N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

diqqatni
ma’lum ob’ektlarga inson diqqatining, bir vaqtning 
o’zida boshqa ob’ektlardan chalg’igan holda, yo’nalganligi va jamlanganligi 
sifatida o’rganish mumkin. Bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari 
uning yo’nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi.
Psixik faoliyatning 
y o ’nalganligi
ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, 
sub’ekt uchun ahamiyatli bo’lgan aniq jismlar, hodisalami atrof-muhitdan 
ajratib olish yotadi. Yo’nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma’lum vaqt 
oralig’ida psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi.
Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada 
chuqurlashganligini tushuntirib beruvchi 
jamlanganligidn.
Vazifa qanchalik 
murakkab bo’lsa, diqqatning jadalligi va zo’riqishi shunchalik kuchli bo’lishi 
kerak, ya’ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab etiladi. Ikkinchi 
tomondan, jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg’ish bilan bog’liq. Aks 
holda, yot 
narsalardan chalg’iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz 
qiyinlashadi.
Yo’nalganlik va jamlanganlik bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’liq. 
Diqqatingizni biror-bir narsaga yo’naltiradigan bo’lsangiz, bir vaqtning o’zida 
diqqatingizni unda jamlagan bo’lasiz. Va aksincha, biror-bir narsada 
jamlansangiz, o’z ruhiy faoliyatingizni unga yo’naltirgan bo’lasiz. Diqqatning 
yo’nalganligi 
bir mashg’ulotdan ikkinchisiga o’tish bilan, jamlash esa -
mashg’ulotda chuqurlashish bilan bog’liq.
Diqqatning inson psixik faoliyatida tutgan o’mini tushunish uchun 
o’zingizni biror-bir jismlar guruhiga qarayotgandek tasawur qiling. Ko’rish
173


maydoningizning markazida joylashgan ba’zi bir jismlar aniqroq, ko’rish 
maydoningizning chetida turganlari esa aksincha idrok etiladi. SHunga o’xshash 
hodisani ongimizga nisbatan ham tuzish mumkin: faoliyatimiz mohiyati 
ongimizning markazini egallagan bo’ladi; ahamiyatga molik bo’lmaganlari esa 
ongimizdan chetga surilib qoladi. Lekin boshqacha ham bo’lishi mumkin: siz 
qandaydir jismga qaragan holda, umuman, boshqa narsa haqida o’y surasiz. 
Bunda ongingizning 
«markaziy maydoni» ko’rayotganingiz bilan emas
o’ylayotganingiz bilan band bo’ladi.
Ongimizni grafik tarzda tasvirlaydigan bo’lsak, biri ikkinchisiga joylashgan 
ikki aylana ko’rinishida chizish zarur. Katta aylana aniq bo’lmagan ong, kichik 
aylana esa, - aniq ong yoki diqqat deb ataladi.
Psixik bilish jarayonlarining yo’nalganligi va tanlash xususiyati diqqat 
bilan bog’liq. Diqqat bilan 
idrokning aniqligi va izchilligi, xotiraning 
mustahkamligi va tanlash xususiyati, aqliy faoliyatning yo’nalganligi va 
samaradorligi, qisqasi, umuman bilish faolligining sifati va natijalari aniqlanadi.
Pertseptiv jarayonlar uchun diqqat tasvirlar chizgilarini farqlash imkonini 
beruvchi o’ziga xos kuchaytirgich bo’lib hisoblanadi, inson xotirasi uchun 
diqqat qisqa muddatii va operativ xotirada kerakli ma’lumotni saqlab turuvchi 
omil, yodda saqlangan ma’lumotni uzoq muddatii xotira zahirasiga 
o’tkazishining zarur sharti, tafakkur uchun esa masalani tushungan holda 
yechimini topishning shartli omili sifatida namoyon bo’ladi.
Insonlararo munosabatlar tizimida diqqat o’zaro hamfikrlik, odamlarning 
bir-birlariga moslashishi, shaxslararo nizolilaming oldini olish va o’z vaqtida hal 
etishga yordam beradi.
qo’zg’atuvchilami ajratish va jarayonlar kechishining fiziologik asosini ba’zi 
nerv markazlarining qo’zg’alishi, boshqalarining esa tormozlanishi tashkil etadi. 
Odamga ta’sir ko’rsatayotgan seskantiruvchi retikulyar formatsiya tomonidan 
amalga oshiriladigan miya faollashishini yuzaga keltiradi.
Retikulyar formatsiyaning «ishga tushirish» mexanizmlari ichida 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish