N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

 
 
Orqa miya pardalarini Orqa miya 
ko‘ndalang kesimi
1-miyaning qattiq pardasi, 2-miyaning 
to‘r pardasi, 3-miyaning yumshoq 
pardasi, 4-subaxranoidal bo‘shliq, 5-
subdural bo‘shliq, 6-epidural bo‘shliq, 
7-yuqorigi tutamchaning orqa miya 
gangliyasi, 8-pastki tutamcha, 9-orqa 
miyaning aralash nervi, 10-tishsimon 
pay, 11-orqa miya arteriyasi, 12-
umurtqaning pastki sinusi, 13-orqa 
miya. 
A-orqa miya pastki yuzasining yarim
sxemasi, 1-kulrang bog‘lam, 2-kulrang
moddaning yuqorigi ustuni, 3-pastki
ustuni, 4-oq moddaning yon tizgini,
5-pastki 
tizgini, 
6-pastki 
oraliq
yoriqcha, 7-8-uning pastki va yuqorigi
ildiz ipchalari, 9-orqa miya gangliyasi. 
Б-miya konusi. 1-miya konusi,
2-dumg‘aza nervlari, 3-dum nervlari, 
4-orqa miya gangliyasi, 5-ipchalar 6-
miyaning qattiq pardasi (pastki 
tomondan ochib ko‘rsatilgani). 
 
 


Bosh miya pardalari, bosh miyaning tuzilishi 
Bosh miya pardalari
orqa miya pardalarining davomi hisoblanib, ular ham 
qattiq, o‘rgimchak to‘risimon va yumshoq pardalarga bo‘linadi. 
Bosh miyaning qattiq pardasi
– 
dura mater encephali
eng yuza parda 
hisoblanadi. U bosh suyagi pardasi bilan birikib ketadi, shuning uchun ham bu erda 
epidural bo‘shliq bo‘lmaydi. Bosh suyagi pardasi bilan bosh miyaning qattiq 
pardasi o‘rtasida faqatgina vena qon tomirlari joylashib, ular dorsal (yuqorigi) va 
ventral (pastki) vena qon tomirlari tizimi, ya’ni sinuslarni hosil qiladi.
Dorsal sinuslar tizimi
sagittal, to‘g‘ri, ko‘ndalang, dorsal ensa va quloq 
suyagi sinuslaridan tashkil topadi. Sagittal sinus – 
sinus sagittalis
– o‘roqsimon 
burma asosida joylashib, parda venasidan boshlanadi. Unga 1) miyaning dorsal 
venasi – 
vv. cerebri dorsales;
2) suyaklar venalari – 
vv.diploicae;
3) to‘g‘ri 
sinuslardan vena quyiladi. To‘g‘ri sinus – 
sinus rectus
qisqa va ikkita, ya’ni 1) 
bosh miyaning oldingi qismidan qon yig‘uvchi qadoqsimon tana venasi – 
v.corporis callosi
va 2) miyaning chuqur venalaridan qon yig‘uvchi va qonni miya 
qorinchalaridagi tomirlar chigaliga uzatuvchi miyaning katta venalari – 
vv.cerebri 
profundae
ning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Ko‘ndalang sinus – 
sinus transversi
– 
sagittal sinusni o‘ng va chap qismlarga bo‘linishidan hosil bo‘lib, chakka kanaliga 
boradi va miyaning o‘ng va chap dorsal vena – 
vv.cerebri dorsales
si bo‘ylab 
chakkaning yuza venasi – 
v.temporalis superficialis 
ga quyiladi. Dorsal quloq 
suyagi sinusi – 
sinus petrosus dorsalis
– juft, ko‘ndalang sinusga quyiladi, bosh 
miyaning bazal qismidan qon yig‘ishtiradi. Ensa sinusi – 
sinus occipitalis
– juft, 
chuvalchangsimon miyachaning yonida joylashadi, biriktiruvchi sinus – 
sinus 
communicantes
ga quyiladi. Biriktiruvchi sinus esa miyachaning asosida 
ko‘ndalang sinuslar oralig‘ida joylashadi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari: 
qoramol, cho‘chqa va itlarda 
ko‘ndalang sinus ikkitadan tarmoqqa ega. Bitta tarmog‘i qoramol va itlarda chakka 
kanaliga chiqadi, cho‘chqalarda esa yirtiq teshik orqali miyaning ventral venasiga 
chiqadi; ikkinchi tarmog‘i to‘piq teshigiga chiqadi va to‘piq venasiga o‘tib, unga 
bazal sinusdan anastomozlar qo‘shilishadi. Otlarda har bir ko‘ndalang sinus chakka 
kanalida yotadi va miyaning dorsal venasigacha davom etadi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish