47
muammo emas. Lekin aynan nimani o‘qish kerak -
bu muammo. Xo‘sh, nimani o‘qish kerak va qanday
o‘qish kerak?
Bu borada o‘ziga xos qoidalar mavjud. Siz
bularni bilishingiz shart.
Demak,
birinchi qoida:
Faqat o‘zingizga qiziq bo‘lgan kitobni o‘qing.
Avvalroq aytganlarimni yana qaytarayotganim
g‘ashingizga tegmasin, do‘stim.
Mening hech bir
so‘zim besabab takrorlanmaydi. O‘z ona tilingizda
qanday janrdagi asarlarni sevib mutolaa qilsangiz,
chet tilida ham aynan shunaqasini o‘qing.
Shekspirga qiziqishingiz bo‘lmasa, uning asarlarini
originalda o‘qiyman, deb o‘zingizni urintirmang.
Bu faqat til o‘rganishga bo‘lgan istagingizning
so‘nishiga sabab bo‘ladi xolos. Qiziqishlaringizni
qondiradigan asarlarga boshingiz bilan sho‘ng‘ing.
Leksika va grammatikangizda kemtiklar bo‘lmasin.
Sizga qayta-qayta so‘z beraman, asar tanlash
borasidagi nozik
tomonlaringizni hech kimga
aytmayman. Chunki hech kim sirni uni bilmagan
odamchalik asray olmaydi.
Ikkinchi qoida:
Iloji boricha katta hajmli asarlarni o‘qing.
Katta hajmli deganda men eng kamida ikki yuz
sahifali asarlarni nazarda tutyapman. Bu yerda
standart hajmdagi harflar bilan,
ortiqcha surat va
48
bezaklarsiz chop etilgan to‘liq sahifalar haqida gap
ketyapti.
Har qancha qiziqarli bo‘lmasin, hozircha
hikoyalarni o‘qimay turganingiz ma’qul. Nima
uchun? Siz, albatta, behudaga hech bir so‘z
aytmasligimni yaxshi tushunib oldingiz. Katta
asarlarni o‘qish davomida asar qahramonlari hayoti
orqali aks ettirilgan hudud jug‘rofiyasi, siyosati,
tuzumi, dini, insonlar dunyoqarashi bilan tanishasiz
va leksikangiz ham yangi so‘zlar bilan boyiydi.
Asar sizning ish maydoningizga aylanadi. Bu yerda
bemalol minglab so‘zlar,
tushunchalar ustida ter
to‘kish mumkin. Hikoyalar o‘qiganingizdachi? Ish
maydoniga endi ko‘nikkaningizda hikoya tugab
qoladi. Yangisini boshlaysiz, yana shu ahvol.
Asarlarda yozuvchilar so‘zlarni mohirona tarzda
ishlatadilar. Bir asarda bitta so‘zga o‘n martalab
duch kelasiz. Ammo ular har safar har xil ma’no
anglatadi. Matn mazmunidan kelib chiqib,
so‘zlarning
hatto
lug‘atlarda
berilmagan
ma’nolarini anglab olasiz. Shu topqirligingiz sabab
bu so‘zlar va ularning ma’nolari
bir umrga
xotirangizda muhrlanadi. So‘zlarning qayta-qayta
takrorlanishi ham faqat bizning foydamizga xizmat
qiladi. Biz takrorlash - bilim olishning garovi
ekanligini yaxshi bilib oldik.
49
Asar tili orqali so‘zlashuv tili - xalq tiliga
yaqinlasha boramiz. Yangi ma’noli
jumla va
iboralarni kashf etamiz. Turgan gapki, hech qaysi
kashfiyot mashaqqatsiz bo‘lmaydi.
Har bir katta asar grammatika bo‘yicha katta
saboq beradi. Asarlarning dastlabki sahifalarida
so‘zlar «quyultirilgan» holda beriladi. Bu
changalzorda yo‘l topish dastlab qiyin bo‘ladi.
Ammo bora-bora o‘rmon
ancha siyraklashib
qolganini va yurishga qiynalmayotganingizni sezib
qolasiz.
Hikoyalarda
esa
hammasi
ochiq-oydin.
Qiladigan ishning o‘zi yo‘q. Bunga adiblarimiz
aybdor emas. Bu janrning talabi shunday. Axir
badiiy asar orqali grammatikani o‘rganishimiz
ularning tushiga kiribdimi?!
Chet tilidagi kattagina hajmli asarni o‘qib
tugatgach, o‘zingizda qoniqish sezgan bo‘lsangiz,
sizni katta muvaffaqiyat bilan tabriklasa bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: