Mustafo Cho`qay



Download 0,91 Mb.
bet22/23
Sana01.07.2022
Hajmi0,91 Mb.
#726902
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Mustafo Cho`qay

Shunisi muhimki, Mustafo Cho‘qayev bu fikrlarini dalillar ekan, faqat partiya hujjatlariga, syezdlar, plenumlar konferensiyalarning qarorlariga, sovet hokimiyatining ishonchli odamlari aytgan va sovet partiyaviy matbuotida e’lon qilingan materiallarga tayanadi. Masalan, «Turkiston sovetlar davrida chinakam erkinlikka erishdi, bu yerda milliy masala uzil-kesil hal qilindi» degan fikrni rad etar ekan, unga qarshi «Toshkentlik bolsheviklarning o‘ziga xos hokimligi ostida Turkistonda mustamlaka rejimning davomi o‘laroq yangi davr boshlandi…» degan fikrni olg‘a suradi. Bu da’vo partiyaviy hujjatlardan va sovet matbuotidan olingan dalillar bilan chuqur isbotlanadi. Ma’lumki, sovet hokimiyatining dastlabki yillarida Turkistonda dahshatli ochlik yuz bergan, oqibatda, sovet matbuotining xabar berishicha, 1 114 000 odam o‘lgan edi. Mustafo Cho‘qayev bu ochlikni bolsheviklar ongli suratda uyushtirganini va «dunyoning hech bir burchagida bunday mudhish tarzda sinab ko‘rilmagan «ochlik siyosati» orqali milliy ozodlik harakatiga zarba bermoqchi bo‘lganini isbot qiladi.

Buning uchun u o‘sha paytda katta mansablarda xizmat qilgan Turor Risqulov

kitobidan parcha keltiradi: «Turkistondagi Oktyabr to‘ntarishining rahbarlaridan biri Tobolin Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi majlislaridan birida to‘g‘ridan-to‘g‘ri «qirg‘izlar iqtisodiy qoloq bo‘lganlari uchun ham, ular baribir, qirilib ketishga mahkumdir. Shuning uchun inqilob butun kuchini ochlikka qarshi kurashga emas, yaxshisi frontni mustahkamlashga qarshi qaratish kerak» degandi. Millionlab odamlarning qirilayotganini, butun o‘lka alamli faryodlardan bo‘g‘ilib yotganini ko‘ra-bila turib shunday demoq uchun odam mutlaqo vijdonsiz, o‘ta behayo bo‘lmog‘i kerak. Faqat o‘ziga bino qo‘ygan, o‘zini dunyoning ustuni deb bilgan, boshqa xalqlarni mensimaydigan ashaddiy shovinistgina shunday qilishi mumkin. Bunday sharmandali qarashlar sovet yoki partiya tashkilotlari tomonidan va o‘sha kezlarda, na undan keyin qoralandi. Aksincha, Tobolin o‘lgandan keyin uning nomi abadiylashtirildi. Tarix kinoyasini qarangki, Toshkentning shundoqqina biqinida, Chimkent viloyatining Sariog‘och rayonidagi kattagina qishloq hozir ham Tobolin nomida atalib kelinmoqda.


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish