N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

egiluvchanligi
motivatsiya jarayonini quyidagicha 
xarakterlaydi: yuqori darajadagi motivatsion maylning qondirilishi uchun quyi 
darajadagi turli xil motivatsion mayllar qanchalik ko’proq qo’llanilgan holatda 
motivatsion soha ham shunchalik darajada egiluvchan bo’ladi. Masalan, bir 
individ uchun bilim olishga bo’lgan ehtiyoj faqat televidenie, radio va kino 
hisobiga qondirilsa, boshqasi uchun xuddi shunday ehtiyojni qondirish vositasi 
turli kitoblar, davriy matbuot, odamlar bilan muloqot hisoblanadi. Keyingi 
holatda motivatsion soha egiluvchanroq bo’lib sanaladi.
Ierarxiyalashtirilganlik
- bu alohida olingan motivatsion sohasidagi har 
bir tuzilish darajasining xususiyati. Bir xil dispozitsiyalar (motivlar, maqsadlar) 
boshqalaridan kuchliroq bo’lib tez-tez hosil bo’lib turadi; boshqalari kuchsizroq 
bo’ladi, va kamroq dolzarblashtiriladi. Ma’lum darajadagi motivatsion 
hosilalamingdolzarblashtirish kuchi va chastotasidagi farqlar qanchalik ko’p 
bo’lsa, motivatsion sohaning ierarxiyalanganligi ham shunchalik yuqori bo’ladi.
Motivlar, ehtiyojlar va maqsadlardan tashqari, inson hulq-atvori 
qo’zg’atuvchilari sifatida, shuningdek, qiziqishlar, muammolar, tilak va 
maqsadlar ham ko’rib chiqiladi. Qiziqish deb, bilish xususiyatiga ega bo’lgan, 
to’g’ridan-to’g’ri bir xil, ayni damda dolzarb bo’lgan ehtiyoj bilan 
bog’lanmagan, 
alohida motivatsion holatga aytiladi. 
Muammo ma’lum 
maqsadga erishishga yo’naltirilgan harakatni bajarishda organizm yengib o’tishi 
zarur bo’lgan to’siqlarga duch kelganida paydo bo’ladi. 
Tilaklar
va 
maqsadlar -
bu darhol yuz beradigan va ko’pincha bir-birini almashtirib turadigan, harakat 
bajarish sharoitlarining o’zgarishlariga javob beradigan motivatsion sub’ektiv 
holat.
Inson hulq-atvori motivatsiyasi ongli va ongsiz bo’lishi mumkin. Bu inson 
hulq-atvorini boshqaruvchi ba’zi ehtiyoj va maqsadlar inson tomonidan 
anglanishini, boshqalarining esa anglanmasligini bildiradi.
94


Shunday qilib, motivlar anglangan yoki anglanmagan bo’lishi mumkin. 
Shaxs yo’nalganligi shakllanishidagi asosiy o’rinni anglangan motivlar 
egallaydi.
5.4. Faoliyatni o ’zlashtirish.
Harakatda motor, sensor va markaziy
Ко ’nikma va malakalar
tarkibiy qismlami ajratish mumkm. Ular mos
holatda bajarish, nazorat yoki boshqarish 
vazifalarini bajaradilar. Faoliyat davomida inson tomonidan qo’llaniladigan 
harakatni bajarish, nazorat va boshqarish uslublari ushbu faoliyatning 
usullari
deb ataladi.
Ko’rsatilgan har bir vazifa insonda ongli, shu bilan birga, ongsiz ravishda 
ham amalga oshirilishi mumkin, masalan, inson tomonidan so’zlami talaffuz 
qilish uchun zarur bo’lgan qizilo’ngach harakatlari tizimi inson tomonidan 
umuman anglanmaydi, lekin inson aytmoqchi bo’lgan jumlalar ma’nosi va 
grammatik shakllar ong darajasida doimo oldindan bilinadi.
Ba’zi bir harakatlar ongli va ongsiz boshqarish darajalarida bajarilishi 
mumkin. Masalan, yurish - xarakatlaming ko’p qismi ongsiz ravishda 
bajariladigan faoliyatga misol bo’la oladi. Lekin dor ustida yurishda xuddi shu 
harakatlami bajarish, ulaming sensor nazorati va markaziy boshqarilishi o’ta 
zo’riqqan holatdagi anglash ob’ektiga aylanadi.
Teskari hodisa ro’y berishi ham mumkin, bunda harakaming ma’lum 
tomonlari avval izchil tarzda ongli boshqarilishni talab etadi, so’ngra esa borgan 
savin ong ishtirokisiz amalga oshirila boshlaydi, bunday holat avtomatlashtirish 
deb nomlanadi.
Odamda maqsadga muvofiq harakatlaming aynan shunday xususiy 
avtomatlashtirilgan holatda bajarish va boshqarish 
ко'nikma
deb ataladi. 
Psixologiyada ко’nikma ongli harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi 
sifatida ta’riflanadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, bunday holatda aynan harakatlaming ongsiz 
boshqarilishi haqida so’z yuritiladi, chunki faoliyatlar boshqariluvi va harakatlar 
boshqariluvi - bu boshqa-boshqa tushunchalar hisoblanadi. Harakatlaming oshib 
borayotgan avtomatlashuvi bir vaqtning o’zida bunday harakatlarga tegishli 
bo’lgan harakatlami ongli boshqarishning kengayishi ham kuzatiladi.
Harakatning u yoki bu tarkibiy qismlarini avtomatlashtirish faqatgina ongli 
boshqaruv ob’ektining joyini o’zgartirib, harakatning umumiy maqsadlarini, 
bajarish sharoitlarini, natijalar nazorati va baholanishini ong doirasiga olib 
chiqadi.
Bunday xususiy avtomatlashtirish tufayli amalga oshish imkoniyatiga ega 
bo’lgan harakat tuzilishining o’zgarishlari quyidagilardan iborat bo’ladi:
95


1. Harakatlami bajarish usullari o’zgaradi. Bungacha ajratilgan holatda 
bajarilib kelinayotgan bir qator xususiy harakatlar o’zining tarkibidagi alohida 
oddiy harakatlar o’rtasida uzilishlar bo’lmagan yagona aktga, bitta murakkab 
harakatga qo’shiladi. Xuddi shunday, o’quvchi husnixat yozishni boshlaganida 
ko’plab ortiqcha harakatlami bajaradi: tilini chiqaradi, tanasini qimirlatadi, 
boshini egadi va h.k. Faoliyatni o’zlashtirib olish bilan barcha zarur bo’lmagan 
harakatlar yo’qoladi. 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish