N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Hidlov miyasi
– 
rhinencephalon 
– katta miyaning pastki oldingi qismida 
joylashadi. 
Hidlov miyasi tarkibiga hidlov piyozchasi, hidlov yo‘li va pushtalari, hidlov 
uchburchagi, noksimon bo‘lak, ammon shoxi, gumbaz va dumsimon yadro kiradi. 
Hidlov piyozchasi – 
bulbus olfactorius
– juft tuzilma bo‘lib, ular 
panjarasimon suyakning chuqurchasida joylashadi. Piyozchaning yuqorigi medial 
qismi kulrang moddadan, pastki lateral qismi esa oq moddadan tashkil topgan. 
Piyozchaning ichida bo‘shliq – hidlov piyozchasining qorinchasi – 
ventriculus 
bulbi olfactorii
mavjud. Piyozchaga burun bo‘shlig‘i shilliq pardasining hid bilish 
hujayralaridan ko‘p sonli ipchalar – 
filae olfactorii
chiqib, ular hidlov nervi – 
n. 
olfactorius
ni (I juft) hosil qiladi. Hidlov piyozchasi birlamchi hidlov markaz 
hisoblanadi. 
Hidlov yo‘li va pushtalar – 
tractus olfactorius et gyri
– o‘tkazuvchi yo‘llar 
orqali katta miya po‘stlog‘i bilan birikkan va ko‘p miqdorda kulrang modda 
yadrolarini saqlaydi. Umumiy, medial va lateral hidlov yo‘llari – 
tractus 
olfactorius communis, medialis et lateralis
farqlanadi. Lateral hidlov yo‘li o‘zining 
yo‘lida lateral hidlov pushtasi – 
gyrus olfactorius lateralis
ni qoplab turadi. 
Hidlov uchburchagi – 
trigonum olfactorium
– kulrang moddadan tashkil 
topgan. U hidlov yo‘li bilan chegaralangan. 
Noksimon bo‘lak – 
lobus piriformes
– lateral hidlov yo‘li va hidlov 
uchburchagi, katta miyaning lateral oyoqchasi orqasida joylashadi. Miya 
qorinchasining yon tomon orqa qismi noksimon bo‘lakka tarqaladi va unda 
bo‘shliq hosil qiladi. Bu erda ammon shoxining pastki uchi joylashadi. 


Chap va o‘ng hidlov piyozchasi, hidlov uchburchagi va noksimon bo‘lak bir 
-biri bilan miyaning nazal bog‘lamchasi – 
comissura nasalis
orqali birikadi . 
Ammon shoxi – 
cornu ammonis
yoki gippokamp – 
hyppocampus 
– 
noksimon bo‘lak sohasida miya po‘stlog‘ining juft burmasi hisoblanadi. U o‘zining 
yuqorigi qismi bilan dumsimon yadro orqarog‘ida miyaning yon qorinchasi tubini 
hosil qiladi. Ammon shoxi va dumsimon yadro o‘rtasida tomirlar chigali – 
miyaning yon qorinchasi joylashadi. Ammon shoxi orqa tomonga lateral va pastga 
yoysimon qayrilgan, noksimon bo‘lakda tugaydi. Ammon shoxi ostida ko‘rish 
do‘ngligi joylashib, u ammon shoxidan miyani uchinchi qorinchasining tomirli 
chigali orqali ajralib turadi. 
Gumbaz – 
fornix 
– ammon shoxi va oraliq miyaning so‘rg‘ichsimon tanasi 
o‘rtasidagi o‘tkazuvchi tutamlardan hosil bo‘lgan. Tutamda tarnovsimon varaq, 
ammon shoxining jiyagi, oyoqchalar, ustunlar va tutam tanasi, ammon shoxining 
bog‘lami farqlanadi. Tarnovsimon varaq – 
alveus
– noksimon bo‘lakning kulrang 
moddasi va ammon shoxidan kelib chiqadigan nerv tolalaridan tashkil topgan. Bu 
varaq yon miya qorinchasi yuzasidan ammon shoxini qoplab turadi. Gippokamp 
jiyagi – 
fimbria hippocampi
– tarnovsimon varaqdagidek nerv tolalaridan tashkil 
topgan. U yon miya qorinchasining yuqorigi lateral cheti bo‘ylab joylashadi va 
tutam oyoqchasi – 
crus fornicis
ga o‘tadi. Tutamning o‘ng va chap oyoqchalari 
tutam tanasi – 
corpus fornicis
ni hosil qiladi va uchinchi miya qorinchasining 
qopqog‘i hisoblanadi. Nazal tomonda u ikkita ustuncha – 
collmna fornicis
ga 
bo‘linadi. Tutam ustunchalari dumsimon yadrodan medial tomonda joylashadi va 
oraliq miyaning kulrang moddasi (gipotalamus) va so‘rg‘ichsimon tanasigacha 
cho‘ziladi. Gippokamp bog‘lami – 
comissura hippocampi
ularning yuqorigi 
uchlarini biriktiradi. 
Targ‘il tana – 
corpus striatum
– dumsimon, yasmiqsimon va bodomsimon 
yadro, to‘siq, ichki va tashqi kapsulalardan tuzilgan.
Dumsimon yadro – 
nucleus caulatus
– oldinda va ammon shoxi yonida yon 
miya qorinchasining tubida joylashadi va uning boshchasi – 
caput,
dumi – 
cauda 
mavjud. 
Yasmiqsimon yadro – 
nucleus lentiformis
– ko‘rish do‘ngligi va dumsimon 
yadro boshchasining yon tomonida joylashadi va ulardan ichki kapsula – 
capsula 
interna
orqali ajdralib turadi. Yasmiqsimon yadroning yon qismi po‘choq 
(skorlupa) 
– putamen,
medial qismi esa oqish yadro – 
globus pallidus
nomini 
olgan. Oqish yadro ko‘rish do‘ngligidan lateral tomonda va tirsakli tananing lateral 
yadrosi – 
ganglion geniculatum laterale
dan nazal tomonda joylashadi. 


Yasmiqsimon yadrodan lateral tomonda tashqi kapsula 
– capsula externa,
kapsuladan lateral tomonda esa tor yo‘l ko‘rinishida to‘siq – 
claustrum
joylashadi. 
to‘siq, po‘choq va ammon shoxi oralig‘ida bodomsimon yadro – 
nucleus 
amygdalae
joylashadi. Targ‘il tana refleks zanjiri tutashadigan joy hisoblanadi. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari:
bosh miyaning absolyut og‘irligi 
qoramollarda – 410 – 550 g, cho‘chqalarda – 96 – 145 g, otlarda – 372 – 570 g, 
itlarda – 46 – 138 g ga teng. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish