Lokal marketing
Lokal marketing maxsus dasturlar asosida tuzilgan bo‘lib, ma’lum
hududdagi iste’molchilar talabini qondiradi (masalan, xizmat doirasi savdo
markazi yoki kichik do‘kon). Masalan, AQShning Citi Banki muayyan
hudud aholisining demografik xarakteristikasiga qarab o‘z filiallarida turli
xizmatlarni amalga oshiradi. Kraft kompaniyasi supermarketlarga pishloqlar
assortimentini tanlashga va ularni yuqori, o‘rta va past oylik oladiganlar
rayonlariga tarqatishga yordam beradi.
Lokal marketing o‘suvchi tendensiyani aks ettiradi, bu og‘zaki
marketing, deb ham ataladi. Bu oddiy iste’molchilar darjasidir. Masalan,
Nike kompaniyasining boshlang‘ich muvaffaqiyati xaridorlarni og‘zaki
marketingga jalb qilish bilan amalga oshiriladi. Ular maktab komanda-
lariga homiylik qilishgan, mutaxassislar bilan o‘quv seminarlari o‘tkazil-
gan, sport kiyimlari bilan ta’minlagan. Lokal, og‘zaki marketingni empirik
yoki taassurotlar marketingi, deb ham atash mumkin. Uning yordamida
tovarlarni siljitilishi faqat foyda olish emas, balki xaridorlarda katta
160
taassurotlar uyg‘otishga erishildi ham. Bir sharh- lovchi taassurotlar
marketingini quyidagicha izohlaydi: “Asosiy muddao faqat sotish emas,
balki namoyish etish, xaridor hayotini boyitish”dir.
Lokal marketing tarafdorlari umummilliy reklama kompaniyalarini
foydasi yo‘q, deb hisoblamoqda, chunki ular hududiy afzallik va ehtiyojga
ahamiyat berishmaydi. Lokal marketingga qarshilar esa ishlab chiqarish va
marketingni ushlanib qolishiga sabab bo‘ladi, deb hisoblay- dilar. Agar
ta’minlovchi lokal ehtiyojlarni yuqori darajada e’tiborga oladigan bo‘lsa,
logistika muammolarini hal qilishga tayyor turishlari kerak.
Kastomerizatsiya
Segmentning oxirgi darajasida biz “bir kishilik segment”—
“kastomerizatsiyalashgan marketing” bilan ish ko‘ramiz. Bugungi
kundaxaridorlar nimani va qanday sotib olish haqida o‘zlari jonbozlik
ko‘rsatmoqdalar. Ular
internetga chiqib tovarlar haqida ma’lumotga ega bo‘lmoqdalar, xizmat
haqida ma’lumotga egalar, tovar yetkazib beruvchilar, iste’molchilar,
tanqidchilar bilan muloqotga kirishmoqdalar, hattoki, mahsulot ishlab
chiqarishda ham ishtirok etmoqdalar. Ko‘pgina onlayn kompaniyalari o‘z
xaridorlariga “Choiseboard” – xizmat dasturi- ni taklif qilishmoqda - bu
interaktiv sistema bo‘lib, xaridorlar o‘zlari uchun tovar - xizmatni ishlab
chiqishlari mumkin, bunda ular turli komponent, narx va yetkazib berishni
tanlashlari mumkin. Buyurtma to‘g‘ri ishlab chiqarish sistemasiga yetkazib
beriladi, u yerda “g‘ildirak” aylanishi moddiy – texnik ta’minot, yig‘ish va
yetkazib berish boshlanadi. Dj.Vindi va A.Renujasveli “Choiceboard”
sistemasi firmani “kastomerizatsiyalash” tomon qo‘yilgan qadam bo‘lib,
uning yo‘nalishi
—
ommaviy tovarlarning individual xaridor tomon moslashishini
ta’minlaydi, deb ta’kidlaydilar. Kastomerizatsiya iqtisodiy rivojlanishni va
personal marketingni ham birlashtiradi, shu tufayli xaridorlaro‘zlarining
xohishlariga qarab tovar va xizmat qilishni ishlab chiqishlari mumkin.
Firmaga endi xaridor va ishlab chiqarish haqidagi ma’lumot- ning keragi
yo‘q. U faqat ishlab chiqarish vositalarini “arendaga topshiradi”, kerakli
“platformani” va ishlab chiqarish qurollarini ham beradi. Kompaniya
kastomerizatsiya qilish orqali alohida xaridorlar talabini qondirsa,
shundagina u kastomerizatsiyalashgan hisoblanadi. Kastomerizatsiya hamma
kompaniyalarga to‘g‘ri kelavermaydi, avtomobilsozlikda bu prinspga amal
qilish juda qiyin. Kastomerizatsiya tovarning narxini iste’molchiga ma’qul
kelgan narxdan bir necha barobarga ko‘tarishi mumkin. Ba’zi xaridorlar
hattoki, o‘ziga kerakli bo‘lgan tovarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmaguncha
bilmaydilar.
Kompaniya olingan buyurtmani ishlab chiqarishni boshlagandan so‘ng
xaridorlar o‘z buyurtmalarini o‘zgartira olmaydilar. Shunga qarmay
161
kastomerizatsiya ba’zi tovarlarda muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda.
Masalan, Minnesota shtatidan Andersen Windows kompaniyasi oyna va
oynali eshiklar ishlab chiqarishda yetakchi ishlab chiqaruvchi kompaniya. U
diler va sotib oluvchilar uchun o‘z mahsulotini interaktiv elektrokatalogini
ishlab chiqdi. Tizimdan foydalanib mijoz va menejer oynaning
konstruksiyasi, uning chidamliligi va narxini bilishi mumkin. Shu tizim
tufayli Andersen Windows ishlab chiqarish jarayonini byurtma qilishga
moslashtiradi. Bu esa tayyor mahsulotlar zaxirasining kamayishiga sabab
bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |