739058
UMOMIY
PSIXOLOGIYA
N.S.Safaev, N.A.Mirashirova, N.G.Odilova,
Sh.D.Turabekova, Sh.K.Karimova,
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
UMUMIY PSIXOLOGIYA
(darslik)
it
1
Toshkent-2015
Darslik psixologiya sohasidagi asosiy ilmiy bilimlar tizimini tashkil etadi.
Darslik «Umumiy psixologiya» o’quv kursi bo’yicha dastur va O’zbekiston
Respublikasining Kadrlar tayyorlash Davlat Ta’lim standartlari shartiariga
muvofiq ravishda yozilgan.
Ushbu darslikda psixologiyaning umumiy masalalari, shaxs, faoliyat va
muloqot psixologiyasi, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi va
individual psixologik xususiyatlari psixologik-pedagogik fanlaming hozirgi
zamon yutuqlarini hisobga olgan holda yoritilgan.
O’quv materialining mazmuni va uni bayon qilish shakli bilim va
ko’nikmalami egallashda talabalaming bilish faoliyatini oshirishga qaratilgan.
Mazkur darslikda jadvallar, chizmalar mavjud bo’lib, bu taqdim etilayotgan
materialni aniq va tushunarli o’zlashtirilishiga xizmat qiladi.
Darslik oliy pedagogik o’quv yurtlarining o’qituvchilari, magistrlari,
doktorantlari va talabalari uchun mo’ljallangan.
Mualliflar: N.S.Safaev, psixologiya fanlari doktori, professor
N.A.Mirashirova, katta o’qituvchi
N.G.Odilova, katta o’qituvchi
SH.D.Turabekova, katta o’qituvchi
SH.K.Karimova, katta o’qituvchi
Taqrizchilar: TVXTXTXQTMOI Psix.f.n. dots. S.M.To’ychiyeva
Nizomiy nomidagi TDPU Psix.f.n. dots. S.X. Jalilova
Darslik TDPU Ilmiy kengashining 2014 yil № __sonli yig’ilishi qarori
bilan nashrga tavsiya etilgan.
KIRISH
“Umumiy psixologiya” o’quv kursi psixik taraqqiyot qonuniyatlari,
psixologiya taraqqiyotining asosiy bosqichlari, fanning tarmoqlari, sharq
mutafakkirlarining psixologik qarashlari, fanning boshqa fanlar bilan atoqasi,
fanning tamoyillari va metodlari, vazifaiari, faoliyatning psixologik tahlili, shaxs
haqida tushuncha, muloqot, psixik jarayonlar, shaxsning individual-psixologik
xususiyatlari masalalarini qamraydi.
XXI asr buyuk o’zgarishlar davri bo’lib, bu o’zgarishlar eng avvalo inson
tafakkuriga, uning fikrlash tarzida ro’y berishi muqarrar. Tabiiyki, bu holat
shaxs ma’naviyati va u orqali jamiyatning ma’naviy qiyofasiga o’z ta’sirini
ko’rsatmay qolmaydi. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov
aytganlaridek, “Jamiyatimizning eng oliy boyligi bo’lgan xalq abadiy
qadriyatlami, qudratli satohiyatni o’zida jamlagan. Be salohiyalni yuzaga
chiqarish jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy ettirishning juda kuchli omili
bo’lib xizmat qiladi. Bu omilning kuchi va ta’siri, eng avvalo, yuksak
ma’naviyat bilan, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan
belgilanadi”.1 Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning bunyodkori bo’lmish
yosh avlodning bilim olish, yuqori malakali kadrlar bo’lib o’z yurti va xalqiga
sidqidildan xizmat qilish, ozod yurt ravnaqi va baxt-saodati uchun halol mehnat
qilishga o’rgatishni nazarda tutadi. Zero, mustaqillik aynan fidoyi, o’z Vatani
manfaatlariga g’oyat sadoqatli, yuqori malakali kadrlaming jamiyatni
boshqarishni taqozo etadi.
“Umumiy psixologiya” inson ruhiyatining o’ziga xos xususiyatlari
ko’rinishlari va rivojlanishiing umumiy qonuniyatlarini tadbiq etadi. Bu fan
yoshlaming ongida va ruhiyatida yangicha sifatlaraing shakllantirilishini
psixologiya masalalari doirasida yechishga yordam beradi, yuksak madaniyatli
va ma’naviy etuk xalqqa munosib vorislami tarbiyalashga hissa qo’shadi.
Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada o’ylashga,
fikrlashga, mulohaza yuritib, o’zi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda.
Zero, mustaqil davlatimizning siyosati Inson manfaatini himoya qilish, uning
uchun munosib turmush tarzini yaratish ekan, bu ishlami amalga oshirish uchun
bo’lg’usi mutaxassis, pedagog-o’qituvchi ijtimoiy borliq qonuniyatlarini bilishi
va undan maromida foydalanib, turmush me’yorlariga bo’ysungan xolda
jamiyatda o’zining munosib o’mini egallab, fuqarolik burchini ado etishga
tayyor bo’lishini darkor. Shu nuqtai nazardan “Umumiy psixologiya” shaxs va
uning munosabatlari qonuniyatlarini o’rganadi. Shuningdek, talabalami mustaqil
1 Karimov 1.Л. O ’zbekiscou XXi asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari - T .O ’zbckiston, 1997 - B.252.
3
fikrlashga o’rgatish, fikrlash madaniyatiga oid madaniy ko’nikmalami
rivojlantirish va muomala sirlariga o’rgatishdan iborat bo’lib, pirovardda bu
bilim va ko’nikmalar orqali talaba umumiy psixologiya fanining kelajak
professional faoliyatidagi o’mi va rolini aniqlash, psixologik bilimlami
amaliyotga tadbiq etish soha va yo’nalishlarini aniq tasavvur qilishga
ko’maklashadi.
Zero, mustaqillik yillarida yosh avlod kundalik muomalasi va turmush
tarzining
jamiyat
me’yorlariga
mosligi
ularda
sog’lom
g’oya
va
dunyoqarashning shakllanishiga real zamindir. Bu haqda davlatimiz rahbari:
«O’zining hayotini, oldiga qo’ygan maqsadlarini aniq tasavvur qila oladigan, o’z
kelajagi haqida qayg’uradigan millat hech bir davrda milliy g’oya va milliy
mafkurasiz yashamagan va yashay olmaydi»2, deb ta’kidlaganlar.
“Umumiy psixologiya” kursining asosiy maqsadi - talabalarda umumiy
psixologik bilimlami egallashga, milliy istiqlol g’oyasi va milliy maikurani
yoshlar ongiga singdirilish davrida yangicha tafakkur va dunyoqarashni
shakllantirishning psixologik tamoyillari, shaxs psixologiyasi, uning faoliyati va
muloqoti, psixik taraqqiyot qonuniyatlari, shaxsni etnopsixologik metodlar
yordamida o’rganish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalami shakllantirishdir.
Kursning asosiy vazifalariga talabalarga voqelik va jamiyatdagi voqea-
hodisalaming, jamiyat hayotida umumiy psixologik hodisalar, holatlar va
jarayonlaming mohiyatini tahlil etishga, shaxsning kamoloti va unga ta’sir
ko’rsatuvchi omillar, uning individual psixologik xususiyatlari, emotsional va
irodaviy sifatlarini tahlil etishga o’rgatish, talabalar ijodiy faolligini
rag’batlantirishdan iborat.
Ushbu darslikning mualliflari faqatgina psixologik bilimlar tizimini
ko’rsatish bilan cheklanmasdan, balki talabalami faol, ijodiy faoliyatga
undashga ham harakat qildilar.
Ushbu darslikda psixologiyaning umumiy masalalari, shaxs, faoliyat va
muloqot psixologiyasi, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi va
individual psixologik xususiyatlari psixologik-pedagogik fanlaming hozirgi
zamon yutuqlarini hisobga olgan holda yoritilgan. Mualliflar prof.N.S.Safaev
tomonidan “Umumiy psixologiya fanining predmeti”, “Miya va psixika”,
“Psixika va uning taraqqiyoti”, “Shaxs” mavzulari; katta o’qituvchi
N.A.Mirashirova tomonidan “Faoliyat va motivatsiya”, “Muloqot”, “Diqqat”,
“Sezgi” mavzulari; katta o’qituvchi N.G.Odilova tomonidan “Idrok”, “Xotira”,
“Xayol”, “Tafakkur”; katta o’qituvchi SH.D.Turabekova tomonidan “Hozirgi
zamon psixologiyasining tuzilishi va tadqiqot metodlari”, “Hissiyot”, “Iroda”
[.A. Karimov. Jamiyatimizning raafkurasi xalqtu-xalq. millami millat qilishga xizmat etsin.- TV. O’zbekiston, 7 jild, B.89
4
mavzulari; katta o’qituvchi SH.K.Karimova tomonidan “Temperament”,
“Xarakter”, “Qobiliyat” mavzularini yoritish amaiga oshirildi.
O’quv materialining mazmuni va uni bayon qilish shakli bilim va
ko’nikmalami egallashda talabalaming bilish faoliyatini oshirishga qaratilgan.
Mazkur darslikda jadvallar, chizmalar mavjud bo’lib, bu taqdim etilayotgan
materialni aniq va tushunarli o’ziashtirilishiga xizmat qiladi.
Muailiflar o’quv materialini o’rganish bo’lajak mutaxassislaming psixologik
madaniyati darajasini oshishiga, shaxsiy rivojlanishiga, hamda muvaffaqiyatli
kasbiy pedagogik faoliyatning samarali zaminini yaratishga xizmat qiladi deb,
umid qiladilar.
Darslik oliy pedagogik o’quv yurtlarining o’qituvchilari, magistrlari,
doktorantlari,
talabalari
hamda
psixologiyaga
qiziquvchilar
uchun
mo’ljallangan.
IMAVZU. UMUMIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI
REJA:
1.1. Psixologiyaning fan sifatida o’ziga xos xususiyatlari.
1.2. Psixologiya nimani o’rganadi?
1.3. Psixikaning vazifalari, darajalari va tuzilishi.
1.4. Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixiy bosqichlari.
1.5. Psixologiyaning vazifalari.
MAVZU O’QUV MAQSADI:
Ta’Iimiy: talabalar tomonidan psixologiya fanining predmeti, vazifalari,
psixologiyaning fan sifatida rivojlanish
bosqichlari, miya va psixika,
psixikaning aks ettirish vaboshqanrvchanlik vazifalari, psixologiyaning xozirgi
kundagi axamiyati haqidagi bilimlami o’zlashtirilishini tashkil etish.
Tarbiyaviy: bo’lajak pedagoglar tomonidan psixologiya fanining predmeti,
vazifalari, psixikaning vazifalari, darajalari va tuzilishi, psixologiyaning xozirgi
kundagi axamiyati
haqidagi bilim, malaka va ko’nikmalari asosida
dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o’quv maqsadlari asosida
talaba shaxsini rivojlantirish.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Psixika
- bevosita kuzatilmaydigan, lekin qo’shimcha ifodalar orqali
aniqlanadigan yaqqol bo’lmagan voqelik.
Psychic is not observed directly, but it is not the obvious case that is defined by
additional expression.
Do'stlaringiz bilan baham: |