13.8. Burg‘ilash jarayonida mahsuldor qatlamlarni sinash va tekshirish
Mahsuldor qatlam burg‘ilangandan sо‘ng quduqda geofizik tadqiqot tekshiruv ishlari olib boriladi. Maxsus mexanizmlar «qatlam sinagichlar» yordamida quduqlarni neftberaolishligi va oraliqlarni joylashuv haqida ma’lumotlarni olish uchun tadqiqot ishlari olib boriladi.
Qatlamni tekshirish deganda kompleks ishlar tushiniladi, qatlamdan oqimni chaqirish, qatlam suyuqligidan nusxa olish, qatlamni tо‘yinganlik xususiyatini baholash va mо‘ljallangan debitni aniqlash ishlari olib boriladi.
Sinash ishlari burg‘ilash jarayonida hamda burg‘ilash tugagandan sо‘ng va ishlatish tizmalarini tushirishda ham olib boriladi. Quduqlarni sinash qatlamning sanoat neft gazliligini о‘rnatish, muhsuldorlik tavsiflarini baholash, neft va gazning zahirasini baholash uchun kerakli ma’lumotlarni tо‘plash va konning ishlatish loyihalarini tuzish maqsadida olib boriladi.
Quduqlarni burg‘ilash jarayonida qо‘llaniladigan uch turdagi qatlam sinagichlar ishlab chiqilgan:
a) burg‘ilash quvurlarining birikmasi orqali quduqqa tushiriladigan;
b) kabelda quduqqa tushiriladigan;
d) burg‘ilash quvurlar birikmasining ichi orqali quduqqa tushiriladigan.
Eng kо‘p qо‘llaniladigan qatlam sinagichlardan quduqdagi burg‘ilash quvurlarni ichi orqali tushiriladigan – quvurli sinagichlardir. Quvurli sinagichlar oqimni sinash uchun tirgakli (tayanchli) va tayanchsiz holda о‘tkaziladi. Obyektlarni sinashda alohida sinagichlar ham qо‘llaniladi.
Quvurli sinagichning ishlash tartibi quyidagicha, ya’ni paker yordamida (33.8-rasm) (alohida sinashda ikkita paker b va d rasmlar) sinaladigan oraliq ustunini boshqa qismlardan ajratiladi.
Paker tagida yoki pakerlar oralig‘ida kerakli depressiyani olish uchun bosim tushiriladi. Depressiya1 kattaligi burg‘ilash quvuri tizmasidagi ustun suyuqligining balandligi hisobiga kamaytiriladi. Depressiya ta’sirida qatlam flyuidlari quduqda tо‘planadi va undan filtr orqali burg‘ilash quvuri birikmasining ichiga kiradi. Sinash qatlamiga о‘rnatilgan chuqurlik manometri quduqda bosimning о‘zgarishini yozib oladi. Maxsus namuna olgichlar yordamida quduqdagi flyuidlardan namuna olinadi va qatlam sinagichlar yordamida yer usti yuzasiga olib chiqiladi. Qatlam sinagichning chо‘ntagiga о‘rnatilgan termometr yordamida quduq tubining harorati о‘lchanadi.
Texnologik zaruriyatlarga muvofiq (pakerlarni nogermetikligi, sinash asboblaridagi nosozliklar, qatlamning tо‘yinganlik gidrodinamik parametrlarini baholash uchun ishonchli ma’lumotlar yetarli bо‘lganda) qо‘shimcha ma’lumotlar tо‘plash maqsadida qatlam sinash ishlari amalga oshiriladi. Manfiy natijalar olinsa, obyekt qayta sinashdan о‘tkazilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |