Avgust Lyoshning joylashtirish nazariyasi.
A.Lyoshning xo‘jalikni jug‘rofiya joylashtirish muammolarini bo‘yicha eng asosiy asarlaridan biri hisoblanadi. Joylashtirish muammosini hal qilishga kompleks yondashish A.Lyoshning ajratib turadigan xususiyatidir. A.Lyosh olim sifatida o‘z nuqtai-nazaridan ta‘riflar ekan, asarining birinchi bobida shunday yozadi: «iqtisodchining xaqiqiy burchi bizning sho‘rlik voqeyligimizni izohlab berishni emas, balki uni yaxshilashdir». Ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish muammosini hal qilish xaqiqatdagi joylashuvini shunchaki tasvirlashdan ancha oliyjanobliroqdir. A.Lyosh o‘z tadqiqotining dastlabki qadamlaridan boshlab o‘z o‘tmishdoshlarini korxona qurilish va joytanlashda eng kam chiqimlarini ko‘zlaganliklari uchun tanqid qiladi. A.Lyosh sof foydani joytanlashni asosiy va aslida birdan-bir omil deb ataydi. A.Lyosh ishlab chiqarishdagi omillargina emas, balki sotish tomondagi omillarga katta e‘tibor berdi. Biz yolg‘iz chiqimlar bilangina emas balki sotish istiqbollari bilan shug‘ullanadi. Veberning asosiy xatosi shundan iboratki, korxona uchun eng kam chiqimlarni ta‘minlaydigan joyni izlagan. Bu ham noto‘g‘ri. Eng ko‘p sotishni ta‘minlaydigan korxonani joylashtirish uchun eng qulay bo‘lgan joyni qanday joy deb hisoblash kerak? Har qanday bir yoqlama mo‘ljal noto‘g‘ri mo‘ljal bo‘ladi. eng ko‘p foydani ta‘minlaydigan joyni tanlash to‘g‘ri yechim bo‘ladi.
A.Lyosh keyin I.Tyunen va A.Veber asarlaridan olingan misollarni o‘rganar ekan, ularning xulosalari noto‘g‘ri mo‘ljal olingani tufayli asossiz ekanligini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, A.Lyosh ishlab chiqarishni joylashtirishni belgilovchi omil sifatida ishbilarmonning eng ko‘p foyda olishga intilishidan foydalanishni birinchi bo‘lib taklif qiladiki, bu «kapitalistik ishlab chiqarishning o‘ziga xos mazmuni va maqsadini tashkil etadi».
Ishbilarmon manfaatidan tashqari butun xo‘jalik manfaatlarini ham ko‘rib chiqish zarurligi to‘g‘risidagi da‘vo A.Lyoshning shubxasiz xizmatidir. U korxonani ko‘rish uchun nuqta tanlash masalasini tadqiq qilar ekan, bunday deb yozadi: «tanlab olingan joy sub‘ektivliga emas, balki ob‘ektiv nuqtai-nazaridan ham noqulay bo‘lishi mumkin. Kutilgan muvaffaqiyatni keltirmagan tanlash, ishbilarmoning sub‘ektiv muvaffaqiyatmizligidir. Ishbilarmonning korxonani tashkil etish uchun joyni noto‘g‘ri tanlash bilan shartlangan sinishi butun xalq xo‘jaligi nuqtai-nazaridan ham ob‘ektiv muvaffaqiyatsizlik bo‘ladi.
Shunday shart-sharoitlarga asoslanib, ya‘ni iqtisodiyotni tartibga solishda «butun xo‘jalik talabini hisobga olish» zarurligiga asoslangan holda, A.Lyosh ishlab chiqarishni yalpi joylashtirishning muvozanatli tizimini yaratadi. Bu tizim tenglamalarning beshta guruhi bilan tavsiflanadi, ulardan har biri u yoki bu shartlar bajarilishini ta‘minlaydi.
Ishlab chiqarishni joylashtirish tizimining muvozanati quyidagi 2 ta asosiy tendentsiyalar bilan belgilanadi:
-bir firmaning manfaatlari-eng ko‘p foyda
-umuman iqtisodiyotning manfaatlari-mustaqil iqtisodiy ob‘ektlar sonining eng ko‘p ortib borishi.
Ikki kuch o‘rtasida to‘xtovsiz kurash bormoqda: bittasi yutib chiqqan narsani boshqasi tortib olmoqda. Bu kuchlar muvozanatiga erishilgan nuqta korxona o‘rnashgan joyni belgilaydi. Muvozanatning bu xolatini «joylashtirish umumiy tenglamalari»ning qo‘yidagi tizimidan olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |