Bu yo‘nalishda ko‘zlangan niyatga erishish
uchun yil davomida kamida ming soat
shug‘ullanish
kerak
.
Bundan
tashqari
o‘rganilayotgan tilda yozilgan uch ming
sahifadan iborat matnni o‘qib, tarjima qilish
lozim.
Bu mashg‘ulot kishidan qat’iy rejani talab
qiladi. Agar bir kunda til o’rganish uchun uch soat
vaqt ajratgan bo‘lsangiz, uning ikki soatini
o‘rganishga, bir soatini esa dialog yoki matnlarni
tinglashga sarf qiling. Shundan keyin ikki yoki uch
soat davomida matn o‘qing va tarjima qiling.
Avvaliga lug‘atlardan foydalanasiz. Asta-sekin
so‘zlarning tarjimasi xotirangizda qoladigan
bo‘ladi. Bu ko‘r-ko‘rona lug‘at yodlashga
karaganda ancha samarali va foydali usul. Bir
yildan keyin qarabsizki, chet tili sizga o‘z ona
tilingizday qadrdon bo‘lib qoladi.
Endi siz uchun yangi va keng imkoniyatli
bosqichlar boshlanadi. Bu ish uchun sizdan ortiqcha
kuch talab qilinmayotganini seza boshlaysiz. Lekin
bir yil juda oz muddat. O‘z ustida nazorat
yuritmagan odam yangi bosqichga ikki yoki uch
yilda yetib kelsa ham ajablanmagan bo‘lardim.
Ammo siz haqingizda bunday xulosa chiqarishni
istamayman, mening tirishqoq o‘quvchim.
30
Ana shu birinchi va eng qiyin bir yillik
bosqichdan o‘tish uchun AQSH Mudofaa
Vazirligining Montereydagi xorijiy tillar institutida
talabalar bir kunda olti soat mobaynida o‘quv
xonalarida o‘qituvchi hamkorligida shug‘ulla-
nadilar. Darsdan keyingi ikki soat davomida esa
uyga berilgan topshiriklarni bajaradilar. Bunday
tartib tilni to‘laqonli o‘rganish garovidir.
«O‘h-ho‘, bu qiyin ish ekan. Men buni uddalay
olmayman. Bunga kuchim ham, vaqtim ham
etmaydi. Axir ishdagi odam bo‘lsam», - deyapsiz-
a? To‘g‘ri eshitdimmi? Eh, mening o‘ta band
o‘quvchim, siz hali kim bilan ish boshlaganingizni
bilmaysiz shekilli. Meni har qanday bo‘lmag‘ur
gaplarga ishontirish aslo mumkin emas. Endi
ijozatingiz bilan, sizning kun davomida nimalar
bilan mashg‘ul bo‘lishingizga bir ko‘z yugurtirib
chiqsak.
Uyqudan turgach, yuvinib-taranib, nonushta
qilasiz. Shu qisqagina vaqt davomida televizor
ko‘rish uchun qimmatli vaqtingizdan albatta ulush
ajratasiz. Kiyinib, ishga jo‘naysiz. O‘n besh yoki
o‘ttiz daqiqani yo‘lga sarflaysiz. Shunday qilishga
majbursiz. Ammo shu paytlarda qulog‘ingiz bo‘sh
bo‘ladiku.
Hozir
texnika
juda
maromida
rivojlangan. Ko‘cha-ko‘ylarda qulog‘iga moslama
31
takib olib, musiqa eshitib ketayotgan yoshlarga
ko‘zingiz tushgandir. Siz ham pleyer sotib olib,
sanab o‘tilgan vaqtlar mobaynida chet tilidagi
matnlarni tinglashingiz mumkinmi? Bu usuldan
ko‘pchilik foydalanadi. Kechki paytlari uyqudan
oldin ikki soat vaqtni matn o‘qib, tarjima qilishga
sarflash mumkin. Ozroq mulohaza kilingchi, siz
uchun oqshomlari vaqtingizni bemalol band
qilayotgan serial-u, teleko‘rsatuvlar shu qadar
ahamiyatlimi? Siz yaxshisi menga bo‘sh
vaqtingizni topishga ko‘maklashing.
Ha, aytganday, hamkasblaringiz-u, tanish-
bilishlaringiz bilan yuzma-yuzmi yoki telefondami
g‘iybatlashadigan qimmatli daqiqalaringiz mavjud-
ligini ham esdan chiqarmang. Nimani astoydil
qidirsangiz, albatta topasiz. Jumladan vaqtni ham.
Ayniqsa jiddiy yumushlar uchun.
Yana qayta uqtiraman, o‘zingizga javob
berolmasangiz, tilni tinch qo‘ying.
Bu sohada meni tashvishlantiradigan yana bir
jihat bor: dialoglardagi ohangdorlikning buzilishi.
Ingliz tilini o‘rganayotgan odam inglizcha
ajablanishi, savolni ham inglizcha ohangda berishi
va o‘sha ohangda tasdiqdlashi yoki inkor etishi
kerak. Afsuski, hech qaysi o‘qituvchi bu masalaga
e’tibor ham bermaydi. Axir har bir tilning o‘ziga
32
xos ohangi bo‘ladi. Bunday jihatlarga ahamiyat
bermaydigan «mutaxassislar» tufayli bilimlari-
mizda kemtiklar paydo bo‘ladi.
Yo‘limizda uchraydigan g‘ovlardan yana bittasi
- uyquchanlikdir. Istaysizmi-yo‘qmi, chet tilidagi
matnlarni mutolaa qilayotganda kishini uyqu eltadi.
Iljayishga shoshilmangda, matnlarni baland ovozda
o‘qish kerakligi to‘g‘risidagi tavsiyalarimni eslang.
Ular bejiz aytilmagan. Aynan uyquchanlikni
bartaraf qilish kerakligi to‘g‘risida, xuddi kelishib
olingandek, hech kim lom-lum demaydi. Garchi bu
holat hamma o‘rganuvchilarga xos bo‘lsa ham.
Nega shunday?
Uyquchanlik ham o‘z tinchining
buzilishini istamayotgan miyamizning qarshilik-
laridan bittasi. Miya juda tinch, lekin qat’iy turib
bizning istaklarimizga qarshilik qiladi va kamdan-
kam holatlardagina g‘olib bo‘ladi. Uyquchanlik
matnlarni tinglash mobaynida ham yuz beradi. Siz
uyquni haydashga harakat qilasiz va unga qarshi o‘z
bilganingizcha kurasha boshlaysiz: yuzingizni
sovuq suvda yuvib kelasiz, achchiqqina kofe ichasiz
yoki bir aylanib kelasiz va... uxlab qolasiz. Negaki,
siz aynan ishlashni
istamayotgan miyaning
buyruqlarini bajardingizda. U sizni o‘zini
qiynayotgan aqliy mashg‘ulotdan chalg‘ita oldiku.
Siz shu tariqa o‘z ichingizdagi dangasa, ammo
33
ayyor dushmanga yengila boshlaysiz. Xo‘sh,
qanday yo‘l tutmoq kerak?
Matnni o‘qiyotgan paytda baland ovoz
uyquchanlikni yengishga ko‘mak bera oladi,
albatta. Lekin tinglayotgan vaqtdachi? Bitta to‘g‘ri
usul bor: harakatlanib tinglash. Aynan shu o‘rinda
ham mening til o‘rganish san’ati mustaqillikni
sevishi to‘g‘risidagi fikrlarim o‘z isbotini
topmoqda. Hammamiz ortiqcha harakatlarsiz, bir
joyda o‘tirgan holda bilim olishga odatlanganmiz.
Maktablardagi tizim shuni taqozo etadi. Orqa
Do'stlaringiz bilan baham: |