A.Veberning «Sanoat shtandortlari» nazariyasi
A.Veberning sanoat shtandorti o‘z asosiy mohiyatini yo‘qotmagan bo‘lsada, keyingi yillarda sanoat joylashuvining shakllari yanada murakkablashib, takomillashib bordi. Jumladan, bu borada ekologik omilning ta’siri kushaydi, ishchi kuchining miqdor jihatlari emas, uning sifat ko‘rsatkichlari muhimroq bo‘lib qoldi; sanoat ishlab chiqarish mehnattalablikdan ko‘proq «ilmtalab», mablag‘talablikka o‘zgardi. Shuningdek, transport infrastrukturasidagi yangiliklar konveyr usulining o‘rniga ayni bir mahsulotning turli xillarini ishlab chiqarish (postfordizm), miqdor iqtisodiyotidan sifat yoki turli xillik iqtisodiyotiga o‘tish, fan-texnika taraqqiyoti sanoatni hududiy tashkil qilishga jiddiy ta’sir etdi.
A. Veber ilmiy adabiyotda o‘zining shtandort nazariyasi, «joylashtirish omili» va «aglomeratsiya samaradorligi» tushunchalarini kiritganligi bilan mashhurdir. Aglomeratsiya samaradorligi-bu asl mohiyatiga ko‘ra mujassamlashuv (kontsentratsiya) samaradorligi bo‘lib, u hozirgi kunda korxonalarning yiriklashuvidan, ya’ni miqyos, masshtab iqtisodi asosida emas, balki korxonalarning kooperatsiya va ixtisoslashuv («xilma-xillik» yoki sifat iqtisodi) natijasida erishiladi.
Burjua iqtisodiyot fani joylashtirish muammolari bilan o‘tgan asr boshlaridan buyon shug‘ullanib kelmoqda. I.Tyunen va keyinchalik A.Veber ayrim korxonani eng qulay yerga joylashtirish (standart) ni aniqlash bilan bog‘liq keng doiradagi masalalarni hal etishi lozim bo‘lgan joylashtirish nazariyalari bilan chiqdilar. Joylashtirish variantlari samaradorligini baholashda ayrim korxona nuqtai-nazaridan qarmoq nuqtai-nazariga (T.Palander) va shundan keiyn xalq xo‘jaligi nuqtai-nazariga (Eglender, O.Ritchil, A.Lyosh) o‘tish uchun standart nazariyasiga yuz yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. Biroq shu qadar qiyin ko‘chgan bu o‘tish ham nazariyasi sohasida ishlaganicha qolverdi. Amaliy tavsiyalar esa joylashuv shaxsiy ish bilarmonlik nuqtai-nazariyadan baholanadigan ayrim korxonaga ta‘luqli bo‘lganicha qolmoqda.
Iogann Tyunyenning joylashtirish nazariyasi. Joylashtirish nazariyasi bo‘yicha dastlabki poydevorli asar I.Tyunenning 1826 yilda bosilib chiqqan «Ajratilgan davlat» asari bo‘ldi. Maklenburg yaqinida joylashgan Tellar mulkidagi amaliy agronomiyani ko‘p yillar mobaynida o‘rganish asosida muallif o‘z fikricha umumnazariy ahamiyatga ega bo‘lgan bir qancha xulosalar chiqaradi. Tadqiqot shart-sharoitlari va vazifalari quyidagicha ta‘riflanadi hamda ularni joylashtirishning asosiy yo‘llari belgilanadi.
Hech qanday kema qatnamaydigan daryolar va kanallar kesib o‘tmaydigan hosildor pastliklar o‘rtasida joylashgan juda katta shaharni tasavvur eting.
Bu pasttekisliklar hamma joyda ishlov berish uchun qulay mutlaqo bir xil tuproqqa ega bo‘lib, shahardan ancha olis masofada butun davlatni boshqa dunyodan ajratib turibchi qo‘l tegmagan kengiklardan o‘tib ketgan bo‘lsin.
Pasttekisliklarda aytib o‘tilgan birdan-bir katta shahardan boshqa shaharlar yo‘q, unga butun mamlakatni sanoat mahsulotlari bilan ta‘minlash majburiyati topshirilgan. U o‘z navbatida oziq-ovqat mahsulotlarni o‘zini o‘rab turgan past tekislikdangina olinadi. O‘zimizga shunday savol beramiz. Agar xo‘jalik batamom, oqilona olib borilsa xo‘jalik belgilangan sharoitlarda qanday shakllar kasb etadi va unga shahardan uzoq yohud yaqin masofada bo‘lish qanday ta‘sir etadi. Tushunarliki, shahar yaqinida o‘z tannarxiga nisbatan anchagina vaznga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi kerak. Shaharlardan olislab borgan sari tashib keltirish uchun o‘z tannarxiga nisbatan arzon bo‘lgan mahsulot yetishtirish uchun yer tabora ko‘proq ajratilaveradi. Ana shu hisob-kitoblar asosida shahar atrofida u yoki bu masofalar ishlab chiqarishning asosiy predmetlari bo‘ladigan keskin ajratilgan muayyan konsentrik doira yoki mintaqalar hosil qilinadi.
Bu balki ancha katta ko‘chirmada Tyunen usulining butun asosiy mohiyati bayon etilgan ekinlarni joylashtirishga, ularni ishlab chiqarish, joyidan sotiladigan bozorga tashib keltirish uchun qilinadigan harajatlar hal qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
A.Vebercha sanoat shtandorti nazariyasi. A.Veberning I.Tyunen asari paydo bo‘lib, eradan yuz yil o‘tgach yozilgan asari sanoatni rivojlantirishga (joylashtirishga) oid burjua iqtisodiy adabiyotida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni joylashtirishga nisbatan «Ajratilgan davlat» asari egallangan o‘rin singari o‘rinni egallaydi. Sanoatni joylashtirishning shundan keyingi barcha nazariyalari A.Veber nazariyasini bevosita rivojlantirishdan yoki uni salgina o‘zgartirishdan iboratdir. 20-yillardagi adabiyotda «Veber tarixning asosiy usullaridan foydalanish» mumkinligi va biron-bir yangi metodologik usullarga urinmaslik kerakligi to‘g‘risidagi fikr ancha keng tarqalgan edi.
A.Veberning metodol egik tavsiyalari ko‘p jihatdan I.Tyunen nazariyasining tegishli qoidalariga o‘xshaydi. Bu ham bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy omillardan kelib chiqish yo‘li bilan allaqanday mavxum xo‘jalik organizmining «sof» qonunlarin tayinlashga urinib ko‘riladi.
Birinchidan, boshqa jabhalar bilan aloqadan tashqarida mavjud bo‘lgan ajralgan aqlbovar qiladigan xo‘jalik sohasi ko‘rib chiqiladi. Keyin sanoatning xom ashyo bazasini joylashtirish o‘z holicha berilgan deb qabul qilinadi. Sanoat mahsulotining joylashuviga nisbatan ham shunga o‘xshash yo‘l qo‘yiladi. Nihoyat ish xaqi vaqt ichida o‘zgarmaydi, uzil-kesil qayd etiladi. A.Veberga tegishli dastlabki sharoitlarni quyib, tadqiqot maqsadlari sifatida quyidagi 2 ta masalani qo‘yadi:
1. Sanoat mo‘ljaliga bog‘liq bo‘lgan, ya‘ni joylashtirish omillarini aniqlash:
2.Bu omillar harakati qonuniyatini aniqlash.
Barcha omillar o‘z harakati harakteriga ko‘ra mintaqaviy hamda aglomeratsion omillarga ajraladi.
Mintaqaviy omillarga
1) xom ashyo narxining nisbatan yuqori bo‘lishi:
2) maoshlarning yuqori bo‘lishi:
3) transport chiqimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |