15.3. Irodaviy harakat tuzittshl
Irodaviy harakat faoliyat maqsadi va u
bilan bog’liq bo’lgan motivdan boshlanadi.
Maqsad va uni hosil qiluvchi motiv aniq anglangan holatida maqsadga intilish
tilak
deb ataladi. Lekin har qanday intilish ham, yetarlicha anglanganlik
xususiyatiga ega bo’lmaydi. Ehtiyojlaming anglanganlik darajasiga ko’ra, ular
havas
va
tilakka
bo’linadi. Agar tilak anglangan bo’lsa, havas g’ira-shira,
noaniq bo’ladi: bunda inson nimadir xohlayotganini, unga nimadir
yetishmayotganligini yoki unga biror nimaning kerakligini anglaydi, lekin
uning, aynan, nimaligini tushunmaydi. Havas o’zimng noma’lumligi tufayli
maqsadga yo’naltirilgan faoliyatga aylana olmaydi, shuning uchun havas
ko’pincha o’tish holati sifatida ko’rib chiqiladi. Unda ifodalangan ehtiyoj bir
so’nadi, bir anglanadi va aniq tilakka aylanadi.
Lekin har qanday tilak ham harakatga olib bormaydi. Tilakning bevosita
motivga, so’ngra maqsadga aylanguniga qadar, u inson tomonidan baholanadi,
ya’ni, inson qadriyatlari tizimi orqali «saralanadi», ma’lum emotsional tusga ega
bo’ladi.
Niyat kuchiga ega bo’lgan tilak kelajakdagi harakat maqsadini anglashni va
uning rejasini tuzish harakatini kuchaytiradi. O’z navbatida, maqsadning
shakllanishida uning
mazmuni, xususiyati
va
ahamiyati
alohida o’rin tutadi.
Maqsad qanchalik yuksak bo’lsa, unga bo’lgan shunchalik kuchli intilishni hosil
qilish mumkin.
Tilak har doim ham birdaniga hayotga tadbiq etilmaydi. Ba’zan odamda
birdaniga bir nechta muvofiqlashtirilmagan va, hatto, qarama-qarshi tilaklar
yuzaga kelganidan, u qay birini hayotga tadbiq qilishni bilolmay, qiyin ahvolga
tushib qolishi mumkin. Bir necha xil tilaklar yoki faoliyatga bo’lgan bir necha
turli niyatlar to’qnashuvidan yuzaga kelgan psixik holat
motivlar kurashi
deb
ataladi.
293
Motivlar kurashi natijasida inson maqsad va harakat vositasini tanlashdan
iborat bo’lgan
qarorga keladi.
Qaror kelgan inson
qat’iyatlilik
namunasini
ko’rsatadi; bunda u voqealar rivoji uchnn mas’uliyatni his etadi.
Psixologiya fanida qaror qabnl qilish muammosi qizg’in bahslarga sabab
bo’lmoqda. Bir tomondan, motivlar kurashi va keyingi qaror qabul qilish asosiy
zanjir, iroda aktining yadrosi sifatida o’rganiladi. Ikkinchi tomondan, ongning
tanlash, fikrlash va baholash bilan bog’liq bo’lgan ichki faoliyatini iroda aktidan
chiqarib yuborish tendentsiyasi kuzatiladi.
Iroda mohiyatini qabul qilingan qaromi ijro etishda ko’radigan ayrim
psixologlarga xos bo’lgan nuqtai nazar ham mavjud. Aynan, qarorni ijro etish
inson iroda faoliyatining asosini tashkil etadi.
Irodaviy harakatning ijro etilish bosqichi murakkab tuzilishga ega. Qabul
qilingan qaromi ijro etish, awalambor, u yoki bu vaqt oralig’i, ya’ni, ma’lum bir
muddat bilan bog’liq. Agar qaror ijro etish uzoq muddatga qoldirilsa, bunday
holatda qabul qilingan qaromi ijro etish
maqsadi
haqida so’z yuritiladi. Odatda,
maqsad haqida murakkab faoliyatlar, masalan, oliygohga o’qishga kirish,
ma’lum mutaxassislikka ega bo’lish bilan to’qnashganimizda so’z yuritish
mumkin. Tashnalik yoki ochlikni qondirish, qarshingizdan kelayotgan odam
bilan to’qnashib ketmaslik uchun o’z harakatingiz yo’nalishini o’zgartirish kabi
sodda irodaviy harakatlar darhol ushaladi. Maqsad, o’z mohiyatiga ko’ra, orqaga
surilgan harakatning tayyorgarligi bo’lib, qaror tomonidan qayd etilgan
maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilganlikdir. Istalgan irodaviy harakatda
istak mavjudligida ko’zlangan maqsadga erishish yo’llarini rejalashtirish
bosqichini ajratib ko’rsatish mumkin. Reja turli darajadagi izchillikda tuzilgan
bo’lishi mumkin. Bunda rejalashtirilgan harakat tez orada joriy etilmaydi. Uni
ro’yobga chiqarish uchun
iroda kuch
zarurdir. Iroda kuchi deb, ko’zlangan
harakatni ijro etish uchun zarur bo’lgan inson ichki zahiralarini safarbarligini
yuzaga keltimvchi ichki zo’riqish yoki faollikning alohida faoliyatiga aytiladi.
Irodaviy harakatning bu yakuniy bosqichi ikkilangan tarzda ifodalanishi
mumkin, ba’zi holatlarda u tashqi harakatlarda, boshqa holatlarda u yoki bu
tashqi harakatlaming tiyilishida namoyon bo’ladi (bunday ifodalanish
ichki
irodaviy harakat
deb ataladi). Iroda kuchida tashqi harakatlar kamroq, ichki
zo’riqish esa ko’proq ifodalanishi mumkin.
Turli sharoitlarda namoyon etiladigan iroda kuchi jadalligiga ko’ra tafovut
qilinadi. Bu iroda kuchi jadalligi, awalambor, irodaviy harakat ijro etilishi duch
keladigan tashqi va ichki qarshiliklarga bog’liqdir. Lekin vaziyatli omillardan
tashqari, iroda kuchi jadalligini belgilab beruvchi nisbatan barqaror vaziyatlar
ham mavjud. Ularga atrof-olamning u yoki bu hodisasiga nisbatan
ifodalanadigan shaxsning dunyoqarashi; mo’ljallangan yo’ldan og’maslik
294
layoqatini belgilovchi aliloqiy barqarorlik; shaxsni o’zini boshqarishi va o’zini
tiita bilish darajasi va boshqalar kiradi. Bu omillar insonning taraqqiyoti, shaxs
sifatida tarkib topish jarayonida shakllanadi va iroda sohasining rivojlanish
darajasini xarakterlaydi.
Xulosa o’mida iroda akti psixologik tuzilishining chizmasini keltiramiz
(15.1 rasm).
15.4. Insonning irodaviy
Inson
irodasi
ma’lum sifatlar
bilan
sifatlari va ularning
xarakterlanadi.
Awalambor,
iroda
kuchhn
rivojlamshi
ko’zlangan maqsadga erishish yo’lida yuzaga
keladigan qiyinchiliklami yengib o’tish umumlashtirilgan layoqati sifatida
ajratib ko’rsatish qabul qilingan. Aynan, iroda kuchi yordamida yengib
o’tiladigan to’siqlar iroda kuchi ifodalanishining ob’ektiv ko’rsatkichi bo’lib
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |