217
poyafzalga talabning ortishi ularni ishlab chiqarishni ko‘paytirishga
rag‘batlantiradi. Lekin bu xomashyo materiallarini, xullas, ishlab chiqarishni
kengaytirish uchun zarur hamma narsalarni xarid qilish, ko‘paytirishni talab
etadi. Poyafzal fabrikalarida bunday imkoniyat paydo bo‘ladi ham, zero
poyafzalga bo‘lgan talab va narxning oshishi ular qo‘shimcha
daromad
olishi va bu daromad ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflanishi mumkin.
Bu esa poyafzalning narxi balandroqbo‘lganda poyafzal fabrikalari egalariga
o‘z daromadlarini yanada oshirish imkonini beradi. Shunisi ham muhimki,
narxlar
mexanizmi
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulot
miqdorini
ko‘paytirishgina emas, ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni
ham rag‘batlantiradi. Poyafzal ishlab chiqaruvchilarning daromadi sotishdan
tushgan pul bilan ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi tafovutdan iborat
bo‘lganligi sababli eng kam xarajat qilgan holda mahsulot ishlab chiqarish
ular uchun foydali bo‘ladi. Poyafzal ishlab chiqarishda
foydalaniladigan
charmning biron xili borgan sayin kamyob va qimmat bo‘lib boradi, deb
faraz qilaylik. Bu hol uni tejashga va uni o‘rnini bosa oladigan arzonroq
materialni izlashga rag‘batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq. Bu
daromadlarning taqsimlanishidir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo‘jalik
faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o‘z shaxsiy yoki ishlab
chiqarish iste’mollarini ko‘zlab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va
xizmatlarning narxlariga bevosita bog‘liqdir. Narxlarningo‘zgarishi iqtisodiy
ne’matlar sotuvchilari va xaridorlari turli
guruhlarining daromadlari
miqdoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Bozorga jamiyat uchun eng
zarur ne’matlarni yetkazib beruvchilar, shuningdek, ushbu paytda mo‘l-ko‘l
bo‘lgan ne’matlarni sotib oluvchilarham yutadilar. Poyafzalchilik mehnatiga
bo‘lgan talab oshsa (taklif o‘zgarmay qolgan darajada), ularning ish
kuchining narxi, demak, daromadlari ham ortadi.
Mehnat bozorida taklif
oshadigan (doimiy talab sharoitida) bo‘lsa, uning aksi bo‘ladi: ish kuchining
narxi pasayadi.
Narxlarning to‘rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo‘jalik
sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir. Narxlar xo‘jalik
yurgizishning muhim vositasidir. Marketingni boshqarish jarayonida
marketologlar narxlarning barcha turlaridan, asosan ulgurji narxlar, mahsulot
tashish tariflari va hisob narxlari bilan ish ko‘radilar.
Narxlarni quyidagi belgilar orqali turkumlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: