N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

2.2. Psixologiya fa n n in g
Но2^ zamon 
P«*ologiyasi 
yaxlit
sohalari
fanning o’zidan 
emas, 
balki mustaqil fan
bo’lishga da’vogarlik 
qiluvchi ilmiy 
fanlar
majmuasidan iborat.
Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog’liq bo’lgan asosiy va 
amaliy, umumiy va maxsus sohalari o’rin olgan. Psixologiya fanining asosiy 
sohalari odamlaming aniq bir faoliyat bilan shug’utlanishidan qat’iy nazar, 
odamlaming hulq-atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy 
ahamiyatga ega. Fanning bu sohalari odam hulq-atvori va psixologiyasi bilan 
qiziquvchilarga birday zamr bo’lgan bihmlami berishlari kerak. Ba’zida 
umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan hoida, ular « « n a i y psixologiya» 
atamasi bilan umumlashtiriladi. Umumiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar
18


natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo’limlarining rivojlanishi uchun 
asos bo’lib hisoblanadi. (2.1 rasm).
2.1. Rasm. Psixologiya fanining asosiy sohalari
Shu bilan birga, ma’lum maxsus yoki nazariy faoliyatning u yoki bu turi 
bilan mashg’ul odamlar hulq-atvori va psixologiyasini tadqiq etuvchi fanning 
maxsus yoki amaliy sohalari ham ajratiladi (2.2 rasm).
2.2.Rasm. Psixologiya fanining maxsus sohalari
Psixologiya 
fanida 
ilmiy 
tadqiqotlaming 
integratsiyalashuvi 
va 
differentsiatsiyalash jarayonlari ro’y beradi. Xususan, psixologiyaning jadal 
rivojlanishi uning differentsiatsiyasiga - psixologiya fanlari qator sohalarining,
19


shu jumladan, psixologiyani boshqa fanlar bilan bog’lovchi fanlararo 
sohalaming yuzaga kelishiga olib keldi. XIX asming ikkinchi yarmidan boshlab, 
psixik jarayonlaming asosi bo’lgan fiziologiya mexanizmlarini o’rganuvchi 
psixofiziologiya shakllandi. XVIII-XIX asrlarda boshlangan hayvonlar psixik 
faolligini o’rganish bo’yicha tadqiqotlar ekologiya, otologiya va boshqa fanlar 
bilan uzviy bog’langan zoopsixologiyani yuzaga keltirdi. Psixologiyaning 
alohida sohasi bo’lib psixogigiena, psixoterapiya va tibbiyot deontologiyasi 
masalalarini, patopsixologiya (qabul qilish, xotira, tafakkur va boshqalar kabi 
psixik jarayonlaming 
izdan chiqish qonuniyatlarini tadqiq etuvchi), 
neyropsixologiya (psixik jarayonlaming bosh miya ma’lum tuzilmalari bilan 
aloqasini o’rganuvchi) va psixokorrektsiyani o’rganuvchi tibbiyot psixologiyasi 
hisoblanadi.
Bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’langan bolalar psixologiyasi (bola psixik 
rivojlanishining qonuniyatlarini o’rganadi) va pedagogik psixologiya (maqsadga 
yo’naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib, ta’lim va 
tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi), yosh psixologiyasi (o’rganish 
predmeti - psixikaning yosh xususiyatlari), mehnat psixologiyasi (issleduet 
mehnat jarayonida psixik faoliyat va shaxsni tadqiq etib, kasb tanlash, mehnat 
jamoalarini tashkil etish va boshqalar bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqadi), 
boshqaruvning 
avtomatlashtirilgan 
tizimlarini 
loyihalash 
va 
ulami 
takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan muhandislik psixologiyasi 
(«inson - qurilma» tizimida inson faoliyatini 
o’rganuvchi mehnat 
psixologiyasining bo’limi); koinot psixologiyasi (koinotga parvoz sharoitida 
psixik faoliyatning xususiyatlarini o’rganadi), ijtimoiy psixologiya (jamoada 
inson faoliyati va shaxslararo munosabatlaming shakllanish qonuniyatlarini 
tadqiq etadi), qiyosiy psixologiya (o’rganish predmeti - odam va hayvon 
psixikasi kelib chiqishi va rivojlanishidagi umumiylik va tafovutlar) kabi 
mustaqil bo’limlarga shakllandilar.
Psixologiyaning ko’plab sohalari quyidagi mezonlar bo’yicha ajratiladi:
- aniq faoliyat (mehnat psixologiyasi, tibbiyot, pedagogik psixologiya, 
san’at, sport psixologiyasi va shu kabilar);
- rivojlanish (hayvonlar psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, rivojlanish 
psixologiyasi, bolalar psixologiyasi va shu kabilar);
- ijtimoiy umumiylik (ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, guruh, sinf 
psixologiyasi, etnopsixologiya va h.k.).
Sohalar bo’yicha faoliyat maqsadiga ko’ra tafovut muhim ahamiyat kasb 
etadi (yangi bilimlarga ega bo’lish va ulami qo’llash): asosiy va amaliy fanlar; 
tadqiq etish predmetiga ko’ra - rivojlanish psixologiyasi, ijod, shaxs 
psixologiyasi va h.k. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi asosida yuzaga
20


kelgan fanlar sifatida psixofiziologiya, neyropsixologiya, matematik psixologiya 
va boshqalami keltirish mumkin. Psixologiyaning amaliyotning turli sohalari 
bilan murakkab aloqalarining rivojlanishini tashkiliy, muhandislik psixologiyasi, 
sport psixologiyasi, pedagogik psixologiya va shu kabilarda kuzatish mumkin.
Turli mualliflar psixologiyaning lOOdan ortiq sohalarini sanab o’tadilar. 
Lekin aslida hozirgi kunda ulaming soni bundan oshib ketgan.
SHuningdek, psixologiyaning maxsus bo’lim va yo’nalishlari bam mavjud: 
differentsial psixologiya (odamlar o’rtasidagi individual tafovutlami o’rganadi), 
qabul qilish psixologiyasi, kriminalistika va sud psixologiyasi, ilmiy, texnikaviy 
va badiiy ijod psixologiyasi, qarish psixologiyasi 
(gerontopsixologiya), 
aviatsiya psixologiyasi.
Hozirgi zamon psixologiyasi boyib, turli-tuman bo’lib bormoqda, oxirgi 
yillarda psixologiyaning yangi sohalari: antropologik psixologiya, akmeologiya, 
tahdid va terrorizm psixologiyasi, xristianlik psixologiyasi, muloqot 
psixologiyasi, 
davriy 
psixologiya, 
biokonstitutsion 
psixologiya, 
«buyukshunoslik» psixologiyasi, o’sish psixologiyasi, tirik hayot psixologiyasi, 
kvant psixologiyasi, tergov psixologiyasi, badiiy qabul etish psixologiyasi, 
psixologik adabiyotshunoslik, eshitish qobiliyatlar psixologiyasi, ko’zi ojiz kar- 
soqovlar psixologiyasi, kitobxonlar va kitob psixologiyasi, mavh etish 
psixologiyasi, tushlar va tush ko’rish psixologiyasi, sevgi psixologiyasi, 
inqirozli va xavfli vaziyatlar psixologiyasi, ekzoteratik psixologiya, taqdir 
psixologiyasi, mutaassiblik psixologiyasi, qobiliyatlar psixologiyasi, xususiylik 
psixologiyasi, o’quv faoliyat psixologiyasi, ayollar psixologiyasi, tobe hulq- 
atvor psixologiyasi, genotsid va ommaviy qotilliklar psixologiyasi, xizmat 
muloqoti psixologiyasi, o’qituvchi psixologiyasi, tashqi ko’rinish psixologiyasi, 
oliy maktab psixologiyasi, buyruq psixologiyasi, savdo-sotiq psixologiyasi, 
OAV psixologiyasi, elektoral hulq-atvor psixologiyasi, erkaklar psixologiyasi, 
din psixologiyasi, tomalogiya, qo’rquv psixologiyasi, o’lim psixologiyasi, 
muqobil psixologiya va boshqalar faol shakllanib bormoqda.
Bu sohalar bilan bir qatorda yoki, real hodisalar va inson turlarini, yoki, 
bilimlar sohasi yoinki maxsus kurslami ifodalovchi umuman kutilmagan so’z 
birikmalari yuzaga kelmoqda, xususan,: qarzdor, qarz beruvchi, qimmatli 
qog’ozlar egasi, narx-navo, so’roq qilish, futbolchilar, rassom, diktatura, bezori, 
kasbiy daraja, ishonch, e’tiqod, jinsiy munosabatlar, murabbiylik faoliyati, 
muloqot, ishoratlar, 
hissiy kuyish, muxbirlik psixologik madaniyati, 
o’qituvchilik faoliyati, bir tarafmalilik, dizayn, bolalar o’yini, baxtsizlik, hissiy 
munosabatlar, ayol xiyonati, janjal, yutuqqa erishish, sayohat, millatga 
tegishlilik, qasd qilish hulq-atvori, ta’sir o’tkazish, ishdan bo’shatish, bolalar 
ijodiyoti, tarbiyasi og’ir o’smirlar, aqli zaif o’quvchi, bayram, tabassum,
21


jizzakilik, er-xotinlar, telefon so’zlashuvlari, qotil 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish