ehtiyojlar
va
motivlar
kabi
tushunchalarga murojaat qilishimiz zarur.
Ehtiyoj - bu tirik organizmlar faolligining boshlang’ich shakli. Tirik
organizmda davriy ravishda zo’riqishning ma’lum holatlari yuzaga keladi; ular
organizmning ma’lum hayotiy faoliyatini davom ettirishi uchun zarur bo’Igan
moddalaming ob’ektiv yetishmovchiligi bilan bog’liq. Organizmda normal
faoliyat ko’rsatishi uchun zarur sharoitlami tashkil etuvchi biror narsaning
ob’ektiv yetishmovchiligi holatlari
ehtiyojlar
deb ataladi. Bunday ehtiyojlar
sirasiga ozuqaga, suvga, kislorodga bo’Igan ehtiyojlar va boshqalar kiradi.
Insondagi, shuningdek, yuqori tuzilgan hayvonlarda tug’ma bo’Igan
ehtiyojlar haqida so’z yuritilganida, sodda biologik ehtiyojlarga yana ikkitasini
qo’shib qo’yish lozim. Bu, birinchidan, o’zi kabilar bilan, va birinchi navbatda,
5.2. Faoliyatning motivatsion-shaxs
jihatiari
Faoliyatning
muolajaviy-texnik
aspektlarini ко’rib chiqish jarayonida, u
yoki bu harakat nima uchun bajariladi,
87
yoshi katta individlar bilan
aloqaga
bo’lgan ehtiyojdir. Bolalarda bu juda erta
namoyon bo’ladi. Onaning tovushi, yuzi, qo’l harakatlari - bolada paydo
bo’ladigan ijobiy reaktsiyani keltirib chiqaruvchi birlamchi seskantiruvchilar.
Bu 1,5-2 oylik bolada kuzatiladigan «jonlantirish majmuasi»dir.
Insondagi ijtimoiy aloqalar yoki muloqotga bo’lgan ehtiyoj yetakchi
ehtiyojlardan bin bo’lib hisoblanadi. Faqat inson hayoti davomida u o’zining
shakllarini o’zgartiradi.
Bola hayotining dastlabki oylari va yillarida unga mehribonlik qiluvchi
onaga va yaqinlarga bo’lgan ehtiyoj. Vaqt o’tishi bilan bu manzara o’zgara
boshlaydi, chunki awalgi ehtiyoj tengdoshlar jamoasida hurmatga sazovor
bo’lishga
intilish
bilan
almashinadi.
Do’stga,
maslakdosh
insonga,
ruhlantiruvchi ustozga ehtiyoj ortadi. Keyinchalik esa hayotda o’z o’mini topish,
ta’lira olish, jamiyat e’tirofini qozonishga va boshqalarga intilish paydo bo’ladi.
Insonda tug’ma xususiyatga ega bo’lib, organik ehtiyojlarga taalluqli
bo’lmagan ikkinchi ehtiyoj - bu
tashqi taassurotlarga ehtiyoj
, yoki keng
ma’noda
bilishga ehtiyoj
hisoblanadi.
O’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, yangi tug’ilgan chaqaloqlar hayotining
birinchi soatlaridan boshlab ko’rish, eshitish, tovush seskantiruvchilariga
javoban ta’sir ko’rsatibgina qolmasdan, ulami o’rganadilar ham. Xususan,
yangi seskantiruvchilarga nisbatan ularda jonliroq javob reaktsiyalari paydo
bo’ladi.
Ikki-uch oylik chaqaloqlarda bilishga ehtiyoj mavjudligini tasdiqlovchi
tajribalar o’tkazildi. Bolaga so’rg’ich berib, uni rezinali nay orqali televizorga
ulab qo’ydilar. Bunda so’rg’ich pnevmatik o’tkazgich vazifasini bajaradi.
Qurilmaning ishlash mexanizmi quyidagicha edi: agar bola so’rg’ichni so’rsa,
televizor ekrani yorishib, tasvir - yoki harakatsiz rasm, yoki so’zlayotgan ayol
paydo bo’lardi. Agar bola so’rishdan to’xtagudek bo’lsa, ekran asta-sekin o’chib
qolardi. Bolaning qomi to’q bo’lishi kerak (bu tajribaning zarur sharti), lekin
bunday holatda bola so’rg’ichni istar-is-tamas so’radi. SHunday qilib, tajriba
davomida bir muncha vaqt o’tib, bola so’rish harakatlarining ekrandagi tasvir
bilan aloqasini payqab qolardi, shunda quyidagi voqea sodir bo’lardi: u jadallik
bilan, harakatlarini bir soniyaga ham to’xtatmay, so’rg’ichni so’ra boshlardi! Bu
natija ishonarli tarzda ikki oylik bolaning faollik bilan tashqi olamdan axborot
o’zlashtirishga qodirligidan dalolat beradi. Bunday faollik bilish ehtiyoji
ifodasining o’zidir,
Ко’rib o’tilgan bu ikki ehtiyojga nisbatan ikki muhim holatni qayd etib
o’tish mumkin. Birinchidan, munosabatlarga va bilishga bo’lgan ehtiyoj
dastlabki vaqtlarda bir-biri bilan uzviy tutashib ketgan bo’ladi. Bolaga yaqin
bo’lgan inson uning faqat munosabatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirmasdan,
88
bolada hosil bo’ladigan turli taassurotlarning eng birinchi va asosiy manbaidir.
Ota-onaning faol harakatlari, gap-so’zlari, bolani boshqarishi, o’yinlar uning
bilish ehtiyojini «oziqlantiruvchi» taassurotlarning bosh manbai bo’lib xizmat
qiladi.
Shunday qilib, ehtiyojlar haqidagi umumiy qarashlar: ta’riflari, organik
ehtiyojlar bilan birgaiikda inson uchun juda muhim bo’lgan ikki: ijtimoiy va
bilish ehtiyojlarining mavjudligi ko’rib chiqildi.
Endi ehtiyojlaming faoliyat bilan bo’ladigan aloqalariga murojaat qilamiz.
Bunda har bir ehtiyoj hayotidagi ikki bosqichni ajratish lozim. Birinchi bosqich
- ehtiyojni qondiruvchi jismni uchratishgec/w bo’lgan davr; ikkinchi bosqich -
bu uchrashuvdan
keyingi
davr.
Birinchi bosqichda ehtiyoj sub’ektga taqdim etilmagan bo’ladi. U
qandaydir zo’riqish, qoniqmaslik holatini boshidan kechirishi, lekin bu holatning
asl sababini bilmasligi mumkin. Hulq-atvor tomonidan esa bunday holat
notinchlikda, turli jismlami
izlash,
tanlashda ifodalanadi. Masalan, mashhur
bolalar shifokori B. Spok farzandlari ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan ota-
onalami ortiqcha ishtahalarining asl sababi haqida chuqur fikr yuritishga
chaqiradi.
Uning
fikricha,
ota-onalarning
e’tibori
va
mehribonligi
yetishmaganida bolalar o’zlarini shunday tutadilar. Bunday bolalar qoniqmaslik
holatini boshidan kechirib, uni aniqlashtira olmaydilar va
ovqatga ruju
qo’yadilar!
Izlash faoliyati davotnida, odatda, ehtiyojning jism bilan uchrashuvi sodir
bo’ladi va shu bilan ehtiyoj «hayotidagi» birinchi bosqich o’z nihoyasiga yetadi.
Ehtiyoj tomonidan o’z jismitti «bilib olish» jarayoni ehtiyojning jismga ega
bo’lishi nomini olgan. O’zining sodda shakllarida u «imprinting mexanizmi»,
ya’ni, yodda qolish sifatida ma’lum. Imprintingga misol - yangi tuxumdan
chiqqan g’ozda yonidan o’tib ketayotgan jismning iziga tushish reaktsiyasining
uyg’onishi: u har bir harakatlanayotgan jismning, u jonsiz bo’lsa ham, ortidan
keta boshlaydi. Xuddi onasi ortidan yurganday (K. Lorents tajribalari).
Jismga ega bo’lish jarayonida ehtiyojning ikki asosiy xususiyati namoyon
bo’ladi. Birinchisi, ushbu ehtiyojni qondira olish xususiyatiga ega bo’lgan
jismlaming dastlabki juda keng tarkibiy qismidan, ikkinchisi - ehtiyojni birinchi
bo’lib qondirgan jismda tezda qayd etishdan iborat. SHuni ta’kidlab o’tish
lozimki, ehtiyojlami qayd etish fakti bolalami tarbiyalash amaliyotida yaxshi
tanish. Masalan, bola hayoti birinchi yilining oxirida ozuqasiga turli
qo’shimchalar kiritish tavsiya etiladi. Aks holda bola bo’tqa va sutga o’rganib
qolib, keyinchalik go’sht, tuxum va shunga o’xshash mahsulotlami og’ziga
olishdan bosh tortishi mumkin.
89
Ko’pincha o’g’il bolaning ota-onasi haqli ravishda uning yonidagi
o’rtoqlaridan, qiz bolaning ota-onasi esa uning didiga mos keladigan yigitdan
xavotir oladilar. Ular ichki tuyg’ulari orqali o’z farzandlarining tanloviga
keyinchalik ta’sir ko’rsata olmasliklarini anglaydilar, bu aynan ehtiyojlaming
tezda qayd etilishi sababli sodir bo’ladi.
Shunday qilib, ehtiyojning jism bilan uchrashuvi vaqtida uning jismga ega
bo’lishi sodir bo’ladi. Bunday holat bu aktda
Do'stlaringiz bilan baham: |