Kartalarni loyihalash, tuzish va tahrir qilish kartografiyaning asosiy
qismlaridan biri bo„lib, kartaning dastlabki nusxasini (originalini) tuzish va uni
tahrir qilish usullarini tushuntiradi.
Kartani nashr qilish sohasi, asosan, kartani nashrga tayyorlash va nashr
qilish hamda uni yig„ib, kerak bo„lsa muqovalash ishlarini o„rgatadi.
Tadqiqotning kartografik usuli o„ziga xos soha bo„lib, kartada tasvirlangan
voqea-hodisalarni tadqiq qilish uchun kartadan foydalanish masalalarini o„rganish,
ya‟ni kartadan tadqiqot manbai sifatida foydalanish masalalari bilan shug„ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |