Iroda kuchining turlicha ifodalanishlari orasida zarur paytda o’z
hissiyotlarini tiyish, o ’ylanmagan harakatlarga yo’l qo’ymaslik, o’zini tuta bilish
va o’ylangan harakatni ijro etishga o’zini
majbur qilish malakasi,
shuningdek,
noma’qul va nojo’ya ishlarga qo’l urmaslikda namoyon bo’ladigan vazminlik va
dadillik kabi shaxs sifatlarini ajratib ko’rsatadilar.
Irodaning yana bir xususiyati
maqsadga in til и vchanlikd
i r, bunda shaxs
faoliyatida ma’lum natijaga erishishga bo’lgan ongli va faol yo’nalganlik
tushuniladi. Irodaviy sifat -
tirishqoqlik
maqsadga intiluvchanlik bilan o’xshash
bo’lib, insonning o’ta murakkab sharoitlarda ham ko’zlangan maqsadga
erishishidagi intilishini ifodalaydi.
Qat’iyatlilikdan
qaysarlik
kabi salbiy sifat tafovut qilinadi. Qaysar odam
doimo,
maqsadga muvofiq kelmasada, o’z so’zida turishga intiladi. O’z
mohiyatiga ko’ra, qaysar odam o’zini va tilaklarini tutib turolmagani kabi, o’z
irodasini ham boshqarolmaydi.
Irodaning muhim xususiyatlaridan biri odamda paydo bo’lgan g’oyalami
joriy etishga harakat qilish layoqatidan iborat bo’lgan
tashabbuskorlikdir.
Ko’pchilik odamlar uchun o’z shaxsiy harakatsizligini yengish iroda aktining
eng qiyin bosqichi bo’lib hisoblanadi.
Mustaqillik -
bu bevosita tashabbuskorlik bilan bog’liq bo’lgan iroda
xususiyati. Mustaqillik ongli ravishda qaror qilish layoqati va ko’zlangan
maqsadga erishishga to’sqinlik qiluvchi turli omillar ta’siriga berilmaslik
malakasida namoyon bo’ladi. Mustaqil odam boshqa odamlaming maslahat va
takliflarini tanqidiy baholab, o’z fikr-mulohazalari asosida,
olingan maslahatlar
asosida shakllangan o’z harakatlariga tuzatishlar kiritgan holda faoliyat
yuritishga qodir.
Mustaqillikdan farqlanuvchi
salbiy munosabat
boshqa odamlarga qarshi
borgan holda, lekin mantiqan bu harakatlar to’g’ri bo’lmasada, harakat qilishga
motivatsiyalanmagan, asoslanmagan moyillik.
Irodaning yana bir sifati - motivlar kurashida oz fursat va vaqtida, ortiqcha
ikkilanish va shubhalarsiz qaror qilishdan iborat
qat'iyatlilik.
Qat’iyatli
odamlarga harakat va vositalarini tanlash va faoliyatning o’zini
ijro etishga ham
tezlik va ko’tarinkilik bilan yondoshish xosdir.
Qat’iyatlilikdan shoshilinch qaror qilish, o’ylanmagan harakatlarda
namoyon bo’ladigan
ta’sirchanlikm
farqlash lozim.
Ta’sirchan odam harakatni boshlashdan aw al o’ylab o ’tirmaydi,
faoliyatidan kelib chiqadigan oqibatlami hisobga olmaydi, shuning uchun
ko’pincha qilgan ishidan afsuslanib qoladi.
Alohida muhim ahamiyatga ega bo’lgan inson harakatlarining
izchilligi
inson tomonidan ijro etilgan barcha harakatlarning ikkinchi darajadagi va
296
qo’shimcha motivlar bo’ysunadigan yagona
rahbarlik tamoyilidan kelib
chiqishini ifodalaydi. Harakatlar izchilligi
o ’zini nazorat
va
o ’zini baholash
bilan uzviy bog’langan.
Maqsadga erishish jarayonida o’zini nazorat qilish yetakchi motivlaming
qo’shimcha motivlar ustidan hukmronligini ta’minlaydi. O’zini nazorat qilish
sifati, uning mutanosibligi shaxsning o’zini baholashiga bog’liq bo’ladi. O’ziga
past baho berish odamda o’ziga bo’lgan ishonchning yo’qolishiga olib kelishi
mumkin,
shuning uchun u
ko’zlangan
maqsadga erisholmaydi
va
rejalashtirilganlarini amalga oshirolmaydi. Lekin, aksincha, odam o’ziga
ortiqcha baho berib yuboradigan vaziyatlar ham bo’ladi. Bunda o’ziga ortiqcha
baho berish ko’zlangan maqsadga erishish yo’lida o’zining harakatlarini
muvofiq holda boshqarish va tuzatishlar kiritish imkonini bermaydi.
Iroda, boshqa psixik jarayonlar singari, insonning yosh taraqqiyoti
jarayonida shakllanadi. Xuddi shunday, yangi tug’ilgan chaqaloqda refleksli
harakatlar, shuningdek, ba’zi bir instinktli harakatlar ko’pchilikni tashkil etadi.
Bolaning dastlabki tilaklari beqarorligi bilan ajralib turadi va ko’p hollarda
noma’lum xususiyatga ega bo’ladi. To’rt yoshga kelib, bola tilaklari u yoki bu
darajada barqarorlashadi. Xuddi mana shu yoshda bolalarda motivlar kurashi
kuzatiladi. Lekin, ahloqiy tartib motivlariga bog’liq ravishda amalga
oshiriladigan tanlov imkoniyati bolalar uchun hayotining uchinchi yili
yakunidan avval yuzaga kelmaydi. Bu holat bola o’zining hulq-atvorini nazorat
qila olishi bilan bog’liq. Buning uchun, birinchidan, yetarlicha yuqori darajadagi
rivojlanish,
ikkinchidan esa, ahloqiy mayllaming shakllangan bo’lishi zarurdir.
Ikkalovi ham ta’lim va tarbiya ta’sirida, kattalar bilan muntazam o’zaro
muloqotda bo’lish jarayonida tarkib topadi.
Iroda shakllanishining asosiy yo’llari nimadan iborat?Awalo, bu
jarayonning yutug’i ota-onaga bog’liqdir. Ular bola irodasining rivojlanishiga
yetarlicha yuqori talablami qo’yishlari kerak. Oilada bola tarbiyasining zarur
sharti unda
ongli intizomm
shakllantirish hisoblanadi
Iroda sifatlarini tarbiyalashda bolaga ta’lim jarayonini amalga oshiradigan,
lekin bunda ma’lum darajadagi intizomlilikning shakllanishi sodir bo’ladigan,
qator talablar bilan murojaat qiluvchi maktab muhim o’rinni egallaydi.
Maktabda o’quvchi bilan muloqotda bo’ladigan o’qituvchi undagi iroda
sifatlarining shakllanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Yuqori talabchanlik
hukmron bo’lgan muhitdagi maktab jamoasi
bolalar iroda sohasining
rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Bolaning jismoniy rivojlanishi, hamda uning badiiy qadriyatlar bilan
tanishib borishi ham katta ahamiyatga ega. Iroda sifatlarining shakllanishi
kattaroq yoshda ham davom etadi. Yosh avlod hayoti va mehnat faoliyati
297
davomida bu sifatlar o’zining eng yuksak taraqqiyot darajasiga erishadi.
SHunday qilib, bolani tarbiyalash jarayoni shaxs iroda sifatlarining shakllanish
samaradorligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: