N. F. Zamyatkin



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/20
Sana11.01.2023
Hajmi0,69 Mb.
#898957
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Zamyatkin Sizga xorijiy tilni o\'rgatib bo\'lmaydilotin 190721144224


partalarda 
uxlab 
o‘tiradigan 
o‘quvchilarni 
eslayapsizmi? Dars vaqtida o‘qituvchining butun 
kuch-quvvati o‘quvchilarni harakatsizlantirishga 
qaratiladi. Bolalar esa o‘z navbatida ayyorlikni 
o‘rganadilar. 
O‘zlarini 
go‘yo 
darsni 
tinglayotganday tutadilar va xayoliy o‘yinlarga 
beriladilar. Bu tizim bizga shu qadar chuqur 
singdirilganki, natijada biz tilni ham albatta o‘tirib 
o’rganish kerak, deb o‘ylaymiz. Vaqtimiz yo‘qligi 
haqidagi vaj-korsonlarimiz ham shu tushun- 
chalarning
 
mevasidir. Baxtimizga endi biz tilni 
maktab partasida o‘tirib o‘rganayotganimiz yo‘q. 
Binobarin, dangasa miyaga yengilmaslik uchun 
harakatlarimizga erkinlik bera olamiz. 


34
Pleyerni ishga tushirib, moslamalarni taqingda, 
sayrga chiqing. Albatta qor-yomg‘irli yoki jazirama 
kunlarda bunga majbur emassiz. Asta-asta qadam 
tashlab, matnlarni diqqat bilan tinglab boring. Yurib 
ketayotib uxlab qolgan odamni hayotimda ko‘rgan 
emasman. 
Aristotel 
ham 
falsafiy 
ma’ruzalarini 
shogirdlariga tabiat qo‘ynida sayr qilib yurgan 
holda o‘qigan ekan. 
Demak, tilni harakatsiz o‘tirgan holda 
o‘rganmagan ma’qul. Bu mening shaxsiy 
tajribamdan muvaffaqiyatli o‘tgan usullardan biri. 
Men suxandonning chiroyli, sokin ovozini 
tinglagan holda, so‘zlarni qayta-qayta takrorlab, 
o‘nlab kilometr yo‘l bosar va vujudimda tetiklikni, 
miyamda ajib bir tiniqlikni his kilardim. Bu sayr 
sizda tanish yo‘nalish bo‘yicha o‘tsa maqsadga 
muvofik bo‘lardi. Toki sog‘ligingizga xech qanday 
yo‘l hodisalari tahdid solmasin. Kiyimlaringiz, 
ayniqsa oyoq kiyimingiz kulay bo‘lsin. Mabodo 
yon-atrofingizda sayr uchun qulay yo‘lkalar 
bo‘lmasa, bu ishni uy ichida ham amalga oshirsa 
bo‘laveradi. Faqat uy havosi toza bo‘lsin. Agar 
sizning yurish va yugurish uchun mo‘ljallangan 
harakatlanuvchi yo‘lak-trenajeringiz bo‘lsa, nur 
ustiga nur. 


35
Biror mashg‘ulot mobaynida qattiq uyqu 
bosaversa (hamma bilan ham shunday bo‘ladi, deya 
olmayman) yigirma daqiqa mizg‘ib olish mumkin. 
«Grammatikani 
o‘rganayotganda 
nima 
qilamiz?», - deb so‘rashgandi mendan. Mening 
lug‘atimda «grammatikani o‘rganish» degan 
jumlaning o‘zi yo‘q. E’tiroz bildirmay turing! 
Grammatikani so‘zsiz o‘rganasiz. 
«Marafoncha 
o‘qish» 
mobaynida 
miya 
to‘laqonli ishlay boshlaydi. Bir yil
 
davomida qilgan 
uch ming sahifalik tarjimalaringizni tugatgach, 
grammatika borasidagi bilimlaringiz chet tillar 
fakulteti 
bitiruvchisining 
bilimlaridan 
kam 
emasligini (ehtimol ortiqroqdir!) tushunib etasiz. 
Farqi shuki, siz grammatikani zerikarli ma’ruzalar, 
ilmiy qonun-qoidalar asosida emas, aniq amaliyot 
asosida o‘rgandingiz. 
Ko‘pchilik o‘z ona tili grammatikasining barcha 
qoidalarini ham to‘liq bilmasligi mumkin. Ammo 
o‘sha qoidalarni bir kunda ming martalab amalga 
tadbiq etadi, ularga rioya qiladi. Kuniga bir necha 
martalab ishlatiladigan so‘zlarning turkumlarini, 
ilmiy atamalarni bilmaslik tilda benuqson 
so‘zlashish 
san’atiga 
hech 
qanday 
putur 
yetkazolmaydi. Chet tili borasida ham aynan 
shunday. Siz o‘zga tildagi so‘z turkumlarining 


36
nomlari, kelishiklar, qo‘shimchalar, allambalo ilmiy 
atamalar bilan miyangizni to‘ldirmagan holda ham 
o‘sha tilni muvaffaqiyatli o‘rgana olasiz. 
Grammatik jadvallarga bir ko‘z tashlab 
chiqishning zarari yo‘q. Lekin zinhor bu ilmiy 
ummonga sho‘ng’iy ko‘rmang. Aks holda, faqat 
grammatikani o‘rganasiz, tilni emas. 
Mabodo hozir mendan AQSH yo‘l harakati 
qoidalari bo‘yicha imtihon topshirishimni talab 
qilishsa, sinovdan o‘tolmasligim aniq.Chunki bu 
qoidalarni umuman eslolmayman. O‘n besh yil
 
burun shu masalada muvaffaqiyatli imtihon 
topshirib bo‘lganimdan besh daqiqa o‘tar-o‘tmas, 
hammasini unutganman. Xudoga shukurki, buning 
salbiy tomonlarini hali ko‘rmadim. Vaholanki, 
shuncha yildan buyon Amerikaning Nyu-York, San-
Fransisko, Los-Anjeles va Sietl shaharlaridan 
tashqari 
hamma 
hududida 
hech 
qanday 
ko‘ngilsizliklarsiz avtomobil boshqaraman. Kanada 
va Meksikada ham shunday. Shunday ekan, kim 
menga yo‘l harakati qoidalarini bilmaysan, deya 
oladi. 
Mana, 
hozir 
ham 
shu 
satrlarni 
o‘z 
kompyuterimda 
yozib 
o‘tirib, 
kompyuter 
protsessorida elektronlar soat millari bo‘yicha 
harakat qilyaptimi, unga qarshimi yoki umuman 


37
harakatlanmayaptimi, degan fikrlar bilan boshimni 
qotirayotganim yo‘q. Ammo to‘la kuch bilan 
ishlayapman. Kompyuter borasidagi texnik 
bilimlarimning yo‘qligi unda ishlashimga to‘sqinlik 
qilayotgani yo‘q. 
Aytaylik, «lya-minor», «fortissimo» degan 
atamalarni bilmasligingiz pianino chalishni 
o‘rganishingizga to‘sqinlik qilolmaydi. Siz musiqa 
sohasidagi ilmiy atamalar va ularning ma’nosini 
bilmagan holda ham istalgan musiqa asbobini 
chalishni o‘rganishingiz mumkin. 
Talabalik davrimda bizga lotin tilidan saboq 
beradigan keksa muallimani qanday lol qilganimni 
yaxshi eslayman. Birinchi darsdayoq fammatikani 
o‘rganishdan bosh tortgandim. Chunki meni bu 
tilning grammatik jadvallari dahshatga solgan. Men 
mustaqil shug‘ullanishga ahd
 
qildim va o‘qituv- 
chilarim bunga ko‘nishga majbur bo‘lishdi. 
Kutubxonalarda soatlab lotin tilidagi kitob va 
lug‘atlarni titib astoydil harakat qildim. Mening 
dasturim institutdagi dasturlardan o‘n barobar 
yaxshi edi. Imtihonda berilgan lotin tilidagi matnni 
bexato o‘qib, tarjima qilib berdim. Hayratini 
yashirolmagan bir o‘qituvchi «Hatto Plutarx ham 
sen bilan faxrlangan bo‘lardi», dedi hayajonlanib. 


38

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish