Murakkab sharoitlarda neft va gaz quduqlarini qazish


Quduqlarni vaqtinchalik saqlab qо‘yish va tugatish



Download 21,56 Mb.
bet186/214
Sana23.01.2022
Hajmi21,56 Mb.
#402328
TuriУчебное пособие
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   214
Bog'liq
ma\'ruza matni

13.9.Quduqlarni vaqtinchalik saqlab qо‘yish va tugatish

Quduqlarni sinash va ishga tushirish amaliyotidan ma’lumki, agarda qatlamdan sanoat nefti va gaz oqimi olingan maydon qurilmagan va ishlatishga tayyorlanmagan bо‘lganda, quduq vaqtinchalik tо‘xtatiladi, u shunday yopiladiki, keyinchalik ishlatishga tushirish mumkin bо‘lsin. Tugallash usuli anamol bosimning eng sо‘nggi vaqtdagi qiymatiga va koeffitsiyentiga bog‘liq holda tanlanadi.

Agarda Ka1 bо‘lsa, quduqning pastki uchastkasi neftli yoki minerallashgan suvli asosli eritma bilan tо‘ldiriladi, qatlamning kollektor xossasiga ta’sir kilmaydi. Perforatsiya oralig‘ining usti qismiga 25 metr balandlikdagi sement kо‘prigi о‘rnatiladi, undan va keyin yuqoridagi ishlatish tizmasi oralig‘i nisbiy zichligi r0=(1,05-1,1)Ka bо‘lgan sedementatsiyali barqaror yuvuvchi eritma bilan tо‘ldiriladi. Tizmaning eng yuqori 30 metr oralig‘i yoki quduq kо‘p yillik muzlash zonalarida joylashgan bо‘lganda, muzlash oralig‘idan 50-100 metr pastdagi uchastkasi muzlamaydigan eritma bilan tо‘ldiriladi. Konservatsiya (tо‘xtatish) vaqtida NKQ lar sement kо‘prigidan balandga kо‘tarilgan holda ishlatish tizmasining ichida qoldiriladi.

Agarda Ka<1 bо‘lsa, quduqni tо‘xtatishda bir necha oy sement kо‘prik о‘rnatilmaydi; NKQ-lar tizmasi perforatsiya teshiklaridan baland kо‘tarilib qoldiriladi.

Konservatsiya qilinadigan quduqning tepasi favvora armaturasi bilan jihozlanadi hamma surilma qopqoqlar zichlab yopiladi.

Surilma qopqoqdan chambarak olinadi, flaneslar ochilmaydigan qilib yopiladi, qisqa quvur va manometrlar о‘rniga tiqin burab yopiladi. Agarda Ka<1 bо‘lsa, tо‘xtatish davri 1 yildan kо‘p davom etsa, u holda 2000 metrgacha chuqur gaz quduqlaridan va neft quduqlaridan NKQ chiqarib olinadi; quduq usti qismiga yuqori bosimli surilma qopqoq о‘rnatiladi, flanes bilan germetik qilib yopiladi va nazorat jо‘mrak о‘rnatiladi.

Ish tо‘xtatiladigan quduq territoriyasi tо‘sin bilan о‘raladi, tо‘singa quduq sanog‘i, konning nomi, tashkilot nomi va tо‘xtatish muddati kо‘rsatiladi. Birinchi 10 kun davomida har kuni jihozlarni holati va gazning sizib chiqmasligi tekshiriladi. Keyinchalik quduqning oralig‘idagi va orqasidagi bufer bosimlari о‘lchanadi va maxsus jurnalga yozib qо‘yiladi.

Agarda qidiruv quduqlarini sinashda sanoat ahamiyatiga ega bо‘lgan oqim birorta quduqdan ham olinmagan bо‘lsa, u holda obyekt tugallanadi. Buning uchun har bir sinalgan obyektga shunday hisob bilan perforatsiya teshiklaridan 30 m pastda va perforatsiya teshiklarini yuqori chegarasigacha sement kо‘prigi о‘rnatiladi. Agar obyekt bir-biriga yaqin joylashgan bо‘lsa, yaxlit kо‘prik о‘rnatiladi. Sinalgan obyektlarda sement kо‘prik perforatsiya teshiklaridan 50 metr yuqori oraliqgacha о‘rnatiladi.

Tugallangan quduqning ustiga reper о‘rnatiladi, elektr payvandlash yordamida quduq sanog‘i, maydon va korxona nomi, quduq burg‘ilash tashkilotining nomi va burg‘ilash tugallangan kun kо‘rsatiladi.

Agar ishlatish tizmasi quduqdan chiqarib olinmagan bо‘lsa, quduq usti holda yopiladi yoki kar flanes bilan jо‘mrak bir-biriga payvandlanadi.

Xulosa

Neft uyumlarining geologik joylashuvi shartlariga, mahsuldor gorizont tog‘ jinslarining xossasi va kollektorlarning turi bо‘yicha quyidagi tо‘rtta asosiy turdagi ishlatish obyektlariga bо‘linadi.

Yuvish eritmalarini mahsuldor qatlam tog‘ jinslariga ta’siri etishi juda kо‘p omillarga bog‘liq. Yuvish aralashmasini aniq ta’sirini oldindan baholab bо‘lmaydi.

“Suv-qum-oqimli” usulda qum–suyuqlik oqimining abraziv va gidromonitor samarasining yuqori tezligidan foydalaniladi, tо‘siqlarni,mustahkamlash tizmasini, sement toshini va tog‘ jinsini parchalash amalga oshiriladi. Bu jarayonda maxsus chuqurlik qurilmasining qum oqimli perforasiyaning qisqa quvuridan (nasadkasidan) katta tezlikda oqim chiqib tо‘siqlarni parchalaydi.



Download 21,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish