tafakkur
va
his-tuyg’ular
bilan bog’liq ekan.
Tafakkuming ifodalanishi
maqsadm
va unga erishish
vositasim
ongli
ravishda tanlashda namoyon bo’ladi. Tafakkur, shuningdek, oldindan o’ylangan
290
harakatni ijro etish, vazifani bajarish sharoitlari va qiyinchiliklami hisobga olish
jarayonida ham zarurdir.
Iroda va hissiyotlaming aloqasi bizdama’lum his-tuyg’ulami uyg’otuvchi
jism va hodisalarga e’tiborimizni qaratishimizda ifodalanadi. Biror narsaga
erishish istagi his-tuyg’ularimiz bilan qandaydir noxushlikni chetlab o’tish kabi
bog’liqdir. Lekin irodaviy harakatlarining manbalari sifatida faqat his-
tuyg’ulami qabul qilish yaramaydi. Ko’pincha biz, his-tuyg’ularimiz ko’zlangan
maqsadga erishishda to’siq sifatida namoyon bo’ladigan vaziyatlarga duch
kelamiz. Shuning uchun hissiyotlaming salbiy ta’siriga qarshi harakat qilish
uchun iroda kuchini ishlatishimizga to’g’ri keladi.
Iroda jarayonlari o ’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan tilak-havas va
tormozlanish vazifalarining bajarilishini ta’minlaydi. Irodaning
tilak-havas
vazifasi
bevosita motivatsiya omillari bilan bog’liq bo’lib, ob’ektiv va sub’ektiv
qarshiliklami yengib o’tishga doir u yoki bu harakat faoliyatini oldindan ko’ra
bilishdan iborat. Iroda inson faolligining alohida shaklidir, irodaviy faollik
sub’ekt ichki holati, uning istaklari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda
harakatni yuzaga keltiradi..
Atrof-muhit rag’batlariga javoban reaktiv-impulsli harakatlar yiindisidan
iborat bo’lgan hulq-atvor psixologiyada
amaliy
hulq-atvor deb ataladi. Amaliy
hulq-atvomi yosh bolalarda, shuningdek, kattalar psixik faoliyatining ba’zi bir
buzilishlarida kuzatish mumkin.
Irodaning
tormozlanish vazifasi
shaxs faoliyati, uning idealiari,
qadriyatlari, mulohazalari va dunyoqarashining maqsadlariga mos kelmaydigan
motivlar va istaklami tiyishdan iborat. Irodaning tormozlanish va tilak-havas
vazifalari birgalikda maqsadga erishish yo’lidagi qiyinchiliklami yengib o ’tishni
ta’minlaydilar.
_ . , .
.
. ,
Iroda tabiatiga oid qarashlardan
15.2. Irodaning asosry psixologtk
, , _
. . . . . .
. . .
e
falsafiy-etika
va
tabuy-ilmty
qarashlami
nazariyalari
j
j
j
*
j
i
keltirish mumkin. Qadimgi faylasuflar
insonning maqsadga yo’naltirilgan yoki ongli hulq-atvorini uning umumiy
qoidalarga muvofiqligi nuqtai nazaridan o’rganganlar.
Antik davr
faylasuflarining fikriga ko’ra, insonning odob-ahloq qoidalari tabiat va
turmushning mantiqiy qoidalariga mos bo’lishi kerak. Xuddi shunday, Arastu
fikriga ko’ra, iroda tabiati mantiqiy xulosaning shakllanishida ifodalanadi.
O’rta asr davrlarida iroda tushunchasi yuksak darajada qandaydir ilohiy
kuchlar bilan bog’langan edi. Irodani bunday tushunish o’rta dSflarda jamiyat
ma’lum a’zosining mustaqil faoliyat yuritish imkoniyatining inkor etilishi bilan
belgilangan edi.
Iroda mustaqil muammo sifatida shaxs muammosi tarkib topishi bilan
yitzaga keldi. Bu Uyg’onish davrida, insonning ijodkorlik va, hatto, xatoga yo’l
qo’yishi huquqi tan olina boshlaganida yuz berdi. Bunda shaxsning bosh
qadriyati sifatida iroda erkinligi absolyut darajaga ko’tarildi.
Keyinchalik iroda erkinligini absolyutlashtirish ekzistentsializmcha
dunyoqarash - «mavjudlik falsafasi»ning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Ekzistentsializmchilar (M. Xaydegger,
K.
Yaspers, J.P, Sartr, A. Kamyu va
boshqalar) erkinlikni hech qanday tashqi ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanmagan
absolyut erkin iroda sifatida o’rganadi. Bu yo’nalish vakillarining fikriga ko’ra,
inson jamiyat bilan, ayniqsa, hech qanday ahloqiy majburiyatlar yoki
ma’suliyatlilik bilan bog’liq bo’la olmaydi. Erkin irodani absolyutlashtirish
ekzistentsialistchilar tomonidan inson tabiatini noto’g’ri talqin qilinishiga sabab
bo’ldi. Ulaming yo’l qo’ygan xatosi, mavjud bo’lgan ijtimoiy qonunlar va
qadriyatlaming rad etilishiga qaratilgan ma’lum harakatni amalga oshirayotgan
insonning, ularga muqobil bo’lgan boshqa qonun va qadriyatlami ta’kidlashini
tushunib yetmaslikdan iborat edi.
Irodaning dastlabki tabiiy-ilmiy talqinlaridan bird I.P. Pavlovga tegishli, u
irodani «erkinlik instinkti», jonli organizm faolligining uni cheklovchi qarshilik
bilan to’qnash kelganidagi ifodasi sifatida ko’rib chiqadi. Pavlovning
qarashlariga binoan, iroda «erkinlik instinkti» sifatida ochlik va xavfni sezish
kabi instinktlarga o’xshash hulq-atvomi rag’batlantiruvchi shaklida namoyon
bo’ladi. «U bo’lmaganda edi,- yozgan edi u,~ hayvon yo’lida uchragan har bir
zarracha qarshilik ham uning hayot kechmishini izdan chiqarib yuborgan bo’lar
edi» (I.P. Pavlov, 1952).
Oxirgi o’n yilliklarda o’z tarafdorlarini topayotgan yana bir kontseptsiyaga
asosan, inson hulq-atvori avval boshdan faollik, insonning o’zi esa hulq-atvor
shaklini ongli ravishda tanlab oluvchi mavjudot sifatida ko’rib chiqiladi. Bu
nuqtai nazar fiziologiya sohasida N.A. Bershteyn va P.K. Anoxinlar tomonidan
o’tkazilgan tadqiqotlarda o’z tasdig’ini topdi.
Psixoanalitik
kontseptsiya
chegarasida
taraqqiyotining
barcha
bosqichlarida Z. Freyd va E. Frommlar tomonidan ko’p marotaba iroda haqidagi
inson harakatlarining o’ziga xos energiyasi sifatida tasavvurlami aniqlashtirish
ishlari olib borilgan. Ushbu kontseptsiya vakillari uchun insonlar harakati
manbai bo’lib, psixik shaklga aylantirilgan tirik organizmning biologik
energiyasi xizmat qiladi. Z.Freydning fikriga ko’ra, bu jinsiy maylning
psixoseksual energiyasidir.
Bunday tasavvurlaming Freyd izdoshlari va shogirdlari yaratgan
kontseptsiyalardagi evolyutsiyasi qiziqish uyg’otadi. Masalan, K. Lorents iroda
energiyasini insonning dastlabki ko’rinishdagi tajovuzkorligida ko’radi. A. Ad
ler, К. Yung, К. Xomi, E. Frommlar iroda ifodalanishini ijtimoiy omillar bilan
bog’laydilar. Yung fikricha, - bu har bir madaniyatda asos solingan hulq-atvor
va tafakkurning
universal arxetiplari, Adler - hokimiyat va ijtimoiy
hukmronlikka intilish, Xomi va Fromm fikricha esa - shaxsning madaniyatda
o’zini joriy etishga intilishi.
Psixoanalizning turli kontseptsiyalari, o’z mohiyatiga ko’ra, ahamiyatli
bo’lsada,
alohida
ehtiyojlami
inson
harakatlarining manbai
sifatida
absolyutlashtirishdan iborat. Haqiqatda esa, irodaviy harakat motivlari insonning
tashqi olam, va birinchi navbatda, jamiyat bilan faol o’zaro ta’siri natijasida
tarkib topadi va hosil bo’ladi. Iroda erkinligi tabiat va jamiyatning umumiy
qonunlarini inkor etmaydi, balki, ulami bilish va mutanosib hulq-atvomi
tanlashni taqazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |