Namangan davlat universiteti kenjayev erkinjon habibullayevich



Download 254,42 Kb.
bet4/50
Sana23.04.2022
Hajmi254,42 Kb.
#575999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI LOTIN yangi

Qadimgi Misr. Qadimgi Misr siyosiy hayotida diplomatiya muhim rol o‘ynaganligi giksoslar va Yangi podsholik davriga oid yozma manbalarda o‘z tasdig‘ini topgan.
Miloddan avvalgi XIV asrga oid Al - Amarna arxivi - tarixiy matnlarning noyob majmuasidir. Al - Amarna arxivining deyarli barcha sopol lavhalarida diplomatik tusdagi xatlar qayd etilgan. Ushbu xatlar Amenxotep III va Amenxotep IV saroyiga Bobil, Mitanni, Ossuriya, Xettlar podsholigi, Arsava mamlakati, Kipr oroli, hamda Misr tomonidan bo‘ysundirilgan Falastin, Suriya, Finikiya shahar - davlatlari hukmdorlaridan yetib kelgan. Ushbu tarixiy xujjatlar bu davrda Misr Yaqin Sharqning eng qudratli davlatlaridan biri bo‘lganligi tasdiqlaydi. Amenxotep III davrida faqatgina Mitanni va kassitlar Bobiligina Misr bilan raqobatlasha olgan. Amenxotep IV hukmronligi davrida esa Kichik Osiyoda Xett podsholigi anchagina kuchaygan va yirik davlatlar uchun jiddiy raqobatchiga aylangan.
Suriya, Finikiya , Falastin hududlari Misr va Xett o‘rtasida raqobat maydoniga aylangan. Bu yerlar Misr tasarrufida bo‘lgan davrda "Fir'avn maktublar uyi" nomli maxsus muassasasi tomonidan boshqarilgan. Fir'avnning eng ishonchli maslahatchisi unga rahbarlik qilgan.
Misrliklar, odatda, zabt etilgan viloyatlarining an'anaviy siyosiy tuzilishini o‘zgartirmaganlar. Misrga qaram bo‘lgan Falastin va Suriya xumdorlari o‘rtasidagi yozishmalarda murojaat qilishning ma'lum qoidalariga rioya qilingan. Teng huquqli va do‘stona munosabatlarda bo‘lgan podsholar bir-birlarini "birodar" deb, qudrat jihatdan ustunroq yoki yoshi kattaroq hukmdorga "ota" deb murojaat qilganlar va o‘zlarini "o‘g‘il" deya ataganlar. Qaram hokimlar yuborgan xatlarda fir'avnni "hukmdor”, ”sulton”, “janob", o‘zlarini "qul", "qarol" deb nomlash urf bo‘lgan. Qaram davlatlar hukmdorlari taxtga o‘tirish chog‘ida hamda Misrda yangi hukmdorning hukmronligi boshlanganda maxsus tartib bo‘yicha sodiqlik qasamini ichishi lozim edi. Garovga olish mahalliy hokimlarni itoatkorlik holatida saqlashda va bo‘ysundirilgan yerlarda Misrning ta'sirini mustahkamlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan.
Al-Amarna arxivida saqlangan xatlarning aksariyatini Misrga maxsus elchilar va choparlar yetkazganlar. Elchilar va choparlarni ikki toifaga bo‘lish mumkin:
1. Alohida ishonchga ega bo‘lgan shaxslar (ular orqali fir'avnlarning mustaqil davlatlar podsholari bilan munosabatlari ta'minlangan).
2. Mansabdor xizmatchilar (ular orqali Falastin, Suriya va Finikiyada joylashgan ko‘plab shahar-davlatlarining hokimlari bilan aloqalari amalga oshirilgan).
Fir'avnning har bir elchisi o‘zi yuboriladigan mamlakatnining urf - odatlarini, madaniyatini, yo‘llarini geografik xususiyatlarini yaxshi bilishi shart bo‘lgan. Undan mohir diplomat bo‘lish bilan birga, kuchli jangchi bo‘lishi ham talab etilgan. Elchilarning aksariyati o‘zlari yuboriladigan mamlakatning tilini ham yaxshi bilganlar, aks holda ularga tarjimon hamrohlik qilgan.
Elchilarning shaxsiy dahlsizligi, diplomatik immuniteti huquqiy jihatdan kafolatlanmagan bo‘lib, u yoki bu podshoning huzuriga yetib kelgan elchining taqdiri hukmdorning to‘la ihtiyorida bo‘lgan.



Download 254,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish