Narxning vazifalari va ahamiyati narxga ta’sir qiluvchi omillar talab va taklif qonuniga ko'ra narx belgilash



Download 208,03 Kb.
bet1/28
Sana06.01.2022
Hajmi208,03 Kb.
#323095
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Talab va taklif qonuniga ko'ra narx belgilash 3




TALAB VA TAKLIF QONUNIGA KO'RA NARX BELGILASH
REJA:


  1. NARXNING VAZIFALARI VA AHAMIYATI

  2. NARXGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR

  3. TALAB VA TAKLIF QONUNIGA KO'RA NARX BELGILASH

  4. TAKLIF BO’YICHA NARX EGRI CHIZIG’I

  5. NARX VA UNING SHAKLLANISH MEXANIZMIDA TALAB VA TAKLIF EGRI CHIZIG’I.



Narxning vazifalari va ahamiyati
Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan, lekin doimo bir-birini taqozo etadigan, birisiz ikkinchisi bo’lmaydigan ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki xususiyat birligidan iborat ekanligi o’quvchiga oldingi boblardan ma’lumdir.

Oldingi o’rinlarda biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas, balki mavjud sharoitda shu tovarni ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish, ya’ni ijtimoiy-zaruriy naflilikni yaratish uchun zarur bo’lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni ifoda etishini aytib o’tgan edik. Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning, ya’ni ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda iste’mol qiymat (naflilik) qiymatni o’zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to’g’ri hisobga olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda va unga turlicha ta’rif berilmoqda.

Buning ustiga narxning darajasiga (yuqori yoki past bo’lishiga), uning o’zgarishiga turli xil omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to’g’ri tushunishni bir oz chigallashtiradi.

Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g’oyalarida hamda oldingi siyosiy iqtisod darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo’lsa, marjinalizm yo’nalishidagi va hozirgi davrdagi P.Samuelson, K.Makkonnell va S.Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida, shuningdek, yaqinda chop etilgan ayrim iqtisodiyot nazariyasi darsliklari va o’quv qo’llanmalarida tovar narxining asosini uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo’shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda so’nggi qo’shilgan miqdor nafligiga alohida e’tibor beriladi.

Uchinchi guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri o’zlaricha turli dalillar topib, o’z g’oyalarini isbotlashga harakat qiladilar.

Alohida tovarlarga qilingan mehnat sarflari turlicha bo’lib, ulardan ayrimlari ijtimoiy mehnat sarfi sifatida to’liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning aynan o’zi deb qarash noto’g’ridir. Chunki unga mehnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori bo’lishi mumkin.



Jumladan, o’zgarib turuvchi talab va taklif ta’siri ostida biror tovarning bozor narxi tebranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham qiymat – narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta’sir ko’rsatadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning iste’mol xususiyatlari o’zining ehtiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, ya’ni uning nafliligini ham hisobga oladi.

Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o’zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qimmatga egaligini ko’rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx o’zida faqatgina qiymat yoki naflilikning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul ko’rinishida ifoda etadi.

Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo’lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi tovar ishlab chiqarish sarflarini qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko’proq foyda olishni ta’minlashi mumkin bo’lgan qiymatni pul shaklida o’zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarflayotgan pulining har bir birligiga ko’proq naflilik (iste’mol qiymati) olishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to’g’ri kelgan nuqtada, darajada narx o’rnatilib, tovar-pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo’ladi.

Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun quyidagi 1-chizmaga e’tiborni jalb etamiz.




Download 208,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish