psixologiyasi
shular
jumlasidandir.
An’anaviy psixologik fanlar - umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya,
shaxs psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, yosh va pedagogik psixologiya
chuqur o’zgarishlarga uchramoqda.
Hozirgi zamon psixologiyasining negizini psixikaning umumiy qonunlari,
qonuniyatlari, mexanizmlarini o’rganuvchi
umumiy psixologiya
tashlcil etadi. U
ilmiy kashfiyotlami amalga oshiruvchi nazariy kontseptsiyalar va tajriba
tadqiqotlarini o’z ichiga oladi. Umumiy psixologiya akademik fan nomini
olgan. Bu fan sifatida u universitetlarda va akademiya institutlarida rivojlanib,
o’z oldiga asosiy bilimlami orttirishni maqsad qilib qo’ygan.
Bundan farqli o’laroq, amaliy psixologiya aniq bir talabgor bilan ish
yuritadi, noma’lumlikni ilmiy tarzda ochib beruvchi keng hajmli va chuqur
tadqiqotlami olib bormasdan, mijozning amaliy ehtiyojlari, masalan, savdo
tashkiloti, vazirlik yoki idora, harbiy kasalxona yoki umumta’lim maktabi bilan
ish ko’radi. Amaliy psixologlaming asosiy ish vositasi -
treninglar
, xususan:
psixodrama, jismoniy treninglar, NLP-treninglar, o’zini o’stirish treninglari,
ijtimoiy o’zaro munosabatlar treninglari, geshtalttreninglar, shaxsiy o’sish
treninglari va biznes-treninglar, autotreninglar va qobiliyatlami rivojlntirish
treninglari, ota-onalar va bolalar uchun treninglar.
Amaliy psixologiyaning bir qismini qator masalalami, jumladan, ish
bo’yicha yuzaga keladigan qiyinchiliklar (ishdan qanoatlanmaslik, hamkasblar
va boshliqlar bilan kelishmovchiliklar, ishdan bo’shatilish imkoniyati, yangi ish
izlash muammolari), shaxsiy hayotdagi tartibsizliklar oiladagi ixtiloflar,
baynalminal oilalaming muammolari, maktab yoki oliygohdagi yomon
o’zlashtirish, ota-onalar va bolalar munosabatlarining muammolari, o’ziga
nisbatan ishonch va hurmatning yetishmovchiligi, shaxslararo munosabatning
o’matilishi va mustahkamlashdagi qiyinchiliklami hal etuvchi -
psixologik
maslahat
tashkil etadi.
2.3. Fanlar tizimida
Hozirgi zamon Psixol°giyasi ^nlar
psixologiyaning tutgano’rniva
qatonning bir tomondan, falsafiy fanlar
boshqa fa n la r bilan aloqasi
bilan,
ikkinchi tomondan,
tabiiy
va
uchinchi tomondan ijtimoiy fanlar bilan
tutashgan joyidan o’rin olgan. Chunki psixologiyaning diqqat markazida doimo
inson turadi, yuqorida sanab o’tilgan fanlar ham insonni
boshqa nuqtai
nazarlardan o’rganadilar.
Ma’lumki, falsafa va uning tarkibiy qismi bo’lgan
bilish nazariyasi psixikaning atrof olamga munosabati masalasini o ’rganadilar
va psixikani olamning aks tasviri sifatida izohlaydilar. Psijtologiya esa
22
psixikaning odam faoliyatida va uning rivojlanishida tutgan o’mini namoyon
qiladi.
Akademik A. Kedrov tomonidan tuzilgan fanlar tasnifiga ko’ra,
psixologiya boshqa barcha fanlar mahsuli sifatidagina emas, balki, bu fanlar
shakllanishi va rivojlanishini tushuntirib berishi mumkin bo’lgan manba sifatida
markaziy o’rinni egallaydi. Psixologiya bu fanlar to’plagan ma’lumotlami
jamlab, o’z navbatida, ularga ta’sir o’tkazgan holda inson bilishining umumiy
ko’rinishiga aylanadi. Psixologiyaga ison hulq-atvori va aqliy faoliyatining
ilmiy tadqiqoti, shuningdek, orttirilgan bilimlaming amaliy qo’llanmasi sifatida
qarash lozim (2.3 rasm).
2.3 rasm. A.Kedrov tasnifi.
Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasining o’zgacha ko’rinishi bilan
M.V. Gamezo, I.A. Domashenkolaming «Psixologiya atlasi» (M., 1986) o’quv
qo’llanmasida tanishish mumkin (2.4 rasm).
Inson tabiat va jamiyatning jonli qismi bo’lib hisoblangani uchun
psixologiya ko’pchilik: ijtimoiy, biologik, texnikaviy - insonga u yoki bu
darajada tegishli bo’lgan fanlar bilan uzviy aloqada bo’ladi. Xuddi shunday,
hozirgi zamon odamining psixikasi va hulq-atvori, uning boshlang’ich biologik
asosi, tuzilishi va organizm faoliyati qonunlarini chuqur o’rganmay turib,
ijtimoiy fanlar, xususan, tarixga tegishli bilimlarsiz ulami tushunib yetish
osonlikcha ko’chmaydi.
Inson uchun tarixni tahlil qilish uning hozirgi zamondagi holati,
shuningdek, psixologiyasi va hulq-atvorini tushunishda manba bo’lib
hisoblanadi. Garchi inson alohida biologik organizm sifatida boshqa tirik
mavjudotlar orasidan 1,7 min. yil ilgari ajralib chiqqan bo’lsada, jamiyatdagi
harakatlar va o’zgarishlaming sub’ekti sifatida taxminan 50 ming yildan buyon
yashab kelmoqda. Lekin bu vaqt ichida u o’zi tomonidan yaratilgan moddiy va
ma’naviy madaniyat dunyosi evaziga yuksak psixik jarayonlar, shaxsiy
xususiyatlar va ahloqiy holatlarga ega Insonga aylandi.
Barcha psixologik sifatlarga ega zamonaviy insonning qanday paydo
bo’lganini tushunish uchun insoniyat tarixiga, birinchi navbatda, moddiy va
ma’naviy madaniyatning rivojlanish tarixiga murojaat qilish kerak.
23
Jamiyat tarixini bilmasdan turib, hozirgi zamon dunyosida odamlar
munosabatlari psixologiyasini ham tushunish qiyin. Bu munosabatlar ham asrlar
davomida o’matilib kelingan. Insoniyat madaniyati yutuqlari avloddan avlodga
berilib, ulami o’zlashtirish jarayonida zamonaviy odamlaming shaxslar va
bilish,
shuningdek,
olamni
ijodiy
o’zgartirish
sub’ektlari
sifatidagi
psixologiyasini shakllantiradilar.
Psixologiya va tarixning ittifoqi tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Bu
fanlaming tashqi aloqasi har biri o’zining xususiy muammosini hal etishi uchun
bir-birining ma’lumotlaridan foydalanish maqsadida boshqasiga murojaat
qilishida o’rin egallaydi. Xuddi shunday, tarixchi u yoki bu davrda yashagan
odamlaming psixologik xususiyatlari, qarashlari, madaniyati, odatlari, an’analari
va shunga o’xshashlar bilan qiziqib qolishi mumkin. Psixolog ham o’z
navbatida, muammolarini hal etish uchun odamlar psixologiyasiga tarixiy
voqelik sifatida nazar tashlagan holda tarixga murojaat qilishi mumkin.
Psixologiya va tarix o’rtasidagi yanada chuqur ittifoq ma’lum soha vakilida
xususiy vazifani hal etish uchun boshqa fandan olingan metod yoki usullardan
foydalanish zaruriyati tug’ilganida yuzaga keladi. Masalan, tarixchi psixologik
metodlarga murojaat qilib, u yoki bu davlat arbobining shaxsini yoki omma
psixologiyasini ahamiyatga molik tarixiy hodisa (tarixda shaxs tutgan o ’rin
muammosijni tushutirib berish uchun o’rganishi mumkin. Psixolog ham o’z
navbatida, aw al yashab o’tgan odamlar avlodlarining psixologiyasi va hulq-
atvorini chuqurroq tushunish uchun tarixiy tahlil metodidan foydalanishi
mumkin.
Umumiy ilmiy nazariyani yaratishda tarix va psixologiyaning yanada
chuqur aloqasiga tegishli misollami keltirish mumkin. Ulardan biri L.S.
Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan inson yuqori psixik funktsiyalarining
madaniy-tarixiy rivojlanishi nazariyasi hisoblanadi.
Yana bir shunga o’xshash barchaga ma’lum misollardan biri psixologiyada
tarixiy metodning qo’llanilishidir. Uning mohiyati biror psixologik hodisaning
tabiati, kelib chiqishi va qonunlarini tushunish uchun uning filo- va ontogenetik
taraqqiyotini yuksak
darajada
rivojlangan
shakllarining tahlili
bilan
cheklanmagan holda oddiy va murakkab shakllarini ham tekshirib chiqishdan
iborat. Masalan, odamning nutqiy ongini tushunish uchun ong va nutqning
manbalarini, ulaming alohida mavjudligi, birlashishi va hamkorlikdagi
rivojlanishi bosqichlarini aniqlash zarur bosqichlarini.
Psixologik sifatlar va ijtimoiy harakatlarga ega bo’lgan zamonaviy
odamning insoniyat tarixiy rivojlanishi mahsuli ekanligi psixologiya va
tarixning yaqinlashuvi asosida muhim ma’no kasb etadi.
24
Boshqa fanlar kabi psixologiyaning ham metodologik asosini falsafa tashkil
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |