Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Bozor segmentida marketing 
 
Bozor segmenti – o‘xshash ehtiyojga va talabga ega bo‘lgan xaridorlar 
guruhi. Ba’zi xaridorlar arzon transport vositasini, ba’zilar qimmatbaho 
transport vositasini sotib olishni, ba’zilar esa uning antiqa bo‘lishini 
xohlaydilar. Segmentni bozor sektori bilan adashtirmaslik kerak. Masalan, 
avtomobil kompaniyasi mahsulotini daromadi o‘rtacha bo‘lgan yoshlar 
uchun mo‘ljallashi mumkin. Bu xil xaridorlar guruhi bozor sektorini tashkil 
etadi (segmentini emas). Kompaniyalar bozor segmentini tashkil qilmaydi, 
ularning vazifasi – segmentni identifikat- siyalash va ularning qay biriga 
xizmat qilishini aniqlash. 
Segment xaridorlarining talablari bir xil bo‘lib, identik bo‘lmagani bois 
Dj.Anderson va Dj.Narus marketing mutaxassislarini standart emas, balki 
egiluvchan bozor takliflarini kiritishga chaqiradi. 
Bozor nishasida marketing 
 
Bozor nishasi (quyi bo‘lagi) – tor guruhdagi iste’molchilar bo‘lib, ular 
uchun mahsulotlarning alohida sifati muhim. Mutaxassislar nishani segment 
va segmentlarga bo‘lish bilan ajratadilar. Masalan, Klivlenddagi 
Progressive avtomobil sug‘urta kompaniyasi ko‘p avariya qiladiganlar, mast 
holda avtomobil haydab ushlanganlar uchun standart bo‘lmagan bitim 
tuzadi. Bu xil bitimlar qimmat bo‘lib, firmaga anchapul ishlab olishga 
yordam beradi. Bozor nishasining jalb qiladigan xarakterli tomonlari: 


159 
nishaning xaridorlari ma’lum talablariga ega, ular o‘z talab va istaklarini 
bajargan kompaniyalarga katta mablag‘larni sarf qilishlari mumkin, 
raqobatchi kompaniyalar mana shu nishaga katta ahamiyat beradilar, deb 
bo‘lmaydi, chunki tor doirada rivojlangan firmalar ma’lum mablag‘larga ega 
bo‘ladilar. Nisha ma’lum ko‘lamga ega. Bozor segmentlari keng bo‘lib, 
bir nechta raqobatchilarni o‘zigajalb etsa, nishalar kichik bo‘lib, bir nechta 
firmalar faoliyat yuritadilar. IBM kabi yirik korporatsiyalar tor doiradagi 
mutaxassislar nishasigao‘tgani sababli bozordagi ma’lum qismini yo‘qotdi, 
ularni “partizanlar” ham deyishadi. Nisha marketingga 
nisbatan 
himoyalanishni bir necha yirik kompaniyalar amalga oshirmoqda. Nishaga 
xizmat qiluvchi kompaniyalar odatda, maqsadli xaridorlarni talabini 
qondirishga katta ahamiyat berishadi, chunki buning orqasidan ular katta 
pullarga ega bo‘lishadi. Masalan, tabiiy tish pastasi “TOM’S OF MAINE” ni 
narxi 30% ustamasi bilan qo‘yiladi. Chunki bu tovarlar ajoyib va ekologik 
toza, foydaning bir qismi xayriya maqsadlarida ishlatiladi. Bu esa 
sotuvchilarni o‘ziga jalb etadi, ba’zilarga yirik kompaniyalar ahamiyat 
bermaydi. Bozor nishasi marketingining samarasi o‘sgani sari daromadi ham 
o‘sishi mumkin. Internetda do‘konlar ochilishining pasayishiga kichik 
ma’lum nishalarga mo‘ljallangan korxonalarning ko‘payishi sabab bo‘ldi. 
Tarmoqda muvaffaqiyatli nisha biznesini olib borish retsepti: tinchlik bilan 
olinadigan tovarni tanlash, sotib olishdan oldin uni ko‘rish va tekshirish 
shart emas. Masalan, Stiv Uorrington 6 baravarga ko‘p foyda oladi. U 
internetda (www.ostrichesonline.com) tirik tuyaqushlarni sotadi.1996-yil 
paydo bo‘lgan S.Uorrrington firmasi 125 mamlakatda 20 ming mijozni 
ta’minlab turadi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish