O’ZBEKISTON RESPUBLIKAS1
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMLI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Nargiza KAYUMOVA
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA
o’quv qo’llanma
5110801- Maktabgacha ta'lim bakalavriat ta'lim yo’nalishi
talabalari uchun
l
N'i^orriy nomll
TDPU
~ 3 2»
Toshkent-2013
SO'Z BOSHI
Muslaqillik sharofati tufayli barcha sohalarda bo'lgani kabi xalq talimi sohasida xam katta o'zgarishlar. buyuk burilishlar sodir bo'ldi.
Наг qanday niamlakalning kuchi uning Intellektual salohiyati bilan bclgilanadi. Salohiyatga turli yo'llar bilan erishish mumkin. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni tayyorlash jarayonida mamlakatimiz Prezidenli I.A.Karimov mutaxassislar bilan uchrashgan paytlarida kadrlar sil'alini va salohiyatini yuksaltirish haqida: «Biz kadrlarni tayyorlashda o'zimizga xos va o'zimizga mos yo’ldan boramiz» deb ta'kidlagan edilar. I.A.Karimov tashabbqsi va rahbarligida ishlab chiqilgan Kadrlar tayyorlash milliy modeli qator noyob, takrorlanmas va o'ziga xos xususiyatlarga ega. U O’zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy laraqqiyotini. ta'lim oladigan dadil, mustaqil tafakkurli mutaxassis kadrlarni tayyorlash maqsadini ko zlaydi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida Oliy ta'lim maxsus o'rinni egallaydi. Oliy ta'limning asosiy vazitalari Davlat talablari asosida raqobalbardosh, yuqori malakali kadrlarni layyorlashdir.
«Maktabgacha pedagogika» kursi bo’yicha tayyorlangan mazkur o’quv qo'llanmada ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan tarbiya annalari va aqidalari. metod va yo'l-yo'riqlari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Mazkur o’quv
qo'lbnmadagi mavzular«Ta'lim to'g’risidagi Qonun » «Kadrlar tayyorlash milliy dafturi», «O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to’g’risida Nizom», «Maktabgacha yoshdagi bolalaming ta'lim tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablari», O’zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta'lim Kontseptsiyasi»,«Bolajon » tayanch dasturi asosida yoritilgan.
O’quv qo'llanmada maktabgacha pedagogikaning barkamol inson larbiyasidagi o'mi, maktabgacha yoshdagi bolalami rivojlanishi va tarbiyasi. yosh avlodga jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik, mehnateevarlik, ekologik tarbiya berish, bolalarning o'yin faoliyatlari, maktabgacha ta'lim muassasasining maktab bilan hamkorligi, maktabgacha ta'lim muassasasining oila bilan ishlash shakllari. maktabgacha ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etish. maktabgacha ta' lim muassasasida ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishga oid malumotlar bcrilgan. Talabalar bilimlarni o'zlashtirib olinganligini tekshirish, ularni mustaqil ishlarini faollashtirish uchun qo’llanmaning har bir bo'limida test savollari berilgan.
Bir so'z bilan aytganda maktabgacha pedagogika fani haqli ravishda barkamol avlodni komil inson bo'lib etishishi yo’lidagi qonuniyatlarni o'rganuvchi fan sifatida jamiyatda o'zo'mini topishi lozim.
KIRISH
Barkamol inson tarbiyasi avlod-ajdodlarimizning azaliy orzusi bo'lib, bola olamga kelishidanoq unga odob-axloq, jismoniy va ma'naviy rivojlanish qonun- qoidalarini mutassil o'rgatganlar. Pedagogika fani tarkibida maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi muammolari bilan shug'ullanuvchi Maktabgacha pedagogika fani yaratilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'lim-tarbiyasidagi sifat o'zgarishlar va samaradorlik ko’proq milliy pedagogika tariximizning ildizlari va zamonaviy talim- tarbiya sohasidagi yutuqlari bilan uyg’unlashtirish bilan yuksakdir.
Maktabgacha pedagogika fanining rivojida Respublikamizda olib borilgan bir qator islohotlar. talablar. «Ta'lim to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», shuningdek, «O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to’g’risida Nizom»,«Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim tarbiyasiga qo’yiladigan davlal talablari», O’zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta'lim Kontseptsiyasi» kabi davlat hujjatlari qabul qilindi.
Maktabgacha pedagogikaning nazariy asoslari insonning aqliy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan. Maktabgacha pedagogikaning milliy asoslari xalq merosi va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.
«Maktabgacha pedagogika» fanining o’rganish orqali talabalar tug’ilgandan etti yoshggacha bo’lgan bolalarni oilada va MTMda ta'lim-tarbiya ishlari mazmuni va metodlarini, uni tashkil etish shakllarini, bolalarni maktabga tayyorlashning samarali metodlarini bilib oladilar.
Mazkur o’quv qo’llanma «Maktabgacha pedagogika» fanining dasturi asosida yaratildi. *
«Maktabgacha pedagogika» o’quv qo’llanmasini bayonida quyidagilarga e'tibor berildi: mavzu, mavzu rejasi, mavzu bo’yicha tayanch tushunchalar, mavzu matni, mavzu yuzasidan adabiyotlar va nazorat topshiriqlari berildi.
«Maktabgacha pedagogika» o'quv qo’llanmasini yaratishda O.Hasanboeva, X.Sariboev, J.Hasanboev, T.Niyazov, M.Usmonboevalarning «Pedagogika» (-T.: Fan, 2006), P.YUsupovaning «Maktabgacha pedagogika» (-T.: O’qituvchi, 1996), V.I.Loginova va P.G.Samorukovalaming «Maktabgacha larbiya
pedagogikasi» (-T.: O’qituvchi, 1991), SH.SHodmonovaning «Maktabgacha pedagogika» (-T.: Fan va texnologiya, 200$) kabi darslik va o’quv qo’llanmalaridan ijodiy foydalanildi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |