3-chizma
Mukammal raqobatli bozor sharoitida narxning
shakllanishi
P D S
PA
RE E
PB
QE Q
Narxning RB darajasidagi holat ham barqaror turmaydi. Chunki, bu holatda talab taklifdan oshib ketib, tovarlar taqchilligi boshlanadi. Taqchil tovarga ega bo’lish uchun bir-biri bilan raqobatga kirishgan xaridorlar uning narxini oshira boshlaydilar.
Bozordagi yagona muvozanatlashgan, nisbatan uzoq vaqt barqaror amal qiluvchi narx sifatida talab hajmi taklif hajmiga muvofiq kelgan holdagi narx RE maydonga tushadi. Raqobatlashuv asosida paydo bo’lgan muvozanat doimo talab va taklif egri chiziqlarining kesishuv nuqtasida joylashadi. Muvozanat narxi har doim ham darhol, bir zumda tarkib topmaydi. Unga erishishda toki talab va taklif muvozanatga kelgunga qadar narx atrofidagi tebranishlarni o’z ichiga oluvchi ma’lum davrlar taqozo etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |