101-guruh
Talaba: Axmadjonova Madina
O’qituvchilar:
Ma’ruza: Isaxanova.M, Seminar: Sirojiddinova.M
6-seminar
Javoblar:
1. Diqqat psixologik noyob hodisa bo’lib hozirgacha ruhshunoslar u haqida yagona fikrga ega emaslar. Ba’zi bir olimlarning fikricha, diqqat istalgan psixik jarayonda u yoki bu darajada ishtirok etganligi sababli, mustaqil hodisa sifatida o’rganilishi mumkin emas. Bundan tashqari diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga tegishliligi haqida ham turli fikrlar mavjud. Ba’zilarning ta’kidlashicha diqqat – bu psixik bilish jarayoni. Boshqalar di qqat har bir faoliyatning zarur sharti ekanligiga diqqatning o’zi esa ma’lum iroda kuchlarining ifodalanishini talab etishiga asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning faoliyati bilan bog’laydilar.Diqqat hodisasni tushuntirishning murakkabligi uning “ toza” ko’rinishda uchramasligidan iborat. Diqqat o’zining bilish mazmuniga ega emas, u faqat boshqa bilish jarayonlari faoliyatiga xizmat ko’rsatadi. Shuning uchun diqqatni bilish jarayonlarining o’sish xususiyatlarini xarakterlovchi holat, psixofiziologik jarayon sifatida o’rganish zarur. Diqqat bu – psixik faoliyatning biror bir ma’lum narsaga yo’nalganligi va jamlanganligi. Bu hayvonlar shuningdek inson diqqatlarining umumiy ta’rifi. Insonga nisbatan diqqatni ma’lum obyektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o’zida boshqa obyektlardan chalg’igan holda, yo’nalganligi va jamlanganligi sifatida o’rganish mumkin.
2. Diqqat boshqa psixik jarayonlar qatori ma’lum fiziologik hodisalar bilan bog’liq. Ma’lum yo’nalishdagi alohida qo’zg’atuvchilarni ajratish va jarayonlar kechishining fiziologik asosini ba’zi nerv markazlarining qo’zg’alishi, boshqalarining esa tormozlanishi tashkil etadi. Odamga ta’sir ko’rsatayotgan seskantiruvchi retikulyar formatsiya tomonidan amalga oshiriladigan miya faollashishini yuzaga keltiradi. Diqqatni fiziologik asosini bosh miya tashkil etadi, chunki bosh miya nerv faoliyatining aniq vaqtdagi aniq optimal qo’zg’aluvchanligi holatidagi qismi, qolgan qismlar esa past darajadagi qo’zg’aluvchanlikdir.
3. 1) Ixtiyoriy diqqat
2) ixtiyorsiz diqqat shuningdek,
Tabiiy diqqat, Ijtimoiy belgilangan diqqat, Bevosita diqqat, Bilvosita diqqat, Hisssiy diqqat, Intellektual diqqat kabi turlari ham mavjud.
4. Diqqat xossalari: Diqqatning barqarorligi
Diqqatni jamlash
Diqqatni taqsimlash
Diqqatning bo’linishi
Diqqat hajmi
Diqqatning chalg’ishi
5. Bu o’rinda parishonxotirlik ham alohida o’rin tutadi. Bu insonning atrofdagilarga e’tibor bermasdan ishga haddan ziyod berilib ketishi natijasida yuzaga keladi. U ham soxta parishonxotirlik va haqiqiy parishonxotirlik kabi turlarga bo’linadi. Haqiqiy parishonxotirlik inson diqqatini hech bir narsada ushlab turolmaganda, jamlay olmaganda muntazam bir obyektdan boshqa obyektga o’tib turishida kuzatiladi.
Soxta parishonxotirlik esa insonning diqqati u yoki bu faoliyatda kuchli jamlanganda vujudga keladi.
6. Jahon psixologiyasida ham olimlar psixologiya haqida ma’lum to’xtamga kelolishganicha yo’q. Buni A.A. Uxtomskiy, N.N.Lange, N.F.Dobrinin, T.Ribo, D.E.Brodbent kabi olimlar izlanishlarida yaqqol ko’rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |