N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

taxminiy
refleksni
alohida ta’kidlab o’tish joiz, bu refleks odam v hayvon 
organizmlarining atrof-muhitning barcha o’zgarishlariga nisbatan tug’ma 
reaktsiyasidir. Masalan, xonada shitirlagan ovoz eshitilishi bilanoq, mushuk 
bolasi cho’chib tushib, tovush kelgan tomonga ko’zlarini qadaydi. Darsda 
o’quvchilar fikrlarini jamlagan holda insho yozmoqdalar. Birdan sinf eshigi qiya 
ochiladi, va berilib yozayotgan o’quvchilar beixtiyor eshikka qaraydilar.
8.2. Diqqatning fiziologik asoslari
va psixologik nazariyalari
Diqqat boshqa psixik jarayonlar qatori 
ma’lum fiziologik hodisalar bilan bog’liq. 
Ma’lum 
yo’nalishdagi 
alohida
174


Diqqatning fiziologik mexanizmlari juda murakkab. Masalan, ma’lum vaqt 
oralig’ida doimiy ta’sir ko’rsatayotgan seskantiruvchilar orasidan biror-bir yangi 
seskantiruvchini ajratib olish uchun ma’lum mexanizmlar zarur. Psixologiya 
bo’yicha adabiyotlarda, odatda, mexanizmlaming seskantiruvchilami filtrlovchi 
ikki asosiy: periferik va markaziy guruhlari ko’rib chiqiladi. 
Periferik
mexanizmlarga his-tuyg’u organlarini sozlashni kiritish mumkin. Kuchsiz 
tovushni eshitgan odam tovush kelgan tomonga qaraydi, shu vaqtning o’zida 
mos keluvchi mushak nog’ora pardasining ta’sirchanligini oshirgan holda uni 
tortadi.
D.E. Brodbentning fikricha, diqqat - axborotni, aynan, kirib kelishda, 
ya’ni periferiyada tanlab o’tkazuvchi filtr. U, agar odam bir vaqtning o’zida turli 
axborotni ikki qulog’i bilan qabul qilgan bo’lsa, lekin qo’llanmaga binoan, faqat 
chap qulog’i bilan qabul qilishi zarur bo’lgan holatda, o’ng quloqqa uzatilgan 
axborot umuman qabul qilinmaganligini aniqladi. Keyinchalik periferik 
mexanizmlar axborotni fizikaviy xususiyatlariga ko’ra 
tanlab o’tkazishi 
aniqlandi.
Diqqatning 
markaziy
mexanizmlari bir xil nerv markazlarining 
qo’zg’alishi, boshqalarining tormozlanishi bilan bog’liq. Nerv qo’zg’alishining 
kuchi bilan bog’liq bo’lgan tashqi ta’sirlami ajratish aynan shu darajada sodir 
bo’ladi. 
Kuchli qo’zg’alish u bilan bir vaqtda sodir bo’lgan kuchsiz 
qo’zg’alishni siqib chiqaradi va psixik faoliyatning muvofiq yo’nalishda 
kechishini belgilaydi. Lekin bir vaqtning o’zida ta’sir ko’rsatib, bir-birini 
kuchaytiruvchi bir yoki ikki seskantiruvchilaming qo’shilish ehtimoli ham 
mavjud.
Diqqatning fiziologik asoslari haqida gap yuritilganida, yana ikki muhim 
hodisa: nerv jarayonlarining irradiatsiyasi va dominantlik haqida aytib o’tish 
joiz. CH. SHerrington tomonidan belgilangan va akademik I.P. Pavlov 
tomonidan keng qo’llanilgan nerv jarayonlarining induktsiyasi qonuniga binoan, 
bosh miya po’stlog’ining biror sohasida yuzaga keladigan qo’zg’alish boshqa 
sohalarining tormozlanishiga sabab bo’ladi (baravar induktsiya) yoki miya 
ushbu sohasining tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induktsiya). 
Irradiatsiya hodisasi sodir bo’ladigan bosh miya po’stlog’i sohasida qo’zg’alish 
uchun qulay sharoitlar yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi 
shartli aloqalar samarali tarzda o’matiladi. Bu fiziologik jarayonlar diqqatni 
ta’minlaydi.
A.A. Uxtomskiy tomonidan oldinga surilgan dominantlik tamoyiliga ko’ra, 
miyada doimo ma’lum vaqt ichida nerv markazlari faoliyatini belgilab beruvchi 
va shu bilan inson hulq-atvoriga ma’lum yo’nalganlik bag’ishlovchi 
qo’zg’alishning vaqtincha hukmron o’chog’i mavjud bo’ladi. Dominantlik
175


xususiyatlariga asoslangan holda nerv tizimiga keluvchi impulslar to’planadi va 
jamlanadi, shu vaqtning o’zida boshqa markazlar faolligi susayadi, buning 
hisobiga qo’zg’alish kuchaytiriladi. Bu xossalarga binoan, dominantlik 
qo’zg’alishning barqaror o’chog’i hisoblanadi, bu esa o’z navbatida diqqat 
jadalligini mustahkamlovchi nerv mexanizmini tushuntirishga imkon yaratadi.
SHunday bo’lsada, na nerv jarayonlari induktsiyasi qonuni, na dominantlik 
ta’limoti diqqatning, ayniqsa, ixtiyoriy diqqatning mexanizmlarini to’laligicha 
ochib bera olmaydi. SHuning uchun, hozirgi zamon fanining taraqqiyoti 
diqqatning fizilogik mexanizmlarini tushuntirib berishga urinayotgan qator 
kontseptsiyalaming paydo bo’lishiga olib keldi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari 
neyrofiziologik jarayonlarga ko’proq e’tibor ajratadilar. Sog’lom odamlarda 
diqqatning zo’riqishi sharoitlarida miyaning istalgan sohasida biolektrik 
faollikning o’zgarishlari yuzaga kelishi aniqlandi. Bu faollikni peshona sohasida 
joylashgan neyronlaming alohida turi faoliyati bilan bog’laydilar. Neyronlaming 
birinchi turi - «yangilik detektorlari» yangi rag’batlar ta’sirida faollashadilar va 
ularga o’rganib qolish darajasiga ko’ra faollikni kamaytiradilar. Ulardan farqli 
ravishda «kutish» neyronlari organizm dolzarb ehtiyojni qondirish qobiliyatiga 
ega bo’lgan ob’ekt bilan uchrashganidagina qo’zg’aladilar.
SHunday qilib, diqqat bir-biri bilan o’zaro bog’langan miya tuzilmalarining 
yaxlit tizimi faolligi bilan ta’minlanadi. Diqqat fiziologik mexanizmlarining o’ta 
murakkab tuzilishi va lining tabiatiga nisbatan qarama-qarshi nuqtai nazarlar 
diqqatning bir qator psixologik nazariyalarining paydo bo’lishiga olib keldi.
Diqqatning nazariyalari orasida T. Ribo nazariyasi keng ommalashgan 
nazariya hisoblanadi, uning fikricha, diqqat har doim hissiyotlar bilan bog’liq 
bo’lib, ular yordamida yuzaga keladi. Uning fikriga ko’ra, ixtiyoriy diqqatning 
jadalligi va davomiyligi diqqat ob’ekti assotsiatsiyalangan emotsional holatning 
jadalligi va davomiyligi bilan ta’minlaganligi sababli, T. Ribo hissiyotlar va 
ixtiyoriy diqqat o’rtasidagi alohida uzviy bog’liqlikni ko’ra oldi.
Bundan tashqari, T. Ribo diqqat doimo organizmning jismoniy va 
fiziologik holatlarining o’zgarishlari bilan birgalikda kechishini uqtiradi. Bunda 
diqqat tabiatini tushuntirishda Ribo harakatlarga alohida o’rin ajratadi. Uning 
fikricha, diqqatning jamlanganlik holati organik reaktsiyalar bilan birga diqqatni 
ma’lum darajada tutib turishning zaruriy sharti sifatida namoyon bo’ladigan 
tana, yuz, gavda, oyoq-qo’llar qismlarining harakatlari bilan birgalikda kechadi. 
Biror-bir ob’ektda diqqatni jamlash va ushlab qolishga ketkaziladigan urinish 
har doim fiziologik asosga ega bo’ladi. Bu holatga, Riboning fikri bo’yicha, 
mushak zo’riqishi mos keladi, diqqatning chalg’ishi esa, mushak charchog’i 
bilan bog’liq bo’ladi. Bundan kelib chiqadiki, ixtiyoriy diqqat siri, Ribo nuqtai
176


nazariga ko’ra, harakatlami boshqarish qobiliyatidan iborat. SHuning uchun 
ushbu nazariya 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish