Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

10.2.
 
Narxni shakllantirish 
 
Narxning shakllanish nazariyasi asoslarini mikroiqtisodiyot fani tariflab 
beradi. U akademik fan bo‘lib, uning ko‘pgina tushunchalari, asoslari, 
modellari haqiqiy ko‘rsatkichlarida aks etmaydi yokiamaliyotda qo‘llanilishi 
qiyin (ko‘pgina hollarda bu modellardan foydalanib ham bo‘lmaydi). Shu 
sababli mikroiqtisodiy nazariyani amaliyotda qo‘llashda cheklovlar mavjud. 
Bu fanning asosiy ko‘rsatma- lariga tayangan holda tashkilot ma’lum vaqt 
ichida amalga oshirilishi shart bo‘lgan maqsadlari uchun narx bo‘yicha o‘z 
harakatlarini ishlab chiqadi. 
Baho siyosatini ishlab chiqishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: 
xarajatlar, talab, raqiblar narxi, narx belgilashdan ko‘zlangan maqsadlar, 
narxlarni boshqarish bo‘yicha davlat tadbirlari. Umuman olganda narx 
maqsadlari uch sohaga nisbatan qo‘llaniladi: 
-
tovar aylanmasi hajmini aniqlash; 
-
maksimal foyda olish; 
-
raqobat sohalari. 
Narxlarning shakllanishiga ko‘plab omillar ta’sir etadi. Ularningorasida 
ta’kidlash kerakki, birinchi o‘rinda korxonaning o‘z faoliyati bilan bog‘liq 
omillar turadi. Korxona uchun narx uning tushumi, foydasi, hayot tarzi 
manbasi hisoblanadi, u korxona strukturasiga, savdo hajmi va uning 
bozordagi ulushiga, imijiga ta’sir o‘tkazadi. 
Korxonalar o‘z tovarlariga narx belgilashdan oldin unga ta’sir etuvchi 
tashqi omillarni chuqur tahlil qilishlari zarur. Jahon tajribasida 
iste’molchilarni xaridiga qarab turli bo‘limlarga ajratib o‘rganiladi. 
1.
Ishlab chiqaruvchi. So‘ralgan narxni xarajatlarning to‘liq, qisman 
hisobiga mos kelishi. 
2.
Iste’molchilar. Narx darajasining potensial sotib oluvchilar nuqtayi 
nazaridan maqbulligi. 
3.
Raqobatchilar. Raqobatchilar tomonidan so‘ralgani bo‘yicha 
sotilgan narxlar darajasi. 
Narx darajasi korxona iqtisodiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Savdo 
hajmini o‘zgartirmagan holda narxlarni 1% ga oshirish “Coca Cola”ning 
daromadini 6,4% ga, “Nestle”ni 17% ga, “Philips”ni 28,7% ga oshirgan 
bo‘lar edi. 
Korxona uchun narx vosita ham bo‘lib, narxning yordamida u ma’lum 
maqsadga erishishga va o‘ziga raqobatda ustuvorlikni ta’minlashga urinadi. 
Shuning uchun narxni shakllantiruvchi ichki omillarishlab chiqarish 
xarajatlari va muomala, firmaning marketing va narxga oid maqsadlari, 
shuningdek, korxonaning tovar siyosati (assortimentning kengligi, tovar 


225 
hayotiylik davrining bosqichlari, tovar marketingi, qadoqlash), savdo siyosati 
va stimullash sohasidagi siyosat hisoblanadi. Xarajatlarni baholash, keyin esa 
ularni pasaytirish yo‘llariniqidirish har qanday aqlli tadbirkor uchun majburiy 
mashg‘ulot, chunki narxlarning quyi chegarasini shakllantiruvchi xarajatlar 
narxga oid raqobat sharoitida muvaffaqiyatni belgilaydi. 
Mahsulotning xususiyatlari esa aksincha mahsulotning naflilik 
determinantlarini 
shakllantiradi. 
Bu 
ko‘pgina bozor tadqiqotlarida 
mahsulotning asosiy bozordagi mag‘lubiyati narx naflilik omilining bir- 
biriga to‘g‘ri kelmasligida namoyon bo‘ladi. 
Firmalar ko‘p hollarda keng assortimentli mahsulotlar ishlab 
chiqaradilar. Ular bir-birlari bilan talab, xarajatlar yoki birgalikda ikki omil 
bo‘yicha bog‘liqdir. Quyidagi omillar ushbu mahsulot turiga har xil narxni 
shakllantirishga, bozorni segmentlashtirishga, korxona foydasini saqlab 
qolishga va ko‘paytirishga yordam beradi. 
Mahsulotlarning bir-birini to‘ldirishi va bir-birini almashtirirish 
qobiliyati mahsulotlarning ichki xususiyatlarini rivojlantirgan holda 
mahsulotlar differensiatsiyasi, qadoqlashdagi farqlar, reklama, mahsu- lotlar 
sotishdan keyingi xizmat darajasi bilan belgilanadi. 
Marketingning 
quyidagi 
elementlari 
mahsulotlarning 
bozordagi 
mavqeyini egallashi uchun sharoit yaratadi, bular mahsulotlarni bozorga 
yo‘naltirish va taqsimlash vositalaridir. Ular narx siyosati bilan chambarchas 
bog‘liq. 
Sotish hajmining o‘zgarishiga (yoki umuman ta’siri yo‘q) mahsulot 
narxining pasayishi boshqa marketing vositalarining ko‘magisiz juda 
sezilarsiz darajada ta’sir etadi. Narxning pasayishi talab hajmiga ta’sir etishi 
uchun kommunikativ vositalar orqali masalan, reklama orqali ushbu 
pasayishni xaridorlar ongiga yetkazish muhim hisoblanadi. 
Yangi mahsulotni bozorda tez tarqalishi uchun ishlab chiqaruvchi 
mahsulotni chegirmalar, kuponlar, tekin tarqatiladigan namunalar yordamida 
amalga oshiradi. Bunda barcha pasaytirilgan narxlar odatdagi narxlar bilan 
solishtirilganda chegirmalar bilan bog‘liq bo‘lishi kuzatiladi. 
Ishlab chiqaruvchining narx siyosati sotish kanallari bilan chambarchas 
bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p hollarda ishlab chiqaruvchining narxi savdo ustamasi 
yordamida shakllanadi, ular barcha qilingan xarajatlarni qoplab foyda olishni 
ta’minlashi lozim bo‘ladi va yana talabning elastikligiga ham bog‘liq. 
Mahsulot harakatining har bir ishtirokchisi narxning shakllanishida muhim 
vazifani egallashni xohlaydi. Agar ishlab chiqaruvchi sotish kanallari ustidan 
hukmronlik qilsa, unda narxning shakllanishida va savdo chegirmalarida 
ko‘proq imkoniyatlari bo‘ladi. Sotish kanallari ko‘p bo‘lgan holatda ulgurji 
narxlarni pasaytirish siyosati ishlab chiqaruvchi uchun katta muammo 
bo‘ladi. Ayrim savdo firmalari xaridor uchun belgilab qo‘yilgan chakana 
narxni pasaytiradilar, boshqalar esa korxonadan rasmiy ravishda narxlarni 
pasaytirishni taklif qilishadi. Shunday qilib dallollar narxni ishlab 
chiqaruvchidan xaridorga yetib borishdagi asosiy omil qilib ko‘rsatishgan. 


226 
Agar ishlab chiqaruvchi mahsulotning ko‘p qismini yirik savdo firmalari 
orqali ularga chegirmalar qilib sotsa, uning raqiblari esa kichik firmalari 
orqali yuqori bo‘lmagan chegirmalar berib savdoni amalga oshirsa, u holda 
unda boshqa xarakterga ega muammolar paydo bo‘ladi. 
Kichik savdogarlar yuqorida belgilangan sabablarga ko‘ra mahsulotlarni 
normal darajadan past bo‘lgan narxlarda sotadilar va shu bilan yirik 
savdogarlarga muammolar tug‘diradilar. Agar ishlab chiqaruvchi chakana 
narxlarda chegirmalar qilsalar ular sotish kanallaridan mahrum bo‘lishlari 
mumkin. Dallollarga optimal chegirma-lar bergan ishlab chiqaruvchi g‘alaba 
qozonadi. 
Mahsulotni tarqatish kanallari nafliligi narx o‘sishi va pasayishiga, 
demak, mahsulotning sotilishiga ham bog‘liq, agar misol uchun qimmat 
bo‘lmagan mahsulotni xususiyati betakror bo‘lgan juda qimmat mahsulot 
kanaliga yo‘naltirsak, yangi mahsulot yuqori talabga ega bo‘lmaydi. 
Bunday kanal yangi mahsulotning xususiyatlarini ko‘rsatadi, lekin narxga 
qaramasdan yuqori sotuvni ta’minlab bermaydi. 
Arzon mahsulotlar arzon kanallar yordamida tarqatilishi, yuqori sifatli 
mahsulotlar esa yuqori sifatni qabul qilishini kuchaytiruvchi (yuqori malakali 
xodimlar, konsultatsiyalar, atrof-muhit va b.q.) va yuqori narxni ta’minlovchi 
kanallar yordamida tarqatilishi lozim. Mahsulotni tarqatish kanallari uning 
nafliligini o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ishlab chiqaruvchilar 
ularni nazorat qilishni xohlaydilar va shu bilan sotish va narx siyosatiga ta’sir 
ko‘rsatadilar. 
Ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari narxini vositachilarga qarab 
qat’iy belgilab qo‘ya olmaydilar, vositachilar mahsulotlar qiymatini istagan 
vaqtda past yoki yuqori narxlarni belgilanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Vositachilikning narx bo‘yicha qabul qiladigan qarorlariga ta’sir o‘tkazish 
uchun dallollar bilan o‘rtadagi aloqaning ishlab chiqaruvchilar boshqarishlari 
lozim. Ular bilan o‘rtadagi aloqani yaxshi- lanishi, xarajat va foyda orasidagi 
to‘g‘ri taqsimlanish narx bilan bog‘liq kafolatlarga yoki narxlarni oshirish 
bo‘yicha alohida kelishuvlarga bog‘liq. 
Ishlab chiqaruvchi narx bo‘yicha katta vakolatga quydagi hollarda ega 
bo‘lishi mumkin: agar u to‘g‘ridan to‘g‘ri tarqatish kanallaridan foydalansa, 
mahsulotlarni past narxlarda sotuvchi chakana savdo do‘konlari yordamida 
savdoni minimallashtirsa, mahsulotlar narxini oldindan belgilab qo‘ysa, o‘z 
chakana savdo do‘konlarini ochsa, sotish kanallari ishtirokchilariga foyda 
olishni ta’minlab bersa, mashhurbo‘luvchi savdo markalarini yaratsa. 
Ayrim hollarda chakana savdo qiluvchilar markaga qarshi savdo 
qiladilar, buga mahsulotga yuqori narx belgilab uning sotilishini ushlab 
turadilar va shu orqali boshqa marka mahsulotini ko‘p miqdorda sotilishiga 
erishadilar. Boshqa marketing vositalaridan farqli ravishda narx quyidagi 
fazilatlarga ega: 
Narxning o‘zgarishi ko‘p hollarda sotish hajmiga va bozordagi ulushga 
kuchli ta’sir qiladi. An’anaviy iste’mol mahsulotlariga narx bo‘yicha 


227 
talabning elastikligi 10-20 % gacha reklama bo‘yicha talabningelastikligidan 
yuqori, ya’ni narxning 10 % ga o‘zgarishiga nisbatan 10- 20 barobar ko‘p 
ta’sir o‘tkazadi. Sanoat mahsulotlarida farq bundan hamyuqori. 
Faol mahsulot va kommunikativ siyosat uzoq vaqt davomida amalga 
oshiriladi, lekin narx bo‘yicha aksiyalarni tashkillashtirish ko‘p vaqt talab 
qilmaydi. Uzoq va mustahkam raqobat ustunligiga faqat narx bo‘yicha 
qilingan tadbirlar orqali erishish juda qiyin masala. Xarajatlar bo‘yicha qat’iy 
va uzoq davom etuvchi, raqobatchilar erisha olmaydigan ustunlikka ega 
bo‘lish zarur. 
Ayrim bozorlarda talab boshqa marketing vositalariga qaraganda narx 
siyosatiga tezroq ta’sir ko‘rsatadi. Narx bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlar 
sotish va bozordagi ulushga vaqtdan kechikish bilan ta’sir qiladi. Shunday 
qilib reklamaning ijobiy ta’siri faqat bir necha oydan keyin seziladi. Sotishga 
narxning o‘zgarishi esa, aksincha, uning bir necha soatdan keyin (yoqilg‘i 
shaxobchasi) yoki bir necha kundan keyin sezdiradi. 
Narxning tariflangan o‘ziga xos xususiyatlari marketing-miks vositasi 
sifatida sotishni, bozordagi ulushni, foydani boshqaradi. Lekin narx siyosati 
o‘z ichiga tavakkalchilik unsurlarini oladi. Misol uchun, xaridorlar va 
raqobatchilarning narxga doir tadbirlarga bo‘lgan qarashni noto‘g‘ri tahlil 
qilish korxona uchun og‘ir oqibatlarni keltirishi mumkin. Ko‘plab korxona 
rahbarlari foyda olishning asosiy manbayi xarajatlar va sotish hajmida, deb 
bilishadi, shuning uchun ularga alohida e’tibor beriladi. Shunday korxonalar 
rahbariyati borki, ular narxni foyda olish uchun kurashda uchinchi omil 
sifatida qarashmaydi, ular narx o‘sishini birinchi o‘ringa ko‘tarishadi, uni 
boshqarish kerak, deb hisoblashadi va unda katta salohiyat yashirilganligini 
tan olishadi. Ularning fikricha, narx tizimi ustidan qilingan nazoratga pand 
berish kerak emas. Ko‘rinib turibdiki, narxning o‘sishi sotish hajmining 
o‘sishi va xarajatlarni kamaytirishga qaratilganda ko‘proq foydaning 
o‘sishiga olib keladi. Olib borilgan hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, 
harakatlarni narxning o‘sishiga yoki narx darajasini himoya qilishga qaratish 
maqsadga muvofiqdir. Bu xarajatlarni qoplash past darajadagi hollarda juda 
muhimdir. Bu holatda sotish hajmining o‘sishi foydaning ko‘payishiga olib 
kelmaydi. Bunday vaziyatlarda harakatlar xarajatlarni kamaytirish yoki 
narxlarni oshirishga qaratilishi lozim. Asosan narxning o‘sishi sotish 
hajmining pasayishiga olib keladi. Foydaning o‘sishida juda katta firmalar 
narxlarning ahamiyati kuchliligiga qaramasdan narxni shakllantirish bo‘yicha 
tadqiqotlar olib bormaydilar. Korxonalarning ko‘p qismi narx shakllanishiga 
bo‘lgan e’tiborning sustligini quyidagi iboralar bilan izohlaydilar: “Narxlarni 
bozor tartibga soladi” yoki “biz raqobatchilar narxlari bilan hisoblashishga 
majburmiz”. Yuqorida keltirilgan misol ma’lumotlariga qarab narxlarni 
shakllantirishga e’tibor muhimligini ko‘ramiz. Albatta bu ma’lumotlar 
yig‘ish, ijobiy fikrlash, tajriba qilish bo‘yicha katta harakatlar talab qiladi. 
Lekin hech bir ko‘rsatkich foydani narxni 1-2 % oshirish kabi tez oshira 
olmaydi. Shu qatorda foydaning kamayishiga narxning 1-2 % ga pasayishi 


228 
kabi hech bir ko‘rsatkich bunday kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Narxlashtirish firmaning bozorda aniq ulushga erishishi, ko‘zda tutilgan 
foydani olishi va umuman tovarning qaysi hayotiylik bosqichida qanday 
siyosat yurgizib, raqobatchilar xatti-harakatiga javob topishi demakdir. Hozir 
firmalar menejerlarning fikricha narx siyosatini to‘g‘ri tanlash yangi tovarni 
bozorga kiritish, tabaqalash, sotish xarajatlari va boshqa omillardan ham 
muhimroq hisoblanadi. Chunki keyingi vaqtda bank tizimi, transport 
vositalari va iqtisodiyotning boshqa sohalariga ko‘proq erkinlik berish narx 
raqobatini kuchaytirmoqda. 
Narx siyosati naxlarning ba’zis (dastlabki) darajasi haqida qaror qabul 
qilishni o‘z ichiga oladi. Narx siyosati marketing kompleksining tarkibiy 
qismi sifatida marketing yondashuvi asosida ishlab chiqiladi. Marketingga 
oid narx strategiyalarida hozircha narxlarni xarajat uslublari bo‘yicha 
belgilashdan keng foydalanilmoqda, lekin yagona va asosiy qiymatli 
yondashuv sifatida yashab kelmoqda. Tovarning sotilish narxini belgilashda 
marketingga oid yondashuv narxning klassik nazariyasidan shu bilan 
farqlanadiki, so‘raladigan narx mahsulotning oqilona kalkulyatsiyasi 
hisoblanmaydi, bozor tavsifining ba’zi “optimal” tengligini qidirib topishga 
asoslanadi va bu qidirish xarajatlar hisobi, iste’molchi tomonidan tovar 
qiymatini baholanish tahlili, korxona faoliyat yuritayotgan real voqelikni aks 
ettiruvchi tavakkal (risk) omil- larini va boshqa unsurlarini hisobga olgan 
holda raqobat muhiti bilan kuzatiladi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish