N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

Determinizm tamoyili.
Bu tamoyilga asosan, barcha mavjudliklar 
ma’lum sabab, qonuniyatga ko’ra paydo bo’ladi, o’zgaradi va nobud bo’ladi. 
Psixologik tadqiqotda psixika hayot tarzidan kelib chiqib, mavjudlikning turli 
tashqi sharoitlari ta’sirida o’zgarishini bildiradi.
Hayvonlar psixikasi haqida so’z yuritilganda, uning rivojlanishi biologik 
qonun sifatidagi tabiiy tanlanish bilan belgilanishini ta’kidlash lozim. Odam 
psixikasini oladigan bo’lsak, inson ongi kelib chiqishining shakllari va 
rivojlanishi oxir-oqibat hayot uchun zarur moddiy vositalami ishlab chiqish 
usulining rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Determinizm tamoyilidan kelib 
chiquvchi xulosa sifatida inson ongining ijtimoiy-tarixiy xususiyatini tushunish 
xizmat qiladi.
2. 
Ong va faoliyatning birligi tamoyili.
Ong va faoliyat uzviy birlikni 
tashkil etadi, lekin ular bir-biriga aynan o’xshash emas. Ong faoliyat jarayonida 
uning ichki rejasini, dasturini hosil qilgan holda shakllanadi. Aynan, ongda 
voqelikning harakatchan ko’rinishlari yuzaga keladi, ular yordamida inson atrof 
muhitda o’z yo’nalishini aniqlay oladi.
Ong va faoliyatning birligi tamoyili ruhshunoslarga hulq-atvor, faoliyatni 
o’rgangan holda, samarali maqsadga muvofiq harakatlaming ichki psixologik 
mexanizmlarini aniqlash, ya’ni, psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochib 
berish imkonini beradi.
3. 
Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish tamoyili.
Ushbu tamoyil 
psixika haqida uning faoliyat jarayoni va natijasi sifatida uzluksiz rivojlanishda 
ko’rib chiqilgandagina to’g’ri tuehuncha hosil bo’lishini bildiradi.
Har bir psixik hodisaning tadqiq etilishi shu hodisaning aynan hozirgi 
vaqtga tegishli bo’lgan xususiyatlarming ta’rifmi, yuzaga kelish va shakllanish 
tarixini, shuningdek, rivojlanish istiqbollarmi o’z к й ^ 'Щ Й 1“6оТШЙ'кшаС|
Olimlar inson psixologiyasi va hulq-atvorini o’rganisMa Ш ли jbir 
tomondan, organizmning biologik tuzilishi va faoliyati nuqtai- nazaridan,
2.1. Psixologiyaning asosiy
tamoyillari
Psixikani o’rganish qator boshlang’ich 
boshqaruv 
nizomlariga 
asoslangan 
tamoyillarga tayanadi, bu tamoyillar tadqiq
17


ikkinchi tomondan, ijtimoiy rivojlanish qonunlari yordamida tushuntirib 
berishga harakat qiladilar.
Birinchi vaziyatda psixika va hulq-atvoming irsiyat bilan belgilanadigan 
tug’ma, anatomiya va fiziologiya bilan bog’liq bo’lgan genotipga tegishli 
xususiyatlar namoyon qilinadi va tadqiq etiladi. Bunda ruhshunoslaming 
tadqiqot predmeti bo’lib inson organizmi faoliyatining tabiiy qonunlari bilan 
bog’liq ravishda psixikaning rivojlanish jarayoni xizmat qilaci. Ikkinchi 
vaziyatda psixika va 
odam hulq-atvorining uning jamiyatda tutgan o’mi, 
bajaradigan ijtimoiy vazifasi, atrofdagi odamlar bilan turlicha munosabatlari 
bilan bog’liqligi tadqiq etiladi. SHunday qilib, individual hulq-atvordan tashqari 
ruhshunoslar, shuningdek, odamlaming shaxslararo munosabatlarini ham 
o’rganadilar.
Hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi, shuningdek, psixikaning moddiy, 
neyrofiziologik asosga ega ekanligi haqidagi sifatiy o’ziga xoslikni saqtagan 
holda psixofiziologik birlik tamoyilidan kelib chiqadi. Lekin olamning psixikada 
aks etishi faqat miyada sodir bo’ladigan hodisalar chegarasidan chiqadi. Odam 
psixikasi tashqi o’zaro aloqaiar, inson faoliyatining xususiyati, uning turmush 
tarzidan vosita sifatida foydalanadi. Psixikaning faoliyati - bu miyaning 
harakatsizligi mahsuli bo’lmasdan, aksincha, uning olam bilan ijtimoiy-madaniy 
asosda faol o’zaro ta’sirlashuvining mahsuli.
Odam psixikasi hayotiy faoliyatning biologik shaklidan ijtimoiy-tarxiy 
shakliga o’tishi bilan o’zgaradi, ong ko’rinishiga ega bo’lib, insoniyatning 
ijtimoiy-tarixiy tajribasidan foydalana boshlaydi. Psixikaning o’zini-o’zi 
boshqarish xususiyatining asosiy vositasi bo’lib inson tomonidan ijtimoiy ishlab 
chiqarilgan belgili tizim - nutq xizmat qiladi. Inson ongi, uning psixikasi 
biologik emas, balki, tarixiy, ijtimoiy sabab asosida yuzaga kelgan mahsulotdir.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish