Namangan davlat universiteti kenjayev erkinjon habibullayevich


E.H.Kenjayev., D.R.Norqo’ziyev



Download 254,42 Kb.
bet2/50
Sana23.04.2022
Hajmi254,42 Kb.
#575999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI LOTIN yangi

E.H.Kenjayev., D.R.Norqo’ziyev
Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma). – Namangan, 2019. – 174 b.


© Namangan davlat universiteti, 2019 yil.
SO’Z BOSHI
Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi hozirgi kungacha bo’lgan me’morchilikning asosiy yo’nalishlarini yoritishga qaratilgan. Taqdim etilgan kurs tarixchi talabalarning nazariy – uslubiy bilimlarini oshirishda jahonda ro’y berayotgan tarixiy jarayonlarni chuqur o’rganishdagi asosiy kontseptual yondashuvlar bilan tanishishda katta ahamiyat kasb etadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko’rsatib o’tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to’la bahramand bo’lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab etishga ko’maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo’lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o’rganadi.
Shuningdek, “Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi” fani haqidagi bilimlarni qaror topshirish mavjud ilmiy adabiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o’rganish, fan bo’yicha to‘plangan ilg’or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o’z ichiga qamrab oladi.

KIRISH
Iqtisodiy asosi qulchilik munosabatlarini o‘z ichiga olgan qadimgi dunyoda diplomatiya davlatlarning tashqi siyosatga doir masalalarini hal etib boruvchi muhim omilga aylanib bordi.
Quldorlik tuzumi taraqqiyotdan to‘xtab qolmadi. U bosqichma-bosqich bir nechta jarayonlarni boshdan kechirdi. Urug‘-qabilaviy munosabatlardan butkul qutilib ulgurmagan ilk quldorlik jamiyati Qadimgi Misr, Ossuriya, Xett podsholigi, Qadimgi Xitoy, Qadimgi Hindiston kabi davlatlarning shakllanishiga muhim turtki berdi. Ushbu diniy-harbiy boshqaruvga asoslangan davlatlarning tashqi siyosati asosan bosqinchilik xarakteriga ega edi. Yangi yerlarni bosib olish, qullar va chorva mollarini qo‘lga kiritish, boyliklarni talash maqsadida tez-tez urushlar sodir bo‘lar edi. Bunday urushlar xalqaro masalalarni xal etishning yagona yo‘li xisoblanardi. Quldorlik tuzumining asta-sekin mustahkamlanib borishi bilan davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlarga ehtiyoj sezildi. Qadimgi Sharqning yirik hukmdorlari ba'zi o‘zaro masalalarni diplomatik yo‘l bilan xal etishga alohida e'tibor qarata boshladilar. Nikoh diplomatiyasi xalqaro munosabatlarda o‘z o‘rniga ega bo‘lib bordi. Lekin bosqinchilik urushlari Qadimgi Sharq dunyosida xalqaro masalalarga yechim topishda asosiy vosita bo‘lib qolaverdi.
Tovar-pul munosabatlariga asoslanuvchi rivojlangan quldorlik jamiyatlari – Qadimgi Yunoniston va Rimda xalqaro munosabatlar va diplomatiya yangi bosqichga qadam qo‘ydi.
O‘z yerlarini kengaytirish, qullarni qo‘lga kiritish, bozorlarga egalik qilish maqsadida tashqi siyosat olib boruvchi ushbu davlatlar o‘z maqsadlariga erishishi yo‘lida ittifoqlar tuzganlar, turli siyosiy diplomatik o‘yinlarni amalga oshirganlar. Bunday diplomatik jarayonlar ayniqsa Yunon-Eron, Rim-Karfagen munosabatlarida yaqqol nomoyon bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.
Yunon-Rim jamiyatida zamonaviy elchilikning dastlabki kurtaklari shakllandi, diplomatik munosabatlarni tartibga soluvchi alohida davlat tashkilotlari vujudga keldi, professional diplomatlar yetishib chiqdi, diplomatiga oid bilimlar takomillashib bordi. Elchilarning daxlsizligini ta'minlashga qaratilgan, ularning huquq va majburiyatlarini ifodalovchi dastlabki qonun xujjatlari yaratildi. Yunon-Eron, Peleponess, Puni urushlari davomida nafaqat harbiy kuch-qudrat, shuningdek, diplomatiya ham urushlar taqdirini xal qiluvchi muhim kuchga aylanganligi yaqqol ko‘zga tashlandi.
Ayniqsa, Rim diplomatiyasiga oid bilim va tajribalar asosida o‘rta asrlar so‘ngida zamonaviy diplomatiya shakllandi. Xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi yangi me’yorlar, tamoyillar, qonun hujjatlari ishlab chiqildi. “Bo’lib tashla va hukmronlik qil” deb nomlangan Rim tamoyili keyingi davrlarda ham eskirmagan xolda dunyoga hukmronlikni da'vo qiluvchi yirik davlatlarning asosiy tamoyiliga aylandi. Yangi va eng yangi davrga kelib xalqaro munosabatlarni amalga oshirishda diplomatiya yagona yechim sifatida tan olinadigan bo‘ldi.
Birinchi va ikkinchi jahon urushi davrida, “sovuq urush” munosabatlari avj olgan yillarda va yadro urushi havfi susaymagan bugungi kunda ham diplomatiyaga bo‘lgan ehtiyoj o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Insoniyat jamiyatining saqlanib qolishi va kelgusida ham mavjud bo‘lishi xalqaro munosabatlardagi muammo va kelishmovchiliklarni faqat va faqat diplomatiya yo‘li bilan hal etishga bog‘liq bo‘lib qolganligi bugun hyech kimga sir bo‘lmay qoldi.
Hozirgi kunda jahon siyosatida ro‘y berayotgan keng qamrovli va murakkab jarayonlarni to‘liq anglab etish uchun xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixiga oid bilimlarga ega bo‘lish zarur. Shu nuqtai nazardan, taqdim etilayotgan o‘quv-uslubiy qo‘llanma qadimgi davrdan to hozirgi kungacha xalqaro munosabatlar va diplomatiyaga oid tarixiy jarayonlarni taxlil etishga yordam beradi.


Download 254,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish