Iroda
-
bu insonning maqsadga yo’naltirilgan
harakat va faoliyatni
bajarishda tashqi va ichki qiyinchiliklami yengish malakasida ifodalangan ongli
tarzda o’z hulq-atvori va faoliyatini boshqarishi. Irodaning o’ziga xos asosiy
xususiyati hayot faoliyatining og’ir sharoitlarida faollikni ongli boshqarishdan
iborat.
Irodaviy harakatlar ixtiyrsiz harakatlar va faoliyat asosida rivojlanadi.
Aynan,
ongli harakat
iroviy hulq-atvoming xususiyatini belgilaydi. Irodaviy
harakatlar bir-biridan, awalambor, murakkablik darajasi bilan farqlanadi. Xuddi
shunday,
yuqorida keltirilgan misol, bir qator sodda harakatlar va faoliyatdan
iborat bo’lgan murakkab irodaviy hulq-atvorga misol bo’la oladi.
Irodaviy hulq-atvoming yana bir muhim belgisi, qarshiliklaming ichki va
tashqi ekanligidan qat’iy nazar, uning
qarshilikniyengib o ’tish bilan aloqasidk.
Ichki yoki sub’ektiv qarshiliklar sifatida insonning ushbu harakatni
bajarmaslikka yoki bu harakatga qarama-qarshi harakatni
bajarishga qaratilgan
tilaklari xizmat qiladi. Xuddi shunday, ichki qarshiliklar sifatida toliqish, ko’ngil
ochish istagi, harakatsizlik, tanballik va boshqalami keltirish mumkin. Tashqi
qarshiliklarga misol tariqasida ish uchun zarur asbobning mavjud emasligi yoki
berilgan vazifani bajarishni xohlamagan boshqa odamlaming qarama-qarshi
harakatini keltirish mumkin.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, qarshilikni yengib o’tishga
qaratilgan har bir
faoliyat ham iroda bilan bog’liq bo’lmasligi mumkin. Masalan, itdan
qochayotgan odam qiyin to’siqlami o’tib ketishi, hatto, eng baland daraxtga
chiqib olishi ham mumkin, lekin bu harakatlar irodaviy bo’lmaydi, chunki ular,
awalambor, odamning
ichki mayli bilan emas, tashqi sabablarga ko’ra,
bajarilgandir. Bundan kelib chiqadiki, qarshiliklami yengib o’tishga qaratilgan
irodaviy harakatlaming o’ziga xos muhim xususiyati ko’zlangan maqsadning
ahamiyatini anglash, uning uchun kurashish, unga erishish
zarurligini anglash
hisoblandi. Shuning uchun irodaviy harakatlarmurakkablik darajasi bilangina
emas, balki
anglanganlik
darajasi bilan ham farqlanishi mumkin.
Shunday vaziyatlar bo’ladiki, inson o’z harakatlarini anglaydi, lekin ulami
nima uchun bajarayotganini tushuntirib bera olmaydi. Ko’pincha, bu harakat
inson qandaydir kuchli
hissiyotlarga berilganida, emotsional qo’zg’alishni
boshidan kechirayotganida sodir bo’ladi. SHunga o’xshash harakatlar
impulsli
harakatlar deb ataladi. O’ylanmagan harakatlami amalga oshirgandan so’ng
inson qilgan ishidan afsuslanadi. Iroda esa, aynan, affektiv portlashlar vaqtida
inson o’zini o’ylanmagan harakatlardan to’xtatib qolishidan iborat. Demak,
iroda
Do'stlaringiz bilan baham: