Mustafo Cho`qay



Download 0,91 Mb.
bet19/23
Sana01.07.2022
Hajmi0,91 Mb.
#726902
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Mustafo Cho`qay

Mustafo Cho‘qayning Turkiston tarixi, milliy uyg‘onish hamda ozodlik harakatining dolzarb Muammolari haqida bahs yurituvchi asarlari fransuz, ingliz, polyak tillarida ham bosilgan. Uning maqola va risolalari Turkiston haqida shu qadar muhim ma’lumotlar berganki, bu o‘lka hayotini tadqiq qiluvchi olimlar uni chetlab o‘tolmaganlar. Masalan, 1942 yilda nemis tilida «Turkiston» degan hajman yirik bir asar chop etiladi. Mualliflari R. Olssha va G. Klaynovlarning ta’kidlashicha, 434 sahifalik bu asarning 363—409-betlari Mustafo Cho‘qay qalamiga mansubdir.

[Forwarded from Muslimbek]

[Forwarded from Muslimbek]

Bulardan tashqari, «1917 yil xotira parchalari» kitobidagi izohlarda Kaliforniyadagi Statford universiteti qoshidagi Rus inqilobini o‘rganish markazi «Turkistonda inqilob va Sovet hukumatiga qarshi xalq ko‘tarilishlari» degan majmua tayyorlayotgani, shu munosabat bilan Mustafo Cho‘qayga murojaat qilingani, u esa «Turkistonda inqilob va Qo‘qon muxtoriyati» degan maqola yozib bermoqchi bo‘lgani aytiladi. Aftidan, bu maqola 1937 yilning boshida yozilib, Kaliforniyaga yuborilgan bo‘lsa kerak.

Ko‘rinib turiptiki, Mustafo Cho‘qay muhojirlikda yurganida ham biror daqiqa bo‘lsin Turkiston mustaqilligi g‘oyasidan chekingan emas. U yuzlab maqolalarida bu g‘oyani targ‘ib etgan, bir kun kelib, Turkiston osmonida ozodlik quyoshi nur sochajagiga ishonishdan to‘xtamagan. Biroq ming afsuski, biz bu ulkan zotning hamma asarlarini bilmaymiz. 1950 yilda Istambulda «Yosh Turkiston» nashriyotida doktor A. Oqtoy tug‘ilgan kunining 60 yilligi munosabati bilan «Turkiston milliy harakati va Mustafo Cho‘qayev» degan kitob chiqarishgan ekan. Biz hatto shu kitob bilan tanishish imkoniga ham ega emasmiz. Lekin shunga qaramay, men yana bir bor Mustafo Cho‘qayni o‘tkir nigohli tadqiqotchi, hayotni yaxshi biladigan, voqealar zamiridagi haqiqatni ko‘ra oladigan, mantiqi chuqur, qalami o‘tkir bir olim deb hisoblayman.

Uning «Turkiston Sho‘rolar hukumati davrida» degan maqolasi shundan dalolat berib turibdi.


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish