Nosozliklar-daraxti



Download 94,97 Kb.
Sana11.02.2022
Hajmi94,97 Kb.
#443882

4-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Risklarni baholash usullari. Riskni “Nosozliklar-daraxti” usuli yordamida tahlili
Ishdan maqsad: Nosozliklar-daraxti usulidan foydalangan holda axborot xavfsizligidagi risklarni baholashni o’rganishdan iborat.
Qisqacha nazariy ma’lumot
Rad etish daraxtining tahlili(FTA) – bu tadqiq qilinayotgan kutilmagan hodisaninng paydo bо‘lishiga yordam beruvchi omillarni aniqlash va tahlil etish usulidir. Tadqiq qilinayotgan omillar ajratish(deduksiya) yordamida aniqlanib, mantiqiy tarzda quriladi hamda ushbu omillar va ularning oxirgi voqea bilan mantiqiy aloqasi diogrammada daraxt kо‘rinishida aks ettiriladi.
Rad etish daraxtida kо‘rsatilgan omillar - kompyuter uskunalari ishlamay qolishi bilan bog‘liq hodisalar, inson xatolari yoki kutulmagan holatga olib kelishi mumkin bо‘lgan boshqa hodisalar bо‘lishi mumkin.
FTA misoli 1-rasmda kо‘rsatilgan.
Qо‘llash sohasi
Agar boshlang‘ich hodisalar ehtimolining qiymati ma’lum bо‘lsa, ohirgi hodisani sodir bо‘lish ehtimolini hisoblashda baholash miqdorini, yakuniy hodisaga olib borilishini, rad etish sabablari va yо‘llarini aniqlashda sifatli baholash uchun rad etish daraxti usulidan foydalanish mumkin.
Mazkur usul rad etish sabablarini aniqlash uchun tizimni loyihalash bosqichlarida foydalanish mumkin. Shuningdek loyiha variantlarini tanlashda ham ishlatiladi. Asosiy rad etish turlari va oxirgi hodisaga olib borish yо‘llarining nisbiy ahamiyatini aniqlash uchun loyihani ishlab chiqish bosqichlarida FTA usulidan foydalanish mumkin. Shuningdek rad etish daraxti tadqiq qilinayotgan muvofaqiyatsizlikka olib keluvchi hodisalar kombinatsiyasini tahlil qilish uchun ham ishlatilishi mumkin. 4.1-rasmda Elektroenergiyali dizel generatorini avtomatik ishga tushirilishi rad etilishi hodisasi tahlili keltirib o’tilgan.

4.1-rasm. FTA usuliga misol


Sifatli tahlil qilish uchun tizimni yaxshi bilish va rad etish sabablarini yaxshi tushunish zarur. Shuningdek yana tizim qanday qilib ishdan chiqishi mumkinligi haqida bilishi lozim. Rad etish daraxtining tizim detallaridan foydalanish ham samarali hisoblanadi.
Miqdoriy tahlilni amalga oshirish uchun rad etish daraxtida kо‘rsatilgan barcha asosiy hodisalarni rad etish ehtimolligi yoki intensivligi haqidagi ma’lumotlar kerak bо‘ladi.
Amaliy qism
Rad etish daraxtining sxemasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
- tahlil qilinishi kerak bо‘lgan hodisani aniqlash. Bu rad etish yoki rad etishlar ketmaketligi bо‘lishi mumkin. Rad etilish oqibatlari tahlil qilingandan sо‘ng, rad etish daraxtiga oqibatlarni rad etish va intensivlikni pasaytirish qismini kiritish mumkin.
- oxirgi hodisaga olib keladigan sabablar va oqibatlarni rad etilishini aniqlash;
- aniqlangan raddiyalar va sabablarni tahlil qilish, aynan nimaga olib kelganligini aniqlash;
- keyingi tahlil amalga oshirilmaguncha quyi darajadagi tizimga о‘tish tizimni nomaqbul funksiyanallashtirilishi ketma-ket aniqlanaveriladi. Texnik tizimlarda – bu kompanentalarni rad etish darajasi bо‘lishi mumkin. Tahlil qilinuvchi tizimning yeng quyi darajasidagi hodisa va omillar asosiy hodisalar deyiladi;
- Asosiy hodisa ehtimolligini baholash(agar qо‘llanilsa) va oxirgi hodisa oqibatlarining ehtimolligini hisoblash. Miqdoriy baholashning ishonchliligini ta’minlash uchun har bir element uchun kirish ma’lumotlarining tо‘liqligi va sifatitalab qilinadigan ishonchli natijalarni olish uchun yetarli ekanligini kо‘rsatish kerak. Aks holda, rad etish daraxti ehtimollikni tahlil qilish uchun yetarlicha ishonchli emas, ammo sabab-oqibat munosabatlarini о‘rganish uchun foydali bо‘lishi mumkin.
Miqdoriy bahoni aniqlashda rad etish daraxti Bul algebra yordamida soddalashtirilishi mumkin, bu esa takroriy raddiya turlarini hisobga olishga imkon beradi.
Ushbu usul oxirgi hodisa ehtimolligini hisoblashdan tashqari, oxirgi hodisaga olib keladigan minimal qism tо‘plamini aniqlash va ularni oxirgi hodisaga ta’sirini hisoblashga imkon beradi.
Oddiy holatlardan tashqari, Ilova dasturlar paketi odatda diagramma tuzishda ishlatiladi. Bu rad etish daraxtining bir nechta takrorlangan hodisalar bо‘lgan joyda va minimal kesishuvlarni va vaziyatni hisoblash imkonini beradi. Dasturiy ta’minotdan foydalanish usulni tо‘g‘ri va ketma-ket bajarilishini hamda tekshirish imkoniyatini kafolatlaydi. 4.2-rasmda Kompyuterni ishdan chiqish hodisasini rad etis daraxti usuli yordamida tahlili keltirilgan.



4.2-rasm. Kompyuterni ishdan chiqish hodisasini rad etis daraxti usuli yordamida tahlili


Olinadigan natija
Rad etish daraxti tahlilining natijasi quyidagicha:
- bir vaqtning о‘zida ikki yoki undan ortiq hodisa sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan vaziyatda oxirgi hodisa va о‘zaro ta’sir qiluvchi yо‘llarni vizual tasvirlash;
- minimal kesishmalar tо‘plami(tizimning rad etish yо‘llarini paydo bо‘lishi) va har bir qism uchun tizimni rad etish ehtimolligini baholash;
- oxirgi hodisa ehtimolligini baholash.
Topshiriq
Ushbu ishda talaba bо‘lishi mumkin bо‘lgan ixtiyoriy xavfli hodisani rad etish daraxtini quradi va hodisalar ehtimolliklarini aniqlaydi hamda berilgan nazorat savollariga javob yozadilar.
Nazorat savollari
1. Rad etish daraxtining taxlili tushunchasiga ta’rif bering.
2. Rad etish daraxtida kо‘rsatilgan omillarini tushuntiring.
3. FTA usulida qanday mantiqiy elementlardan foydalaniladi?
4. Usulning afzallik va kamchiliklarini tushuntirib bering?
Download 94,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish