Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Auksion bahosi 
- bu auksionda sotilgan tovarning real bahosi. 
Auksion bu-tovarni raqobatli savdo yo‘li bilan sotish usuli. Sotib oluvchi 
auksion ishtirokchilaridan minimal narxga erishilganlik sharti bilan eng 
yuqori narxni taklif qilgan odam bo‘ladi. Auksionlarda momiq-mo‘ynali 
tovarlar, choy, qadimgi predmetlar, qimmatbaho toshlar va b.lar kabi 
tovarlar sotiladi. 
Birja kotirovkalari 
-bu tovar birjalarida tuziladigan shartnomalar 
baholari. Ushbu bozor tovarni hozir kelishilgan narxda olish-sotishni, biroq 
uni ma’lum paytda yetkazib berishni ko‘zda tutadi. Birja tovarlari narxlari 
naqd savdo qiluvchi bozorning joriy narxlariga asoslanadi, lekin bundan 
tashqari ularda foiz stavkalari va inqiroz sur’atlarining o‘zgarishlari ham 
hisobga olinadi. 
Tovar birjalarida narxlari vaqti-vaqti bilan kuchli o‘zgarib turadigan 
tovarlar bilan operatsiyalar o‘tkaziladi. Haqiqiy tovar almashinishi yuz 
beradigan naqd pulli bozorlardan farqli ravishda tovar birjalarida faqat 
shartnomalar oldi- sotdilari o‘z o‘rniga ega. 
10.2.- jadval 
 
Mahsulotning (xizmatning) narxi va qadrliligi o‘rtasidagi aloqa 
 
 
 
Mahsulot / xizmat 
Xaridorning 
didi 
va 
istaklari 
Xaridor tomonidan qabul 
qilingan 
mahsulotning(xizmatning) 
qadrliligi 
Xaridorning 
mahsulotni 
xarid qilishga tayyorligi 
NARX 
Boshqa marketing vositalari
Xaridorning 
moliyaviy 
ahvoli 
 
Monitoring – kuzatish, korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati 
to‘g‘risida axborot yig‘ish va umumlashtirish tizimi. Narxlar moni- toringi 
esa ro‘yxatdan o‘tkaziladigan shartnomalar qo‘shimcha ustama xarajatlarsiz, 
vositachilik xizmatlarisiz tuzilganligi hamda narxlarning maqsadga 
muvofiqligini kuzatishdir. Xaridorning mahsulot sotib olishi jarayonidagi 
narx va qiymat o‘rtasidagi muvozanat 10.2. jadvalda keltirilgan. 
Tovarning qadrliligiga eng avvalo, uning xususiyatlari, ya’ni ushbu 
xususiyatlar xaridorlar didiga qanchalik mosligiga bog‘liq. Yuqorida 
ko‘rsatilgan xususiyatlarning baholanishi xaridorlarning subyektiv qabul 
qilishiga bog‘liq. Mahsulotning bir xil xususiyatlari xaridorlar tomonidan 
har xil baholanishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xaridor- lar bir xil 
mahsulot uchun har xil narx to‘lashga tayyordirlar. Mahsulotning qadrliligiga 


222 
marketing vositalari ta’sir qiladi (korxonaning imiji, marka imiji sotish 
sharoitlari, reklama va boshqalar). Shuning uchun yangi sotuvchining 
yutug‘ini faqat mahsulotning past narx bilan belgilab bo‘lmaydi. Past narxda 
sotuvchining yutug‘i faqatgina xaridor- ning hech bo‘lmaganda sifatga 
bo‘lgan ehtiyojini qondirishi kerak. 
Tovarni bozorda namoyish qilish narxlardan marketing kompleksi 
elementlaridan biri sifatida tovar, savdo (o‘tkazish) va rag‘batlantirish bilan 
bir qatorda faol foydalanishni ko‘zda tutadi. Narx samarali narx siyosatini 
o‘tkazish sharoitida maqsadli bozorga ta’sir etishning aniq- ravshan 
vositasiga aylanadi. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda uzoq vaqtlargacha narx 
iste’molga oid qarorlar qabul qilinishining eng muhim mezoni bo‘lgan. 
Hayot darajasi nisbatan past bo‘lgan mamlakatlar uchun va shuningdek, 
ommaviy talab bo‘lgan tovarlarga nisbatan bunday yondashuv bugungi 
kunda ham adolatli hisoblanadi. Hozirgi davrda narx siyosatining roli tovar, 
savdo va rag‘batlantiruvchi siyosat kabi iste’molchiga ta’sir etuvchi narxga 
oid bo‘lmagan choralarga nisbatan tushmoqda. Shu munosabat bilan 
mutaxassislar bevosita narxga oid raqobatdan qochishni, narxga oid 
bo‘lmagan raqobatdan faol foydalanishni, bozorni segmentlash, bozorda o‘z 
o‘rnini qidirib topish, tovarni, uning sifatini differensiyalash, yangi tovarlarni 
ishlab chiqish, reklama metodlari va vositalarini kengaytirish va savdoni 
rag‘bat- lantirish, savdo tizimi samaradorligini oshirishni tavsiya 
qilmoqdalar. Ammo shunga qaramasdan narx o‘ta muhim, bozordagi ahvolga 
va tadbirkorning oladigan foydasiga katta ta’sir o‘tkazuvchi marketing 
siyosatining jiddiy elementiligicha qolmoqda. 
Xaridorlar bozori sharoitida narxlar darajasi sezilarli darajada 
iste’molchilar tomonidan belgilanadi, sotuvchining narx sohasidagi 
imkoniyatlari keyin paydo bo‘ladi. Biror bir tovarni sotib olmoqchi bo‘lgan 
xaridor uchun narx “iqtisodiy qurbonlik” hisoblanadi. Xaridor bu 
”qurbonlik”ni tovarni sotib olish va undan foydalanishdan keladigan foyda 
bilan taqqoslaydi, tovarning foydasi uning narxiga nisbatan yuqori, deb 
hisoblagandan keyingina sotib oladi. Xaridorlar hatto yuqori narx bilan 
bo‘lsa ham sifatli tovar sotib olishni afzal ko‘radilar.Tovar sotib olgan odam 
uchun qancha foydali bo‘lsa, uning yuqori narxi shunchalik oqlangan bo‘ladi. 
Ommaviy xaridorlar uchun imkoniyatli narxlardagi yaxshi sifatli tovarlar 
kerak. Shunday qilib, xaridorlar narxlarga talab, daromadlar darajasi, istak va 
mos keluvchi tovarni sotib olish imkoniyati bilan ta’sir o‘tkazadi. Xaridorlar 
tomonidan narxlarni ruhan idrok etish omili juda muhim. 
Narxlarning asosiy darajasi hisobi bozorga chiqarilgan tovarga talab 
(uning hajmi va dinamikasi) va savdoning aniq bozorida talabning harbir 
guruhi bo‘yicha elastikligini aniqlash bilan boshlanadi. Marketing bo‘yicha 
mutaxassis nafaqat narx va buning natijasida yuzaga kelgan talab orasidagi 
bog‘liqlik xarakterini talab qonuni bilan ifodalanishini, shuningdek, ushbu 
mahsulotning turlicha narxiga talab qanchalik qaratilayotganini ham bilishi 


223 
kerak. Bu bog‘liqlik darajasini talabning narxga oid elastikligi 
(o‘zgarishliligi), deb atash qabul qilingan va grafik jihatdan u egri talabning 
egilishidagi ma’lum burchak sifatida tasvirlanadi. 
Oddiy vaziyatda narx va talab bir-birlariga teskari bog‘liqlikda bo‘ladi, 
ya’ni narx qancha yuqori bo‘lsa, talab shuncha kam bo‘ladi. Budjeti 
cheklangan iste’molchilar muqobil tovarlarni tanlashga duch kelganlarida 
ular uchun narxi juda yuqori bo‘lganlarini juda kam sotib oladilar. 
Raqobat orqali narxni o‘zgartirish talabning oshishi yoki pasayishiga 
bog‘liq. Aksincha, narx qancha past bo‘lsa, talab shuncha oshadi. Baho talab 
qayishqoqligining o‘zgarishiga olib keladi. Ammo hamma xaridorlar ham 
bahoning o‘zgarishiga bir xil munosabatda bo‘lmaydilar. 
Elastik, deb narxlarning sezilmas o‘zgarishidan ham sezilarli o‘zga- 
radigan talabga aytiladi. Talabning elastik (o‘zgaruvchan)ligi raqobat 
darajasiga bozorda substit (o‘rnini bosuvchi) tovarlar mavjud bo‘lganda, 
xaridorlarning daromad darajalari va muomala qila olish (xarid qobiliyati) 
xususiyatlariga bog‘liq. Miqdoriy jihatdan u sotilgan tovar hajmi foizli 
o‘zgarishining uning narxi foizli o‘zgarishiga bo‘lishdan chiqqan qismi 
sifatida aniqlanadi. Talab qanchalik kam elastik bo‘lsa, tovarning sotuvchisi 
unga shunchalik yuqori narx belgilashi mumkin. Vaaksincha, talab qanchalik 
elastik bo‘lsa, sotuvchi firmada o‘z mahsulotiga emas, boshqalarnikiga 
narxlarni pasaytirish siyosatidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi, bu esa savdo 
hajmining va firma foydasining keskin oshishiga olib keladi. Narx elastikligi 
asosida belgilangan talab narxlarning yuqori chegarasini shakllantiradi. 
Agar raqobat cheklangan bo‘lsa, firmaning narx ustidan nazorat 
darajasi oshadi, bozorning ta’siri esa pasayadi. Raqobat yuqori darajada 
bo‘lganda narxni bozor boshqaradi. Shuning uchun bozor yetakchisinarxlarni 
hisob-kitob qilganda xomashyo, materiallar yetkazib beruvchilar narxini, 
o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaradigan raqobatchilar narxini, bir xildagi 
o‘xshash tovarlar taklif qiluvchi raqobatchilar narxini e’tiborga olishlari 
kerak. Tovar narxi darajasi va uning strukturasi raqobatchi firmalarning 
o‘xshash tovarlari bilan ular sifatining texnik-iqtisodiy parametrlari va 
boshqa raqobatbardoshlikni tashkil etuvchilari asosida taqqoslash bilan 
belgilanadi. Taqqoslash raqobatchilar tovarini xarid qilish, xaridorlar fikrini 
so‘rash kabilarni ko‘zda tutadi. Narxlar unga raqobatchilar tomonidan 
bo‘ladigan reaksiyani hisobga olib, tuzatiladi. Bu holatni pisand 
qilmaslik firma narx siyosatining mag‘lubiyatiga va uning tadbirkorlik 
faoliyati izdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Narx urushi bo‘shashgan 
(sust) firmalarni bozordan siqib chiqaradi. Shunday qilib, narxlar darajasi 
birinchi navbatda, firma, xaridorlar va raqobatchilar manfaatlarini 
tenglashtirmog‘i lozim. 
Narxlar darajalari aytib o‘tilgan omillaridan tashqari davlat boshqaruvi 
choralariga ham (hukumat antidemping va antitrest qonunlar doirasida ta’sir 
etishi mumkin), shuningdek, mamlakat va ushbu bozordagi soliqqa tortish 
tizimi va inqiroz darajasi xarakteridan, davlat moliyaviy ahvoli, valuta 


224 
kurslari nisbati, siyosiy vaziyat va boshqalardan kelib chiqib ham bog‘liq 
bo‘lishi mumkin. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish