2-mavzu. Raqamli turizm va elektron biznes
Reja:
1. Elektron biznesning an`anaviy biznes shaklidan farqi.
2. Elektron bozorning an`anaviy bozordan farqlari.
3. Elektron biznes yuritishning andozalari.
Elektron biznesning an`anaviy biznes shaklidan farqi.
An`anaviy va elekton biznes ko`rinishlari o`zaro
munosabatlarining sxemasi
qanday? Elektron biznes rivojlanishining boshlang`ich bosqichlarida “on-layn
rejimiga chiqish” korxonaning o`z web-saytini ishga tushurishini bildirgan. Lekin
ko`p o`tmay korxonalar saytini shunchaki ishga tushirish internet tarmog`ida
korxonaning marketing strategiyalari va tashkiliy omillarni hisobga olmasdan
samarali bo`lmasligini tez orada tushundilar. Bunday omillardan an`anaviy va
elektron ko`rinishlari o`zaro munosabatlari muhimlaridan biri hisoblanadi (rasm 1.4).
Bu rasmdan ko`rinadiki, an`anaviy va elektron biznesko`rinishlarining o`zaro
munosabatlari odamlarga, tizimlarga, resurslarga va mijozlarga nisbatan har xil
talablarni nazarda tutadi. Biznesning yetakchi holatiga odamlar, resurslar,
tizimlar va mijozlar moslashuvi natijalarini o`lchovchi mosvositalar yo`q
bo`lgan holda strategik maqsadlarga erishish mumkin emas.
Elektron
biznes an`anaviy biznesdan mustaqil ravishda mavjud bo`lgan alohida
biznesko`rinishiga aylanganda o`zgacha yondashuv talab qiladi. Masalan,
tovarlarni an`anaviy zanjir ishtirokchilari (distribyutor va ommaviy
sotuvchilar) orqali sotadigan ishlab chiqaruvchi birdan ularni tarmoq
orqali to`g`ridan-to`g`ri taklif qilishga qaror qiladi. Tashkilot an`anaviy
zanjir ishtirokchilarining salbiy(negativ) reaksiyasini chetda qoldirib,
taqsimlashning odatiy jarayonini saqlab qolgan holda tashkilot mijozlarga
yangi usulda xizmat kursata olmaydi. Elektron biznesstrategiyasining
samarali ishlashiga imkon beradigan tizimlarni ko`rib chiqish,
yaratish va
ularni an`anaviy operatorlar bilan bog`lash zarur. Agar bu tizimlarni
birlashtirilmasa, ishni olibborishning ikkala usuli (an`anaviy va elektron)
katta zarar ko`rishi mumkin.An`anaviy biznes - korxona tovarlar ishlab chiqaradi va
ularni an`anaviy kanallar orqali sotadi.Bir qismi elektron biznesdagi an`anaviy
biznes. Masalan, do`konlarda savdo vatarmoqda kataloglar taklifi.Qandaydir darajada
tarmoqqa integrastiyalashgan an`anaviy biznes. Masalan, distribyutorlar orqali savdo,
ba`zi ta`minotchilar Extranet orqali bog`langan. Intensiv integrashtirilgan elektron
faoliyatli an`anaviy biznes. Masalan, distribyutorlar orqali savdo vatarmoq - barcha
ta`minotchilar Extranet orqali ulangan.An`anaviy biznes elektron biznesga aylanadi:
tovarlar, xizmatlar elektron usulda yetkaziladi.
Elektron magazinlarda savdo jarayonini tashkil etish an
`
anaviy tushunchadagi
savdodagidan farq qiladi. Elektron savdo va oddiy savdo jarayonlarining asosiy farqli
tomonlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
1.
Xaridorlarni jalb qilish usuliga ko`ra. Magazinga xaridorlarni jalb qilish usuli
juda katta ahamiyatga ega. An`anaviy tushunchadagi savdoda ushbu jarayonni 4
bosqichda
izohlash mumkin;
•
xaridorlarni reklama yordamida jalb qilish. Bu yerda asosiy omil magazinning
qayerda joylashganligidir;
•
savdo peshtaxtalari va magazinga kirish joyining chiroyli qilinganligi; bu
bosqichga alohida e`tibor qaratiladi;
•
Magazinga kirgan xaridorni, savdo zalining ichki qismini did bilan yasatish va
qulay tashkil qilish bilan, o`ziga jalb qilish;
•
Xaridorning o`ziga zarur bo`lgan tovarni tanlashi, sotuvchi yordamida tovarni
qancha oddiy va tez tanlashi, xaridorga kelgusi xaridlar uchun qaror qabul qilishi
yoki qilmasligiga shunchalik bog`liq.
Elektron magazinda yuqorida sanab o`tilgan
bosqichlar umuman boshqacha
tarzda yo`lga qo`yilgan. Elektron vitrina (peshtaxta) va magazinga kirish birgalikda
tashkil qilingan. Barcha reklama ma`lumotlari elektron magazinning peshtaxtasida
joylashtirilgan. Bunda xaridorga ke- rakli tovarni qayerdan va qanday olishi
to`g`risida sodda va lo`nda ko`rsatilgan ma`lumotlar bo`lishi zarur.
2.
Xaridorlarga psixologik ta`sir qilish usuli bilan. Elektron savdo tizimida
sotuvchilar xaridorlarga psixologik ta`sir qilish imkoniyatidan mahrumdir. Xaridorga
o`zining chiroyi va respektabelligini namoyish qilish bilan ta`sir qilish bundan
mustasno.
3.
Tovar haqida ma`lumot berish usuli bilan. Oddiy savdo jarayonida tovar bilan
tanishuvni bevosita amalga oshirish mumkin. Elektron
magazinda esa bunday
tanishuv xaridorlarning tovar haqidagi ma`lumotlarni diqqat bilan o`rganishlari va
uning ko`rsatilgan sifatlarining naqadar to`g`ri ekanligiga e`tibor berishlarini talab
etadi.
4.
Xarid qilish usuli bilan. Oddiy savdo jarayonida tovarni sotib olish bevosita
yuz beradi. Elektron magazinda xarid jarayonida esa, xaridor buyurtmani Internet
orqali ro`yxatdan o`tish va rasmiylashtirish or- qali amalga oshiradi.
5.
Savdoni tashkillashtirishda xarajatlar darajasiga ko`ra. Elektron magazin
orqali savdo va xizmat ko`rsatishda, magazin binosi, ombor va idora, shu bilan birga,
boshqa savdo uskunalari talab etilmaydi. Dunyoda umuman savdo do`konlariga ega
bo`lmagan va o`z tovarlarini faqat elektron magazin
orqali amalga oshiradigan
kompaniyalar talaygina topiladi (
www.virtualvin.com
,
www.amazon.com
). Bunday
turdagi savdoni tashkillashtirish reklama va chakana savdo rastalarini saqlab turishga
ketadigan xarajatlarni qisqartiradi. Amalda mahsulot ulgurji narxlarda, lekin chakana
ravishda sotiladi (20-30 foiz arzonlashtirilgan holda).
6.
Magazinlarga tashrif buyurishning soddaligiga ko`ra. Kerakli mahsulotni
qidirishda o`nlab elektron magazinlarga kirish, shuncha sondagi savdo magazinlarni
mashinada aylanib chiqish yoki ularga qo`ng`iroq qilishdan ko`ra ancha qulay.
7.
Kira olish darajasiga ko`ra. Har qanday elektron magazinga xaridorlar
dunyoning deyarli har qanday nuqtasidan kira olishlari mumkin. Shuning uchun ham
sayohat yoki xizmat safarlari vaqtida zaruriy tovarlarni tanlash imkoniyati
cheklanmagan. Bunday magazinlar kecha-yu kunduz ochiq bo`lib, oddiy
magazinlarga o`xshab xaridorlar tiqilinch bo`lmaydi. Xaridor o`zi
uchun qulay
bo`lgan vaqtda xarid qilish imkoniyatiga ega.
8.
Xizmat ko`rsatish sifatiga ko`ra. Oddiy magazinda kerakli tovar haqida
batafsil ma`lumot olish uchun sotuvchiga murojaat qilishga to`g`ri keladi. Bu holda,
tovarni tanlash sotuvchining omilkorlik darajasiga, shu bilan birga, uning xaridor
uchun vaqt sarflay olishiga bog`liq. Yaxshi tashkil qilingan elektron magazin har bir
tovar uchun keng ma`nodagi ma`lumotlarni yo`lga qo`yilganligini ta`minlash bilan
birga, tovar haqida maslahat olish uchun sotuvchining qo`li bo`shashini kutishi shart
emas.
9.
Bozorga chiqish muddatiga ko`ra. Shaxsiy “firma”
elektron magazinini
tashkil qilishga oddiy, an`anaviy magazin tashkil qilishdan ko`ra ancha oz vaqt
ketadi. Bunda ishlab chiqaruvchi firma o`z mahsu- lotiga narxni o`zi belgilashi va
nazorat qilishi mumkin. Vositachilar ishtirok etmaydigan bu munosabat jarayonida,
firma o`z tovarlarini sotishdan yanada ko`proq daromad ko`radi.
10.
Tovarlar xilma-xilligiga ko`ra. An`anaviy magazinlarda, qoidaga ko`ra, tovar
turlari chegaralangan. Shuning uchun ham, xaridor o`ziga kerakli molni topish uchun
shu turdagi bir necha magazinlarga borishiga to`g`ri keladi. Agar zaruriy tovar bir
elektron magazinda bo`l- masa, boshqasidan qidirish imkoniyati bor.
Bundan
tashqari, ishlab chiqaruvchining rasmiy web-saytiga to`g`ridan to`g`ri murojaat qilish
ham mumkin. Shuning uchun ham, har doim eng yaxshi yoki minimal narxdagi
tovarni tanlash mumkin.