1-mavzu. Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari. Geografik kartaning
elementlari
Kartografiya – tabiat va jamiyatdagi voqea va hodisalarning joylashishini va
ular o„rtasidagi o„zaro bog„liqlikni hamda ularning xususiyatlarini, vaqt o„tishi
bilan o„zgarishini, maxsus tasvir – obrazli belgi – modellar vositasida matematik
yo„l bilan tekislikda kichraytirib, generalizasiya qilib tasvirlashni va undan
tadqiqot usuli sifatida foydalanishni o„rgatuvchi fandir.
Kartografiya qadimiy fanlardan biri bo„lib, u to„g„risidagi dastlabki ta‟rif
miloddan oldin II asr ilgari yashagan ulug„ olim Ptolomey tomonidan berilgan desa
bo„ladi. U “geografiya fanining vazifasi Er yuzasini kartografik jihatdan
tasvirlashdan iboratdir” - degan edi.
Vaqt o„tishi bilan kartografiya fanining ta‟rifi ham o„zgarib, takomillasha
bordi va yaqin vaqtlargacha kartografiya – geografik kartalar to„g„risidagi fan,
uning asosiy vazifasi geografik kartalarni tuzish va undan foydalanish yo„llarini
o„rgatishdan iborat deb kelingan.
«Karta» atamasi o„rta asrlardan buyon qo„llanib kelinmoqda. Bu atama
lotincha “chares” so„zidan olingan bo„lib, papirus qog‘oz varag‘i degan
tushunchani bildiradi.
Hozirgi vaqtda “karta” atamasi dunyoning turli davlatlari tillarida ishlatiladi.
Masalan, fransuzcha carte, nemischa karte, italyancha va portugalcha – carta,
gollandcha kaart va h. k. lar. SHu bilan birga bir qancha mamlakatlarda bu atama
o„rniga boshqa atama, ya‟ni “mappa” so„zi ishlatiladi, inglizlar–map deb ataydilar.
Bu so„z polotnoning bir bo„lagi degan ma‟noni bildiradi. Ba‟zi mamlakatlarda
ikkala atama ham qo„llaniladi. Masalan, inglizlar “chart” so„zini dengiz va
aeronavigasiya kartalarida ishlatsalar, ispanlar “carta” atamasini dengiz kartalarida
qo„llaydilar.
Ba‟zi manbalarda karta – Er yuzasining tekislikdagi kichraytirilgan tasviri deb
ham yuritiladi
Haqiqatan ham geografik kartalar matematik yo„l bilan hisoblash natijasida Er
ellipsoidining tekislikda kichraytirilib tasvirlanishi natijasida vujudga keladi.
YUqorida aytilganidek, kartalarda voqea va hodisalar maxsus belgi-modellar
yordamida tasvirlanadi. Tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning miqdorini,
sifatini, joylashgan o„rnini va boshqa xususiyatlarini kartaga qarab bilish mumkin.
Lekin kartaning maqsadi, masshtabi va ishlatilishiga ko„ra tasvirlanayotgan
tafsilotlar saralanib, umumlashtirilib, ya‟ni generalizasiya qilingan holda
tasvirlanadi.
Kartografik tasvir geografik kartaning asosiy qismi bo„lib, tasvirlanayotgan
hududning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini, voqea va hodisalarning geografik
joylashish xususiyatlarini, ularning o„zaro bog„liqligi va hatto o„zgarishini bashorat
qilish imkoniyatiga ham egadir.
Karta okean va dengizda suzishda, havoda uchishda, er usti va osti
xarakatlarida, turistik sayohatlarda va harbiy sohada asosiy yo„l ko„rsatkich bo„lib
xizmat qiladi.
Karta xalq xo„jaligini rejalashtirishda, geologik qidiruv ishlarida, qurilishlarni
loyihalashda, mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini to„g„ri taqsimlashda va
hududlarni har taraflama rivojlantirishda foydalaniladigan asosiy manbalardan
biridir. Nihoyat, geografik karta maktabda o„quvchilarga geografiya, tarix va
boshqa fanlarini o„rganishda asosiy ko„rgazmali bilim manbaidir.
Kartografiya fani ko„pgina fanlar bilan, chunonchi geografiya, geodeziya,
topografiya,
matematika, geoinformatika, statistika fanlari bilan uzviy
bog„langandir.
Kartografiya, o„z navbatida, bir necha mustaqil qismlarga: kartashunoslik,
kartometriya, matematik kartografiya, kartalarni tuzish va tahrir qilish hamda
jihozlash, kartalarni nashr qilish, ulardan foydalanish, kartografik menejment,
geoinformasion kartografiya va boshqalarga bo„linadi.