1. Diqqatning mohiyati
4 MAVZU: SODDA PSIXIK JARAYONLAR
Reja:
1.Diqqatning mohiyati va xossalari
2. Sezgilar haqida umumiy tushuncha .Sezgilarning nerv fiziologik asoslari.
3. Idrok haqida umumiy tushuncha . Idrokning nerv fiziologik asoslari,
xususiyatlar va qonuniyatlar.
DIQQAT
Diqqat psixologik noyob hodisa bo‘lib,
hozirgacha ruhshunoslar u haqda yagona fikrga ega
emaslar. Ba’zi bir mualliflarning fikriga ko‘ra, diqqat
istalgan psixik jarayonda u yoki bu darajada ishtirok
etganligi sababli, mustaqil hodisa sifatida o‘rganilishi mumkin emas. Boshqalar esa diqqatning
psixik jarayon sifatida mustaqilligini yoqlaydilar.
Bundan tashqari, diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga tegishliligi haqida ham
turli fikrlar mavjud. Ba’zilarning ta’kidlashiga ko‘ra, diqqat – bu psixik bilish jarayoni.
Boshqalar diqqat har bir faoliyatning zarur sharti ekanligiga, diqqatning o‘zi esa ma’lum iroda
kuchlarining ifodalanishini talab etishiga asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning faoliyati
bilan bog‘laydilar.[1]
Diqqat
hodisasini
tushuntirishning murakkabligi, uning «toza» ko‘rinishda
uchramasligidan iborat. Diqqat o‘zining bilish mazmuniga ega emas, u faqat boshqa bilish
jarayonlari faoliyatiga xizmat ko‘rsatadi. SHuning uchun diqqatni bilish jarayonlarining o‘sish
xususiyatlarini xarakterlovchi holat, psixofiziologik jarayon sifatida o‘rganish zarur. Diqqat o‘zi
nima?
Diqqat – bu psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va jamlanganligi.
Bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta’rifi. Insonga nisbatan diqqatni
ma’lum ob’ektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o‘zida boshqa ob’ektlardan chalg‘igan holda,
yo‘nalganligi va jamlanganligi sifatida o‘rganish mumkin. Bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga
molik belgilari uning yo‘nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi.
Psixik faoliyatning yo‘nalganligi ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, sub’ekt uchun
ahamiyatli bo‘lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib olish yotadi. Yo‘nalganlik
tushunchasiga, shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida psixik faoliyatni saqlab qolish ham
kiritiladi.[1]
Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada chuqurlashganligini
tushuntirib beruvchi jamlanganligidir. Vazifa qanchalik murakkab bo‘lsa, diqqatning jadalligi va
zo‘riqishi shunchalik kuchli bo‘lishi kerak, ya’ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab
etiladi. Ikkinchi tomondan, jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg‘ish bilan bog‘liq. Aks
holda, yot narsalardan chalg‘iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz qiyinlashadi.
Yo‘nalganlik va jamlanganlik bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq. Diqqatingizni biror-bir
narsaga yo‘naltiradigan bo‘lsangiz, bir vaqtning o‘zida diqqatingizni unda jamlagan bo‘lasiz. Va
aksincha, biror-bir narsada jamlansangiz, o‘z ruhiy faoliyatingizni unga yo‘naltirgan bo‘lasiz.
Diqqatning yo‘nalganligi bir mashg‘ulotdan ikkinchisiga o‘tish bilan, jamlash esa –
mashg‘ulotda chuqurlashish bilan bog‘liq.