N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

Rasm 2.4. Psixologiyaning boshqa fanlar бипан алоцаси.
25


Psixologiyaning tarix bilan bo’lgan aloqasidan ko’ra, uning falsafa bilan 
aloqasi 
yanada uzviydir. Bu fanlar bir vaqtning o’zida yuzaga keldi va 
rivojlandi, bunda psixologiya bir necha asrlar davomida falsafaning bir qismi 
sifatida namoyon bo’ldi.
Psixologlarda falsafaga murojaat qilish zaruriyati o’zlari duch kelgan 
muammolaming murakkabligi va noodatiyligidan kelib chiqdi. Psixologiyaning 
ko’pchilik masalalarini tajriba tahlili va tabiiy-ilmiy metodlar yordamida hal 
etishga qiyinchilik bilan erishiladi. Ko’p hollarda ular falsafiy-idrok orqali 
ko’rish bilan hal etiladi.
Hayotning shaxsiy mazmuni va maqsadi, dunyoqarash, siyosiy ishtiyoq va 
ahloqiy qadriyatlar kabi zamonaviy inson psixologiyasining ko’pchilik 
muammolari ijtimoiy psixologiya uchun ham, falsafa uchun ham umumiy 
muammolar bo’lib hisoblanadi. Psixologiyaning o’zida shu vaqtgacha 
laboratoriya-tajriba usuli bilan hal etib bo’lmaydigan, lekin hal etilishi zarur 
bo’lgan masalalar ko’pchilikni tashkil etadi.
Bunday muamolar bilan to’qnashganda psixologlar falsafaga murojaat 
qilib, o’zlari mustaqil holda xulosa chiqarishga yoki faylasuflar taklif etgan 
xulosalardan foydalanishga majbur bo’ladilar. Xuddi shunday, an’anaviy 
falsafiy-psixologik muammolar qatoriga inson ongining mohiyati va kelib 
chiqishi, inson tafakkurining yuqori shakllarining tabiati, jamiyatning shaxsga 
va shaxsning jamiyatga ta’siri (dunyoqarash nuqtai nazaridan), psixologiyaning 
metodologik muammolarini kiritish mumkin.
Yaqin yillardan beri fanda faylasuflaming ishtirokisiz psixologlaming 
mustaqil o’zlari hal eta olmaydigan mas’uliyatlilik, vijdon, hayot mazmuni, 
ma’naviyat kabi insonning murakkab falsafiy-psixologik muammolari ko’proq 
muhokama etila boshladi. Faylasuflaming o’zlari ham bu muammolami 
psixologlar bilan hamkorlik qilmasdan, psixologiya fanida yetarli darajada 
o’rganilgan tirik shaxsni hisobga olmasdan turib, chuqur tushunib yetishlari 
mumkin emas.
Yana shunday muammolar mavjudki, ulami hal etishda psixologlar va 
faylasuflaming hamkorligi samaradorliroq bo’lib, sezilarli darajada aniq 
natijalar berdi. Bu, awalo, epistemologiya - atrof-olamning inson tomonidan 
o’rganilishi haqidagi va bunday bilish metodlarini umumiy ko’rinishini 
belgilovchi fan muammolaridir. Mashhur shveytsariyalik psixolog Jan Piaje 
tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro epistemologik markaz (SHveytsariya, 
Jeneva sh.)da olib borilgan ko’p yillik tadqiqotlar inson intellekti tabiati va 
bolalarda uning rivojlanishi haqida ko’plab ma’lumotlar olishga imkon yaratdi. 
Bu markazda ushbu muammo ustida faylasuflar, mantiqshunoslar va psixologlar 
samarali ish olib bormoqdalar.
26


Sotsiologiya va psixologiya jamiyat va shaxs, ijtimoiy guruhlar va 
guruhlararo munosabatlar bilan bog’liq muammolami ishlab chiqishda 
ko’pchilik umumiy qiziqishlarga ega bo’ladilar. Sotsiologiya ijtimoiy 
psixologiyadan shaxs va insonlararo munosabatlami o’rganish metodlarini 
o’zlashtiradi. O’z navbatida, psixologlar birlamchi ilmiy ma’lumotlami 
to’plashning an’anaviy ijtimoiy usullari: anketa to’ldirish va so’rovnomadan 
keng foydalanadilar.
Asosan sotsiologlar tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy ta’lim berish 
kontseptsiyasi ijtimoiy va yosh psixologiyasida ham qabul qilingan. Bunga 
qarama-qarshi psixologlar tomonidan taklif etilgan shaxs va kichik guruhlar 
nazariyalari ijtimoiy tadqiqotlarda o’z aksini topmoqda.
Sotsiologlar va psixologlar birgalikda ish olib borishi muhim bo’lgan va bu 
ikki fan vakillarining ishtirokisiz hal etilmaydigan ko’pgina muammolar 
mavjud. Bu muammolar qatoriga odamlar o’rtasidagi munosabatlar, milliy 
psixologiya, iqtisodiy, huquqiy, davlatlararo munosabatlar psixologiyasi va 
boshqalar kiradi. SHuningdek, bu qatorga ijtimoiylashtirish va ijtimoiy 
ko’rsatmalar, ulami shakllantirish va tubdan o’zgartirish muammolarini ham 
kiritish mumkin.
Ijtimoiylashtirish mexanizmlari, ya’ni, insonning madaniyat bilan qo’shilib, 
boshqa odamlar tomonidan to’plangan tajribadan bahramand bo’lish usullari 
alohida 
e’tiborga 
loyiq. 
O’zida 
zarur 
tajribani jamlagan insonni
ijtimoiylashtirishning asosiy manbalari sifatida ijtimoiy uyushmalar (partiyalar, 
sinflar va boshqalar), oila, maktab, ta’lim tizimi, adabiyot va san’at, matbuot, 
radio, teledasturlar katta ahamiyatga ega,
Ijtimoiylashtirishning qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi zamonaviy 
tasavvurlar asosidagi ijtimoiy ta’lim nazariyasiga ko’ra, insonning bulq-atvori 
uning turli ijtimoiy vaziyatlarda turli odamlar bilan muloqoti, o’zaro 
ta’sirlashuvi va hamkorlikdagi faoliyati, shuningdek, boshqa odamlarai kuzatish, 
ularga taqlid qilish, hayotiy misollarda ta’lim va tarbiya topish natijasi bo’lib 
hisoblanadi.
Xususiy bo’lsada, 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish