(aslo
pichirlab emas!)
suxandonga jo‘rovoz holda
takrorlash
kerak.
Bu
jarayon
qiynalmay,
suxandondan ortda qolmay talaffuz qiladigan
bo‘lguningizgacha davom etsin. Dialoglarda
o‘rganilayotgan tildagi barcha tovushlar ishtirok
etadi va siz endi ularni qiynalmay, mohirlik bilan
talaffuz eta olasiz.
105
Matn ustida ikkinchi bosqichda ishlaysiz.
Asosiysi, e’tibor bilan tinglash, baland ovozda
takrorlash
(faqat baland, baland, baland ovozda!)
Birinchi bosqichda nutq a’zolarimiz shu yo‘l bilan
millionlab turli harakatlarni bajaradi. Hech qachon
pichirlab, shivirlab, ming‘irlab o‘rganmang. Bu
narsa o‘z-o‘zini aldash, chet tilida so‘zlashni
xayolan o‘rganishdan boshqa narsa emas. Tilni
professional darajada o‘rganishning boshqa to‘g‘ri
yo‘li yo‘q.
Matritsa usuli - sog‘lom fikr mahsulidir!
- Bolaligimda bir musiqiy asbobni chalishni
o‘rganishimga to‘g‘ri kelgan edi. Barmoqlarimni bu
ishga ko‘niktirish uchun oylab ter to‘kkanman.
Yoshim ulg‘aygach boshqa bir musiqa asbobini
chalishni o‘rganishni o‘zim xoxlab qoldim
(o‘rganishimga to‘g‘ri kelgani yo‘q, o‘zim
o‘rganishni istadim). Bu safar barmoqlarimni
ko‘niktirishga umuman qiynalganim yo‘q, ularda
mavjud ko‘nikma bor edi. Nikolay Fyodorovich
Zamyatkin usulida ham xar bir dialog ustida musiqa
asbobini chalishni o‘rganganimday ter to‘kyapman.
Bu yerda ham hammasini oson va chiroyli ijro
etmaguningizgacha
mashg‘ulotlarni
davom
ettiraverasiz. Ijro asbobi esa sizning o‘zingiz -
ovozingiz va nutq a’zolaringiz.
106
Albatta qattiq ishlashga o‘zingizni faqat o‘zingiz
ko‘niktira olasiz xolos. Qancha istasangiz shuncha
ishlaysiz! Bu mashg‘ulot juda ko‘ngilli, kishiga
beadad rohat baxsh etadi.
- Krishna o‘zidan «aniq bilim» talab qilgan
shogirdlariga shunday degan ekan:
«Siz bu boqqa mevalardan totish, tabiatdan
bahra olish uchun kelgansizlar. Shunday ekan
mevalardan eng! Ular shundoqqina qo‘l uzatsa
yetguday joyda turibdi! Siz bo‘lsangiz daraxtlardagi
mevalar va barglar sonini hisoblash bilan ovorasiz!»
Matritsa usulida ham shunday: sizdan
qo‘shimchalar, so‘z turkumlari va hokazolar ustida
bosh qotirish talab qilinmaydi (shuni ham
unutmaslik kerakki, grammatikani sof holda
o‘rganish ta’qiqlanmaydi, faqat boshlang‘ich
bosqichda bu sizga xalaqit berishini hisobga olgan
holda uni biroz keyinroqqa qoldiramiz), aksincha
siz tilni amalda qo‘llaysiz, uning imkoniyatlaridan
bahra olasiz.
Matritsa - go‘yo kichkina motorcha, startyorga
o‘xshaydi. Til esa katta bir dvigatel. Birgina startyor
bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi, albatta. Ammo
startyorni olib qo‘ysangiz dvigatel sovuq va
harakatsiz asbobga aylanib qoladi.
107
Nikolay Fyodorovich Zamyatkinning tavsiyalari
va usullari insonning ichki imkoniyatlariga
tayanadi. U kishi ongida o‘ziga xos inqilob yasaydi.
Har kungi to‘xtovsiz mashqlardan so‘ng til
matritsasi so‘zsiz o‘z samarasini beradi va chet tilini
o‘rganishga aynan shunday yondoshish kerakligini
yurakdan anglab etasiz.
Ha, til o‘rganishga aynan shunday yondoshish
kerak, aslo o‘zgacha emas!
Mening eng yaqin do‘stimga aylanib ulgurgan
o‘quvchim! Siz o‘zga til darvozasini asta ochar
ekansiz, dastlab zulmatdan boshqa hech narsani
ko‘rmaysiz. Qo‘llaringiz bilan nimalarnidir
paypaslaysiz, ammo hech narsani ushlab qololmay-
siz. Oldinga yurib ko‘rasiz, lekin nazaringizda bir
joyning o‘zida aylanayotganday bo‘lasiz. Shu tariqa
zulmat bilan jangingiz boshlanadi. Zarbalaringiz
havoga uchadi. Ayni damda sizga tayanch nuqtasi
kerak. Matritsa - sizning tayanch nuqtangizdir. Bu
qorong‘ulikda sizga mening tavsiyalarim va
saboqlarim yo‘lchi yulduz bo‘lib xizmat qiladi. Siz
bu sohada men bilgan va muvaffaqiyatga eltuvchi
hamma narsani bilib oldingiz. Bu chakana ish emas.
Siz endi tilni his qila boshlaysiz. Harakatlaringiz
qat’iylasha boradi. Kuchingizni ikkinchi darajali
yoki umuman keraksiz narsalarga sarf qilib
108
o‘tirmaysiz. Boshi berk ko‘chalarda besamar
kezmaysiz. Qo‘lingizda aniq va puxta ishlangan,
sizni muvaffaqiyat sari eltuvchi xarita turibdi.
Tavsiya etilayotgan ushbu usulning eng mayda
jihatlari ham puxta o‘ylangan. Ishga bor kuchingiz
bilan kirishsangiz, tilni o‘zingiz o‘ylaganingizdan
ham tezroq va yaxshiroq o‘rgana olasiz.
Bu yo‘lning to‘g‘riligi borasida shubhalani-
shingizga hojat yo‘q. Negaki bu usul amalda
muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan va juda ishonchli.
Yaqin orada bunga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz.
Sizga muvaffaqiyat tilayman!
Omad tilamayman, negaki, til o‘rganishda u
umuman kerak emas. Qiyinchiliklardan qo‘rqmas-
lik, mehnatsevarlik, o‘z-o‘ziga ishonch va qat’iylik
- mana sizga eng keragi!
Xullas, mening qadrdonim, Sizga faqat va faqat
muvaffaqiyat tilayman!
Mana, aziz suhbatdoshim, bizning qizg‘in va
sermazmun suhbatlarimiz ham o‘z nihoyasiga yetdi.
Baxtimizgami yo baxtga qarshimi, ishqilib hamma
narsaning o‘z ibtidosi bo‘lganiday, intihosi ham bor.
Qani, boraqoling, ishga kirishing.
Mehnat qilib, bo‘ston yarating. Qisqagina dam
olish chog‘laringizda risolamni qo‘lga oling,
109
hamsuhbat bo‘laylik. Sizsiz men o‘zimni juda ham
yolg‘iz his qilaman... .
Hech shubha yo‘qki, mening mehnatsevar
do‘stim, oradan yillar o‘tib siz bitta, uchta, beshta,
boringki undan ham ko‘p xorijiy tillarni o‘rganib
olgach, bu ajib dunyo bilan yanada kengroq
tanishgach, anglab yetasizki, sizning asl tilingiz -
o‘z ona tilingizdir. Hech narsaga almashmaydigan
bebaho boyligingiz - ona Vataningizdir!
Mening yosh va orzular qanotida uchib yurgan,
begona sohillarni zabt etish ishtiyoqida yonayotgan
o‘quvchim, siz hozir buning asl ma’nisini anglab
yetmaysiz va buning uchun men sizni koyimayman.
Negaki, siz hali katta yo‘lning boshidagina turibsiz
xolos. Ha, do‘stim, faqat boshida... .
Podolsk-Elan- Sietl-Podolsk... . 2006 yilning
bahor va yozi.
Do'stlaringiz bilan baham: |