180
chaqmoq tushishi) ularni «yorib» o‘tishi mumkin. Varistorlar katta
quvvatni tarqata olmaydilar va bu vaziyatda, odatda, ular kuyadilar,
ya’ni bitta kuchli yoki ketma-ket kelgan kuchsiz sakrashlardan so‘ng
sakrashlarni cheklovchi qurilmalar o‘z vazifasini bajarishga qodir
emas.
Ba’zi bir sakrashlarni cheklovchi qurilmalarda kuchli
sakrashlar
natijasida varistorning kuygan yoki ishlayotganini aniqlaydigan
indikator ko‘zda tutilgan.
Underwriters Laboratories kompaniyasida sakrashlarni chek lovchi
qurilmalarning ko‘rsatkichlarini belgilovchi UL 1449 standartini
ishlab chiqdilar. Bu talablarga javob beruvchi har qanday filtrdan
foydalanish mumkin.
Tarmoq filtri – stabilizatorlar
. Elektr ta’minoti tizimlarida
yuqori kuchlanishdan va ortiq darajadagi tokdan tashqari, boshqa
nosozliklar bo‘lishi ham mumkin. Masalan, elektr tarmog‘idagi
kuchlanish yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaradan tushib ketadi.
Tanishib o‘tilgan elektr energiyasining
sakrashidan tashqari, elektr
ta’minoti liniyalarida elektrodvigatel va boshqa induktivli yuklamalar
yaratadigan radiochastotali yo‘naltirishlar yoki impulsli xalallar
yuzaga kelishi mumkin.
Raqamli qurilmalarni bir-biriga ulashdan avval (masalan, kom-
pyuterni va tashqi qurilmani) quyida keltirilgan ba’zi bir xususiyatlarga
ahamiyat bering:
1. Kompyuterga ulangan har bir kabel (masalan,
kompyuterni
va tashqi qurilmani bog‘lovchi) antenna vazifasini bajaradi. Tashqi
elektromagnitli maydonlarning ta’sirida unga elektr kuchlanish
yo‘naltiriladi. Bunday maydonlarning manbayi sifatida telefon appa
-
ratlari, elektron-nurli trubka, elektrodvigatellar, lyuminessentli lam-
palar va
indikatorlar, elektrostatik razryadlar va tabiiyki radioperedat-
chiklar (radio orqali tovushlar, signallar eshittiradigan apparat) ham
bo‘lishi mumkin.
2. O‘z navbatida raqamli sxemalar 1–2 V amplitudali xalallarga
ham juda tasirchan bo‘ladi. Bu sharoitni hisobga olib, binodagi barcha
elektr simlar turli xil xalallarni qabul qiladigan katta antenna sifatida
ishlaydi, deb aytishimiz mumkin. Tarmoq kuchlanishini bu xalal va
181
tebranishlardan tarmoq filtri, ya’ni stabili-
zatorlar yorda mida xalos
qilish mumkin
(11.4-rasm).
Tarmoq filtrining texnik ko‘rsatkich lari
quyida keltirilgan:
– yuklama quvvatining yig‘indisi – 2,2
kW;
– yuklamaning nominal toki – 10 A;
–
cheklovchi ko‘tara oladigan xalal
toki – 2,5 kA dan kam emas;
– maksimal yutiluvchi energiya – 150 J;
–
100 A tokidagi xalallarga kuchlanishning chegaralangan dara-
jasi – 700 V.
Bu turdagi qurilmalarda elektr kuchlanishni filtrlash va barqaror-
lashtirish bajariladi, tokning va kuchlanashning o‘zgarishi bostiriladi –
bir so‘z bilan aytganda ular kompyuter va elektr ta’minoti zanjiri orasi-
da buferli kaskad vazifasini bajaradi. Filtr-stabilizatorlar
yuqorida
ko‘rib o‘tilgan sakrashlarni cheklovchi qurilmalarning to‘liq o‘rnini
bosadi.
Bu asboblarning tuzilishi juda murakkab bo‘lib, ularning tarkibiga
transformatorlar, kondensatorlar va chiqish kuchlanishining doimiy
sathini ushlab turuvchi elementlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: