Fan:iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Mavzu:qadimgi dunyo iqtisodiy g’oyalari. Qadimgi dunyo iqtisodiy g’oyalari. - Reja
- Qadimgi sharqdagi iqtisodiy g’oyalar.
- Qadimgi Hindistondagi iqtisodiy g’oyalar.
- Avestodagi iqtisodiy g’oyalari.
Qadimgi sharqda niqtisodiy g’oyalar. - Sharqda sinfiy ajralish boshlagan joylarda, Mesopatomiya (Tigr va Evfrat daryolari oralig’ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga kelgan. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro’y bergan. Metal qurollar ishlatila boshlangan, qishliq xo’jaligida intensif ko’p hollarda sug’orma dehqonchilikka o’tilgan.Shu asosda nisbatan turg’un qo’shimcha mahsulot olish imkoni tug’ilgan. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko’pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishiga turtki bo’lgan. Bu davrda qo’shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo’li bilan renta soliq olish bo’lsa, qullarni beayov ishlatish bilan katta boylik orttirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasiga qarab, qullarnikidan deyarli farq qilmagan (umuman Sharq mamlakatlarida qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas). Akademik V.V.Struve uni tan olgan. Lekin ko’pgina olimlarning fikricha , Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya’ni uy xo’jaligida ustun bo’lgan. Sharq, jumladan O’rta Osiyo mamlakatlaridagi xo’jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan.
Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulkchilik va Tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Bu Bobil (Vavilon)da podsholik qilgan Xammurapi qonun to’plamlari (jami282 ta) diqqatga sazovor. Bunda ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq xo’jaligini rivojlantirishni qo’llab quvvatlash bo’lgan, ya’ni mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashilgan. Qarzni qarz hisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin bo’lmagan umuman, xususiy mulkchilik shu jumladan yerga ham tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko’z olaytirgan , unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. Bu qonunlar to’plami davlatning, mamlakatlarning iqtisodiy boshqarish sohasidagi dastlabki tajribasini ko’rsatgan. Oqibatda shu davrda mamlakat ham siyosiy jipslashgan ham iqtisodiy ravnaq topgan. Qadimgi Hindistonning “Manu qonunlari”da ijtimoiy mehnat tahsimotining hukmronligi va bo’ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi. Hindistondagi iqtisodiy g’oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik “Artxashastra”dir. Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo’yilgan. Asarda “Buyumning qiymat” muammosi, qiymat miqdori davlatning boshqarish bo’yicha takliflar va bir qancha iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan. - Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulkchilik va Tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Bu Bobil (Vavilon)da podsholik qilgan Xammurapi qonun to’plamlari (jami282 ta) diqqatga sazovor. Bunda ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq xo’jaligini rivojlantirishni qo’llab quvvatlash bo’lgan, ya’ni mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashilgan. Qarzni qarz hisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin bo’lmagan umuman, xususiy mulkchilik shu jumladan yerga ham tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko’z olaytirgan , unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. Bu qonunlar to’plami davlatning, mamlakatlarning iqtisodiy boshqarish sohasidagi dastlabki tajribasini ko’rsatgan. Oqibatda shu davrda mamlakat ham siyosiy jipslashgan ham iqtisodiy ravnaq topgan. Qadimgi Hindistonning “Manu qonunlari”da ijtimoiy mehnat tahsimotining hukmronligi va bo’ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi. Hindistondagi iqtisodiy g’oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik “Artxashastra”dir. Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo’yilgan. Asarda “Buyumning qiymat” muammosi, qiymat miqdori davlatning boshqarish bo’yicha takliflar va bir qancha iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |