N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva periferIya va ofis qUrilmaLarini ta’MIrLaSh va ishLatish



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/154
Sana25.02.2022
Hajmi9,44 Mb.
#461823
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   154
Bog'liq
ofis qurilmalari

Videoadapter va monitor. 
Kompyuterni yig‘ishda videoadapter 
va monitor albatta kerak bo‘ladi. Alohida e’tiborni monitor tanlashga 
qaratish kerak. Bu qurilma foydalanuvchining tizim bilan muloqatini 
ta’minlovchi asosiy vosita hisoblanadi. Kompyuterda ishlash maroqli 
yoki azob bo‘lishi monitorning sifatiga bog‘liq. Odatda, kichik 
tasvirlar bilan ishlash uchun kamida 17 dyuymli (ekran) monitordan 
foydalanish tavsiya etiladi, chunki undan kichik o‘lchamdagi 
monitorlar tasvirning kichik detallarini sifatli (1024×778 da) aks 
ettirib bera olmaydi va 800×600 ish tartibiga o‘tkazish kerak bo‘ladi.
Nuqtalarning joylashish qadami kichik bo‘lgan elektron nurli 
monitorlarga e’tibor bering (0,28 nuqta 1 dyuymda va undan kichik). 


173
Bu ENT soyali niqobida nuqtalar o‘lchamini va orasidagi masofani 
belgilab beradi. Nuqtalar orasidagi masofa qancha kichik bo‘lsa, 
ekranning ruxsat berish xususiyati va tasvir sifati shunchalik yuqori 
bo‘ladi.
Agar ishchi stoldagi monitorga ajratilgan joy cheklangan bo‘lsa, 
yassi panelli suyuq kristalli (LCD) monitorlarga e’tibor bering. 
Ko‘rinish sohasi bo‘yicha 15 dyuymli suyuq kristalli displey ekrani 
17 dyuymli ENT monitoriga ekvivalentdir. Ko‘p hollarda monitorlar 
oddiy VGA analogli portga ulanadi, biroq zamonaviy modellar yangi 
videoadapterlar ichiga joylashtirilgan DVI razyomlari bilangina 
ishlaydi. Agar siz doim monitorning belgilangan ruxsat berish 
xususiyatidan (bu odatda 1024×768) foydalansangiz, u holda suyuq 
kristalli (LCD) monitordan foydalanishingiz qulay va mavqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Agarda ekran ruxsat berish xususiyatini doimo 
o‘zgartirib turishga to‘g‘ri kelsa (masalan, kompyuter o‘yinlari 
yoki Web-sahifalarini ko‘rish uchun), u holda ENT monitorlardan 
foydalanganingiz ma’qul bo‘ladi.
Videoadapter va monitor regeneratsiyalash chastotasi bo‘yicha 
bir-birlariga mos kelishi kerak. Tasvir miltillamasligi uchun kadrlar 
chastotasi 72 Hz dan kam (qancha yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi) 
bo‘lmasligi kerak. Agar yangi videoadapter 16 mln. rangni 1024×769 
ruxsat berish xususiyatida aks ettirsa va ekranning yangilanish chas-
totasi 76 Hz bo‘lsa, monitor esa bu ruxsat berish xususiyatida faqatgina 
56 Hz ni quvvatlasa, videoadapterning imkoniyatlari to‘liq amalga 
oshmay qoladi. Monitor qo‘llay olmaydigan signallarni uzatish uchun 
videoadapterni sozlash uni jismoniy jihatdan nosozlikka olib keladi.
Videoadapterlarni ishlab chiqaruvchilarning barchasi PCI-Express 
standartiga o‘tgan, ayrimlari bir vaqtning o‘zida ikkita monitordan 
foydalanish imkoniyatini beruvchi PCI videoadapter larini ham ishlab 
chiqarishmoqda. Ma’lum ilovalar uchun juda foydali bo‘lgan bu 
funksiya Windows 2000/XP operatsion tizi mida quvvatlanadi. Hozirgi 
paytda oddiy videoadapterni ikki kallakli grafik plataga almashtirish 
optimal qaror hisoblanadi, chunki ko‘pgina turli tavsiflarga ega zamo-
naviy videoadapterlar ikki va undan ortiq monitorlarni quvvatlaydi. 
Bu bir tizimga ikki videoadapterni o‘rnatishda yuzaga kelishi mumkin 


174
bo‘lgan appa ratli, drayverli va BIOS mojarolaridan halos bo‘lish 
imkonini beradi.
Videoadapterni tanlashda videoadapter mikrosxemalari to‘plamiga 
va grafik protsessorning tipiga e’tibor bering. Eski deb, belgilab 
qo‘yilgan grafik mikrosxemalar to‘plamidan cheklaning, chunki ular 
kerakli tezkorlikni bermaydi va Windows ning oxirgi versiyalaridagi 
funksiyalarni (amallarni) qo‘llay olmasligi mumkin.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish