Mustafo Cho`qay


Uning «Turkiston Sho‘rolar hukumati davrida» degan maqolasi shundan dalolat berib turibdi



Download 0,91 Mb.
bet20/23
Sana01.07.2022
Hajmi0,91 Mb.
#726902
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Mustafo Cho`qay

Uning «Turkiston Sho‘rolar hukumati davrida» degan maqolasi shundan dalolat berib turibdi.

Avvalambor, maqolanyng ijodiy tarixi diqqatga sazovor. 1927 yilda Oktyabr inqilobining 10 yilligi munosabati bilan Moskvaga fransuz ishchilari delegatsiyasi keladi. Uning bir qismi O‘zbekistonga safar qilib, bir necha kun respublika hayoti bilan tanishadi. Bu yerda fransiyalik vakillar «Turkiston milliy jumhuriyatlaridagi ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan» o‘zgarishlardan hayratlanib hayajonga tushadilar. Ularning nazarida Turkistonda hamma yoqda erkinlik saltanati barpo etilgan, milliy masala uzil-kesil hal etilgan, xalq farovon va baxtiyor hayot kechiradi, har qanday siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy muammolar tegishli yechimini topgan. Delegatsiya a’zola-ri «Pravda Vostoka» gazetasining 1927 yil 30 noyabr va 2 dekabr sonlarida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashadilar. Masalan, janob Shelino shunday deydi. «Biz shunga ishondikki, yosh sovet O‘zbekistonini mahalliy xalqning o‘zi boshqaradi. Bizga berilgan ma’lumotnomalarda davlat organlarining rahbar qismi asosan mahalliy aholi vakillari ekanini ko‘rdik…»

Delegatsiya rahbari janob Gashe deydi: «Bizni buyoqqa jo‘natgan fransuz ishchilariga sovet davlatida millatlar tengligi qaror topgan hayotni ko‘rdik deb yetkazamiz. Mening o‘zim bunga sirayam shubha qilmayman».

Fransuz delegatsiyasi O‘zbekistondan jo‘nab ketish oldidan deklaratsiya tayyorlaydi. «Pravda Vostoka» gazetasining 1928 yil 20 yanvaridagi sonida e’lon qilingan bu deklaratsiyada «mahalliy o‘rtoqlarning milliy sohadagi yutuqlari» birma-bir sanab o‘tilgan.

Fransuz delegatsiyasi O‘zbekistondan jo‘nab ketish oldidan deklaratsiya tayyorlaydi. «Pravda Vostoka» gazetasining 1928 yil 20 yanvaridagi sonida e’lon qilingan bu deklaratsiyada «mahalliy o‘rtoqlarning milliy sohadagi yutuqlari» birma-bir sanab o‘tilgan.

Delegatsiya a’zolari Parijga qaytgach, bu taassurotlarini jamoatchilikka izhor etganmi-yo‘qmi — ma’lum emas. Lekin muhojirlikda yashasa ham Turkiston hayotini sinchkovlik bilan kuzatib borgan Mustafo Cho‘qayev mazkur fikr-mulohazalardagi bir tomonlamalikka sira toqat qilolmagan. Natijada u «Turkiston Sho‘rolar hokimiyati davrida» degan kattagina maqola yozadi va uni 1928 yilda e’lon qiladi. Maqolaning Parijda fransuz tilida chop etilgan nusxasiga taniqli jamoat arbobi Pyer Renodel so‘zboshi yozgan. Pyer Renodel Mustafo Cho‘qayev bilan 1920 yilda Tiflisda tanishgan ekan. O‘shandayoq Mustafo bey fransuz arbobining nazarida o‘z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun kurashuvchi izchil demokrat sifatida taassurot qoldirgan.


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish