarining solnomalarida ham qiziqarli ma'lumotlar mavjud.
Xett hukmdorlari asosan harbiy kuch tufayli yerishgan tashqi siyosiy muvaffaqiyatiarini diplomatik shartnomalar orqali mustahkamlashga intilganlar.
Shartnomalarda davlatlar o‘rtasidagi chegaralar kelishib olingan. Qaram podshoga boshqa davlatlar bilan separat bitim imzolash va ittifoqlarga a'zo bo‘lish qat'iyan ma'n etilgan. Xett podshosi urushga kirgan paytda u bilan shartnoma tuzgan tomon majburiy tarzda o‘z qo‘shinlarini urushga safarbar etishi shart bo‘lgan. "Betaraflik" yoki xettlar dushmani bilan maxfiy aloqada bo‘lish g‘animlik harakati deb baholangan, Shartnomalarning ko‘plab moddalari ichki va tashqi dushmanlarning har qanday tajovuzlariga qarshi birgalikda kurashishga bag‘ishlangan bo‘lib, uning ayrim bandlari faqat bir tomon uchun taaluqli bo‘lishi mumkin edi. Shartnomada ko‘zda tutilgan shartlarning to‘liq bajarilishi ustidan nazorat qilish asosan guvox - xudolar zimmasiga yuklatilgan.
Xett mamlakatining tashqi siyosatida sulolaviy nikohlar muhim o‘rin egallagan. Xett podsholarining qizlari boshqa davlatga uzatilgan vaqtda ularga bosh xotin, ya'ni mamlakat malikasi maqomini kafolotlovchi shartlar ilgari surilardi.
Xett manbalarida diplomatik elchilik vazifasini ado etuvchi mansabdor shaxs, "aso odami" (gerold) haqida ma'lumotlar uchraydi. Ushbu daraja oddiy elchi yoki vakil darajasidan ancha yuqori hisoblangan, chunki "aso odami" unvoni ko‘p hollarda podsho urug‘iga mansub kishilarga berilgan.
Hukmdorlarning diplomatik munosabatlarida mirzalar (kotiblar) muhim rol o‘ynagan. Ular o‘z hukmdorining ko‘rsatmalariga, xettlarning o‘zida shakllangan mezonlarga tayanib, shartnomalar va xatlarning matnlarini tayyorlaganlar. Xett jamiyatining talabalaridan kelib chiqib, mirzalar bir necha tillarni bilishlari lozim bo‘lgan. Ular maxsus mirzolar maktablarida ta'lim olganlar.



Download 254,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish