154
8.2-rasm.
Xaridorlarga qarab bozorni segmentlash mezonlari
Segmentatsiya mezonlarining birinchi guruhi obyektiv belgilarni o‘z
ichiga oladi va ikkinchi guruh uchun asos hisoblanadi. Shuning uchun
mezonlarning 1-guruhi asosida bozorni segmentlash (ma’lum bo‘limlarga
ajratish) ni klassik yoki demografik segmentatsiya, deyiladi. Mezonlarning 2-
guruhidan foydalanib bozorni segmentlash “mukam- mal” yoki psixogrfik
segmentatsiya, deyiladi. Keyingi yillarda bozorni, ayniqsa, kundalik ehtiyoj
tovarlari bozorini segmentlashda vizual xronologik belgilar ajratib
ko‘rsatilmoqda. Ularga insonning hayot siklini aniq iste’molchi yoki
iste’molchilarning guruhini tavsiflovchi belgilar kiradi. Shu bilan birga
bozorni segmentlashning har bir turida amaliyotda alohida foydalanadi, deb
hisoblamaslik kerak. Qoidaga ko‘ra bozorni uning segmentlarini tahlil
qilganda marketologlar mezonlar kombinatsiyalarini qo‘llaydilar. Shu bilan
birga tovar turiga bog‘liq holda iste’mol tovarlarini va ishlab chiqarish –
texnika yo‘nalishi segmentlari mezonlari farqlandi. Masalan, F.Kotler
iste’mol tovarlari bozorini segmentlashda uning 3 ta segmentga ajratish
imkoniyatini ko‘rsatib, unga oilaning daromadini, oila a’zolari miqdori (soni)
ni, yoshini kiritgan.
Iste’mol tovarlari bozori shartli ravishda 36 ta segmentga (bo‘lakka)
bo‘lingan, bu esa potensial xaridorlar soni ko‘proq bo‘lishiga olib kelgan.
Psixografik mezonlar segmentatsiyaning subyektiv belgilariga kiradi.
Mezonlarning bu guruhiga hayot tarzi va muomalasi aks etib turadigan
xaridorlarning asosiy tavsiflari birlashtirilgan. Psixografik mezonlar xarakteri
chizgilari, odatlari, xaridorlarning o‘zlari haqidagi tasavvurlari, xulq-atvor
motivlari, shaxs sifatidagi xarakteristikalari, xaridorlik muomalasi omillari
kabi belgilarni o‘z ichiga olishi mumkin. Korxonalar tomonidan sotib
olinadigan sanoat tovarlari bozorlarini segmentlash mezonlari geografik,
ishlab chiqarish – iqtisodiy va kasbiy
–
shaxsiy belgilarga asoslanadi. Iqlim, relyef, urbanizatsiya darajasi kabilar
bilan tavsiflanuvchi geografik belgilar tarmoqlar va aniq tovarlar
iste’molchisi bo‘lgan korxonalar, texnologik jarayonlar, iste’molchi firmalar
miqyoslari, kompaniya joylashgan mintaqa yoki mamlakatdagi iqtisodiy
konyunkturalar darajasi, savdoni tashkil etish metodlari, logistika talablari va
boshqalar holatlarni xarakterlovchilar to‘liq ishlab chiqarish – iqtisodiy
belgilarga kiradi. Bu yerda ishlovchilar soni tashkiliy struktura, savdo
dinamikasi, fond va kapital fondi kabi firma demografik (tuzilmaviy) belgilar
alohida ahamiyatga ega bo‘lishimumkin. Segmentlash siyosatining ikki
jihati bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: